“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

 
121 


3. Yangi klassiklar. Avstriya, Kembridj va Amerika maktablarining yangi 
klassik yo’nalishining kelib chiqishdagi roli. 
Iqtisodiy tahlil qilishning yangi uslubi klassiklarning iqtisodiy erkinlik 
printsipini asoslab berishga imkon berdi. Marjinalistlar davlatning iqtisodiyotga 
aralashmaslik qoidasi bosh mezon hisoblangan iqtisodiy fanda yangi klassik 
yo’nalishning boshlanishiga asos soldilar. Yangi klassiklarning tasdiqlashicha, bozor 
mexanizmi xo’jalik jarayonlarini o’zi tartiblashga, ishlab chiqarish va iste’mol 
o’rtasida muvozanat o’rnatishga qodir. Erkin bozorning o’zaro ta’siri asosida 
shakllanadigan munosabatlarga davlatning aralashuvi esa muvozanatning buzilishiga
iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun yangi 
klassik yo’nalish vakillari xususiy tadbirkorlik va bozor imkoniyatlari uchun 
kurashdilar. A.Smit an’analarini davom ettirgan holda, yangi klassiklar universal 
iqtisodiy qonuniyatlarni keltirib chiqarishga harakat qildilar.
Yangi klassik fan ikkinchi jahon urushigacha asosan uch ilmiy maktab 
doirasida rivojlandi: avstriya, lozana (matematik) va kembridj. 
Avstriya maktabi (birinchi avlodi – K.Menger, ikkinchisi – F.Vizer va E.Bem-
Baverk, uchinchisi – L.Mizes va F.Xayek) vakillari shak shubhasiz iqtisodiy 
liberializm tarafdori bo’lganlar, uni tarixiy maktab va sotsialistlar bilan bo’lgan 
kurashda himoya qildilar. Ular iqtisodiy tadqiqotda matematik apparatlardan keng 
foydalanishga shubha bilan qaradilar va o’z kontseptsiyalarini og’zaki shaklda 
ifodalashni afzal ko’rdilar. 
Lozana maktabi vakillari (ularga L.Volrasdan tashqari V.Pereto, G.Kassel, 
V.Leontev kabi atoqli iqtisodchilar ham kiradi) aksincha matematik dastaklardan juda 
faol foydalandilar. Umumiy muvozanat nazariyasi – «lozanaliklarning» asosiy 
yutug’idir. 
«Angliyaliklar» (birinchi avlod – S.Jvons, F.Edjuort va A.Marshall, 
ikkinchisining eng atoqli vakili – A.Pigu, uchinchi avlod – J.M.Keyns va J.Xiks) 
«lozanaliklarga» o’xshab tahlil qilishning matematik usullaridan faol foydalandilar, 
garchi ularga o’z metodologik qurilmasida uncha katta o’rin ajratmagan bo’lsa ham. 
«Avstriyaliklardan» farqli o’laroq, ular bozor mexanizmini ideal hisoblamadilar va 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi jarayoniga ancha bosiq munosabatda bo’ldilar. 
Agar Angliya maktabining dastlabki vakili S.Jvons sarfli qiymat nazariyasini tanqid 
qilgan bo’lsa, A.Marshall esa klassiklarning qiymat nazariyasi yutuqlarini (eng 
avvalo rikardochilarning) o’zining ilmiy kontseptsiyasida foydalana oldi.
Amerika iqtisodchilari o’rtasida yangi klassik yo’nalish izdoshlari ko’p 
bo’lgan. Undan tashqari bu erda J.B.Klarek va I.Fisherga o’xshagan fan rahnamolari 
ish olib borgan. Shuning uchun ilmiy adabiyotlarda «amerika maktabi» tushunchasini 
uchratish mumkin. Metodologik jihatdan «amerikaliklar» «kembridj-liklarga» yaqin 
turadi. Ba’zi mualliflarning yagona anglo – amerika yangi klassik maktabi to’g’risida 
gapirishi ham bejiz emas. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling