Iqtisodiy ta'limotlar


-BOB. FEODAL JAMIYATI VA FEODALIZMNING


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

2-BOB. FEODAL JAMIYATI VA FEODALIZMNING 
YEMIRILISH DAVRIDAGI IQTISODIY TA'LIMOTLAR 
Yangi era - milodning III asridan boshlab Osiyoda, milodning V asridan 
G’arbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab chiqarish usuli bilan 
almashdi. 
Ammo quldorlik tuzumining qoldiqlari feodalizm va hatto kapitalizm 
davrida saqlanib qoldi. Masalan, eng rivojlangan AQSHda quldorlik, qullar 
mehnatidan foydalanish 1861-1865 yillardagi fuqarolik urushidan keyin to`la 
tugatildi. Markaziy Osiyo, xususan Turkistondagi qullik davri ham shu davrda, 
ya'ni o`lka Rossiya tomonidan bosib olingach, qonun yo`li bilan taqiqlandi. 
Ayrim tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga ko`ra Yevropaning asosiy qismida, 
jumladan Rossiyada qulchilik ishlab chiqarish usuli dara-jasiga yetmadi, 
feodalizmga o`tildi. Tuzumda yerga xususiy mulkchilik mavjud bo`lib, bevosita 
ishlab chiqaruvchilar bo`lgan, rasman ozod dehqonlarni ekspluatatsiya qilishga 
asoslangan. Yer egalari - feodallar yoki davlat dehqonlardan barshchina (ishlab 
berish), natural (mahsulot) yoki pul obrogi (soliq) sifatida yer rentasini olish 
imkoniga ega edilar. Shunday qilib, feodalistik jamiyat yirik yer egalari va 
mayda ishlab chiqaruvchilar - dehqonlarning hamkorligiga asoslangan. 
Qulga nisbatan erkin dehqon ishlab chiqarishdan hiyla manfa-atdor 
bo`lgan, o`zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo`jalik 
mustaqilligiga ega edi, shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish 
kuchlari ancha o`sdi. Feodalizm shu jihatdan avvalgi ibtidoiy jamoa va 
quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo, bu davrda hali ham qoloq 
texnika mavjud bo`lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivoji sekin borgan. 
G’arbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V asr oxiri (Rim 
imperiyasining qulashi) dan burjua inqiloblari (XVII-XVIII asrlar), aniqrog`i 
sanoat to`ntarilishi davrigacha yashadi. Ko`pgina mamlakatlarda (masalan, 
O`rta Osiyo, jumladan O`zbekistonda) bu davr undan ham uzoq vaqtni o`z 
ichiga oladi (III-XX asrlar). 
Bu jamiyatda yuzaga kelgan iqtisodiy qarashlar keng qamrovli bo`lib, 
yerga egalikning qonuniy ekanligini ko`rsatish, tovar-pul munosabatlari 
muammolariga munosabatning kuchayishini belgilashga qaratilgan. O`sha 
davrdagi iqtisodiy g`oyalarda tovar-pul munosabatlari (sudxo`rlikdan tashqari) 
qo`llab-quvvatlanadi va shu bilan birga feodal jamiyatning tabiiyligi, uni saqlab 
qolish zarurligi qayd etiladi. 
Bizgacha yetib kelgan yozma manbalarga ko`ra, o`sha davrdagi 
iqtisodiy g`oyalarda diniy-axloqiy yo`nalish kuchli bo`lgan. Bozor iqtisodiyoti 


34 
bilan bog`liq fikrlarda ikki tomonlama qarash mavjud (tovar ishlab chiqarish
sudxurlik va b.). Davlat va dinning iqtisodiyotdagi roli yuqori qo`yiladi. O`rta 
asrlar oxirida, yer egaligi tuzimi yemirilishi bilan yangi iqtisodiy g`oyalar 
vujudga keldi. 
Daryo bo`yida tahorat qilsalaringiz ham, suvni isrof qilmang. 
Hadis 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling