“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
A.Marshall va yangi klassik vaziyat. Qiymat (qimmat) va narxning
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
4. A.Marshall va yangi klassik vaziyat. Qiymat (qimmat) va narxning
shakllanish nazariyasi. Talab va taklif. 122 Yangi klassiklar, marjinalizm metodologiyasiga suyangan holda, iqtisodiy fanning asosiy bo’limlarini o’z ichiga oluvchi bir butun nazariy sistema yaratdilar. Xususan, firma daromadlarni taqsimlash, bozor muvozanati nazariyalari ancha takomillashtirildi, iste’mol tanlovi, umumiy (barcha bozorlar uchun) muvozanat nazariyalari yaratildi. O’sha davrdagi yangi klassiklarning ilmiy qarashlari uning atoqli vakillaridan biri, kembridj maktabining rahnomasi Alfred Marshallning (1842- 1924) «Ekonomiks printsiplari» (1890) kitobida ancha sistemalashtirilgan ko’rinishda ifodalangan. Mazkur asar birinchi katta darslik vazifasini o’tagan. Unda talab va taklif to’g’risidagi kontseptsiyalar birlashtirilgan va ayrim bozorlarni o’rganish uchun matematik dastaklardan keng qo’llanilgan. A.Marshall va uning hamfikrlari xizmati tufayli yangi klassik nazariya XX asrning 30 - yillarigacha iqtisodiy fanda etakchi o’rinni egallab keldi. A.Marshall marjinalizm g’oyalarini mustaqil (Jevonsga bog’liq bo’lmagan holda) va o’ziga xos uslubda rivojlantirdi. Klassik maktab (Smit, Rikardo, Mill) va marjinalizm (Mengerdan Valrasgacha) yutuqlarini birlashtiruvchi bir butun nazariy sistema yaratdi. 123 Qiymat (qimmat) va narxning shakllanishi nazariyasi. Iqtisodiy fikrlar tarixida eng qiyin va murakkab muammolardan biri - qiymat muammosi hisoblanadi. A.Marshallning asari vujudga kelgunga qadar tovar qiymati muammosiga bo’lgan ikki xil yondashuv mavjud bo’lgan: qiymat yo ishlab chiqarish xarajatlari bilan, yoki tovarning foydaliligi va noyobligi bilan aniqlangan. Birinchi yondashuvga muvofiq, boylikning o’sishi yo resurslar (mehnat, kapital va er)ning unumdorligi natijasi, yoki ishlab chiqarish omillari egalarining kelgusida daromadlarni ko’paytirish maqsadida bugungi ne’matlardan voz kechishi oqibatidir. Ikkinchi yondashuvga (me’yorli foydalilik nazariyasi) ko’ra, qiymatning asosida bozor qatnashchilari tomonidan buyumning foydaliligiga berilgan sub’ektiv baho yotadi. Bu borada turli yondashuv vakillari o’rtasidagi baxslar ko’pincha abstrakt, behuda, samarasiz va quruq safsatadan iborat bo’lgan. Ko’pchilik mutaxassislarning fikriga ko’ra, A.Marshall bu baxslarga nuqta qo’ydi va zamonaviy mikroiqtisodiy tahlil asosini yaratdi (iqtisodiy fikrlar tarixi bo’yicha ba’zi kitoblarda esa, hatto fandagi «marshall inqilobi» to’g’risida ham gap yuritiladi). Uning xizmati shundan iboratki, u qiymatning birinchi (asosiy) sababini qidirishni tahlil qilishdan talab va taklifning shakllanish va o’zaro ta’sir ko’rsatish qonuniyatlarini o’rganishni tahlil qilishga o’tishning zarurligini asoslab berdi. Boshqacha so’z bilan aytganda, A.Marshall qiymat nazariyasini baho nazariyasi (yoki bozor muvozanati nazariyasi)ga turlantirdi. A.Marshall marjinalistlar yutug’iga yuqori baho bergan holda, ularning klassik maktabni va D.Rikardoning xarajatlar nazariyasini bir tomonlama tanqid qilganini ko’rsatib o’tdi. Marjinalistlar qiymatni ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog’lab tushuntirishni rad etgach, tovar qiymatining (qimmat) asosini uning foydaliligi tashkil etadi deb, mazkur muammoga bir tomonlama yondashdilar (ular qimmatni faqat me’yorli foydalilik bilan tushintirdilar). A.Marshall me’yorli foydalilik nazariyasini talab va taklif nazariyasi bilan va ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan birlashtirdi. A.Marshallning tasdiqlashicha, ishlab chiqarish xarajatlari printsiplari va me’yorli foydalilik – talab va taklif qonunnining tarkibiy qismlaridir. Ularning har qaysisini «qaychining tig’laridan biriga qiyoslash mumkin. Agar bir tig’ qo’zg’almas bo’lib va qirqish ikkinchisining harakati tufayli amalga oshirilayotgan bo’lsa, biz beparvolik bilan lo’nda qilib ikkinchisi qirqayapti deb aytishimiz mumkin…». Marjinalistlarning xatosi talab va taklif simmetriyasiga etarlicha baho bermaslikdan iborat, yutug’i esa ulargacha mensilmasdan kelingan talab muammosiga e’tiborni qaratganligidadir. O’z mohiyatiga ko’ra, A.Marshall bo’yicha, real qiymat – bu talab va taklif ta’sirida shakllanadigan muvozanat baho. Bunda talab ham, taklif ham teng huquqli omil sifatida amal qiladi. A.Marshall yo taklifni (klassik nazariya), yoki talabni (me’yorli foydalilik nazariyasi) hal qiluvchi omil sifatida ko’rsatishga bo’lgan urinishlarning har ikkalasi noto’g’ri ekanligi ko’rsatib berdi. Shu asosida A.Marshall oldingi qiymat nazariyalaridan eng muhim qoida va kontseptsiyalarni olib bir butun sistemaga birlashtirdi. Masalan, sarfli qiymat nazariyasi bozor taklifining shakllanish 124 qonuniyatlarini tushuntirib berish uchun foydalanildi, me’yorli foydalilik nazariyasi esa bozor talabining shakllanish qonuniyatlarini tushuntirib berish uchun ishlatildi. A.Marshall tovar qiymati (qimmati)ni aniqlashda me’yorli foydalilik va ishlab chiqarish xarajatlarini sintezlashtirdi. Uning fikriga ko’ra, tovar qimmati bir hilda foydalilik va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling