Iqtisodiy ta'limotlar


Qadimgi Rimdagi iqtisodiy g`oyalar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

1.3. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy g`oyalar 
Miloddan avvalgi III asrda qadimgi Rim (hozirgi Italiya) da quldorlik 
munosabatlari o`zining eng yuqori cho`qqisiga ko`tarilgan edi. Rimning boshqa 
yerlarni bosib olish uchun olib borgan urushlari tufayli yirik imperiya yuzaga 
keldi, ko`plab qabila va xalqlar qullikka mahkum etildi. Asosan asirlardan ibo-
rat bo`lgan qullarning ahvoli Gretsiya qullarinikidan og`irroq bo`lgan. Yana bir 
o`ziga xos xususiyat shundaki, agar Gretsiyada qullar ko`proq hunarmandchilik 
va savdoda ezilgan bo`lsa, Rimda qullar asosan qishloq xo`jaligida eksplu-
atatsiya qilingan. Ishlab chiqarishning quldorlik usulidagi qarama-qarshiliklar 
shu yerda eng keskin tus oldi va oxir-oqibatda kolonatning paydo bo`lishiga 
olib keldi. Aholining kambag`al tabaqalari asrlar davomida yerga egalik qilish 
uchun keskin kurash olib bordilar. Bu holat Rimdagi iqtisodiy g`oyalarga ta'sir 
etmay qolmadi, qullikka asoslangan yirik latifundiyalar bilan birga quldorlik 
xo`jaliklari - villalardan samarali foydalanish muammolari bosh masala edi. 
Shu davrdagi olim va mutaxassislarning asarlarida bir qancha yangi iqti-
sodiy g`oyalar ilgari surildi. Bu g`oyalarning rivojiga e'tibor berilsa, quldorlik 
tizimining yemirilishi bilan unga bo`lgan munosabat ham o`zgardi. Katon 
Starshiy (m.a. 234-149 yy.) yirik yer egasi bo`lgan, "Dehqonchilik" nomli asa-
rida u qullikka asoslangan natural xo`jalikni himoya qildi. Katon o`z talablarini 
o`zi ta'minlovchi yoki asosan iste'mol qiymati ishlab chiqaruvchi xo`jaliklarni 
tan olar edi (natural xo`jalik himoya qilinadi). U faqat ortiqcha mahsulotnigina 
sotish kerak, xo`jalikda ishlab chiqarish mumkin bo`lmagan narsalarnigina 
sotib olish zarur, degan g`oyani qo`llaydi. U qul mehnati asosida xo`jalikni 
yuritishning yangi uslublarini ham ishlab chiqdi. Uning fikricha, qullar yosh-
ligidan sotib olinish kerak, shunda qullarni tarbiyalash, ishga o`rgatish oson 
bo`ladi (yoshi kattalarda bu ish qiyin kechadi), qullar orasida adovat urug`i 
sepilsa, ularda egasiga nisbatan ig`volar yo`qoladi. qullar qattiq intizom asosida 
ishlatilishi, arzimas gunoh uchun jazolanishi, ishiga qarab boqilishi va kiyintiri-
lishi taklif etiladi. 
Bu davrda natural xo`jalik bilan birga bozor munosabatlari ham rivojla-
nayotgan edi. Bozorni qo`llagan Katon shu bilan birga yollanma mehnatga 
dushman bo`lgan. U qul mehnatini to`g`ri tashkil etishga alohida ahamiyat be-
radi. Bayram kunlari ish hayvonlariga dam berilgan holda, qullar ishlashga 
majbur etilgan. Kasallangan ho`kiz davolangan, qulni esa "eski arava" sifatida 
sotib yuborish tavsiya etilgan. 
Dehqonchilikda qul mehnati tobora kam samarali bo`layotganligini 
ko`rgan Katon yaylov xo`jaligini, keyinchalik savdo va sudxo`rlikni qo`llab-


28 
quvvatlagan. Qiymatdan ortiq mahsulotni foyda deb bilgan va uni to`la ravishda 
ishlab chiqarish harajatlariga qo`shgan (xato fikr). "Yuqori foyda olish uchun 
yuqori baholar kuni kelishini bamaylixotir kutish kerak", deydi u. 
Dehqonlar qo`lidagi yerlar tortib olinib, yirik latifundiyalar vujudga kela 
boshladi, erkin Rim aholisi, dehqonlar va armiya soldatlari yersizlandi. Bu holat 
yirik yer egalari - patritsiylar va dehqon-plebeylar o`rtasidagi qarama-
qarshilikni kuchaytirdi, oxir-oqibatda aka-uka Grakxlarning agrar islohotiga 
sabab bo`ldi. Ular yersiz yoki kam yerli dehqonlarning yirik yer egalariga 
qarshi kurashini himoya qildilar. Ammo, bu ishni quldorlik tuzumini saqlagan 
holda va yirik yer egalarini cheklash yo`li bilan hal etmoqchi bo`ldilar. Yer 
egalarining qo`lidagi yerning bir qismini kesib va davlat fondidagi yerdan foy-
dalanib kam yerli dehqonlardan ozod dehqonlar tabaqasi barpo etish ko`zda 
tutilgan, eng muhimi, bu toifa quldorlarning ishonchli tayanchi bo`lishi kerak 
edi. 
Aka-uka Tiberiy va Gay Grakxlarning agrar islohoti bo`yicha, davlat 
yeridan foydalanuvchilarning har biri 500 yuger (125 gektar), har o`g`li uchun 
250 yuger, ammo bir oila uchun 1000 yugerdan ortiqcha yer olish ta’qiqlangan. 
Undan ortiq yerlar musodara qilingan va 30 yugerdan bo`linib, kambag`al 
fuqarolarga berilgan, lekin bu yerni birovga sotish man etilgan. Bu qonun qabul 
qilindi, ammo uni amalga oshirishga yirik yer egalari va senat qarshilik qildi. 
Tiberiy Grakx m.a. 132 yilda ataylab o`ldirildi, Gay (ukasi) Grakx m.a. 123-122 
yy.da bu islohotni amalga oshirish uchun ishni davom ettirdi, bir qancha demo-
kratik o`zgarishlarni amalga oshirdi (Rimda arzon non sotish), oqibatda 80 
ming fuqaro yer uchastkasi oldi. Islohot vaqtincha muvaffaqiyat keltirdi, m.a. 
111 y. davlat yerlarini sotishga yo`l berildi, yerlar xususiy mulkka aylandi (m.a. 
121 y.da Gay ham jangda halok bo`lgan). 
Quldorlik tuzumi inqirozga uchragan va tushkunlikka tushgan davrda 
rimlik agronomlar Varron (m.a. 116-27 yy.) va Lusiy Kolumella (I asr) lar 
quldorlik xo`jaligini ratsionallashtirish muammolarini ishlab chiqdilar. Shu bi-
lan birga olim va arxeolog bo`lgan Varron "qishloq xo`jaligi to`g`risida" degan 
kitobida bu sohaning ahamiyatiga katta o`rin beradi, qishloqdan shaharga intil-
ganlarni qoralaydi. U dehqonchilik bilan chorvachilikni birga rivojlantirishni 
ma'qul deb biladi. Varron ular o`rtasidagi "Buyuk ittifoq" tarafdori edi. Buning 
asosiy sababi shundaki, Italiyada don nisbatan arzon edi, chorvachilikning foy-
dasi esa ancha yuqori bo`lgan. Shu bilan birga, Varronning fikricha, har bir 
xo`jalik o`z-o`zini ta'minlashi kerak, u bozor munosabatlariga kam e'tibor 
qilgan, qullar ekspluatatsiyasi tarafdori bo`lgan va ularni "gapiruvchi qurollar" 
deb bilgan. U qullarning siyosiy jihatdan xavfli ekanligini tushungan va imeni-
yolarda bir millatga tegishli qullarni ko`p saqlamaslik kerak, deb tavsiya etgan 
(chunki birlashib harakat qilishlari oson). 


29 
Kolumella o`zining qishloq xo`jaligiga oid yirik asarida qullar 
mehnatining samarasi pastligini ta'kidlaydi (birovga ishlaydi-da!). Uning 
fikricha, qullar yerni yaxshi ishlamaydilar, yer yuqori hosil berishi uchun 
qayg`urmaydilar. U erkin mayda ishlab chiqaruvchilarning mehnati qullarniki-
dan yuqori bo`lishini isbotlab berdi, yirik quldorlik latifundiyalariga nisbatan 
mayda dehqonchilikni afzal deb hisobladi. Bu davrda yirik latifundiyalarning 
inqirozi aniq bo`lib qoldi, rivojlanish faqat ekstensiv yo`l bilan bordi, ya'ni hosil 
qo`shimcha yer hisobigagina oshdi. qullar imkoni boricha yerni ishlamaslikka 
intilgan. Kolumella bunday yerlarni erkin kolonlarga bo`lib berish yaxshiroq 
samara beradi, degan to`g`ri xulosaga keldi, uningcha mayda ishlab chiqarishga 
o`tish kerak edi (hozirgi davrga solishtirib ko`ring). 
Sitseron Mark Tulliy (m.a. 106-43 yy.) taniqli davlat arbobi va mashhur 
notik bo`lgan. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan bo`lib, savdo-
sotiq ancha o`sdi, sudxo`rlik boyish manbayiga aylandi. U qishloq xo`jaligini 
qo`llagan holda (chunki bu soha bozor uchun ham mahsulot yetkazar edi), yirik 
savdo va sudxo`rlikni boyish manbayi deb hisobladi. Demak, Sitseron boshqal-
ardan farqli ravishda quldorlar bilan birga savdogar va sudxo`rlarning 
manfaatini ham himoya qildi. 
Quldorlik tuzumining ichki qarama-qarshiligi tobora o`sdi, qullar 
qo`zg`oloni ro`y berdi. Tarixda Spartak boshchiligidagi (m.a. 73-71 yy.) qullar 
qo`zg`oloni katta ahamiyatga ega, u beayov bostirilgan bo`lsa ham, tuzum za-
miniga jiddiy zarba bo`ldi. Lutsiy Sergey Katalina m.a. 63-62 yy. kambag`al 
aholi yordamida hokimiyatni egallamoqchi, qulchilikni yo`q qilmoqchi va 
boyimoqchi bo`ldi, ammo uning harakatlari ham zoye ketdi. 
Yangi eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasida nisbatan barqarorlik 
davri bo`ldi, lekin quldorlik ekspluatatsiyasining samarasizligi tobora ayon 
bo`lib qoldi, kolonat o`sdi. Aristotel g`oyalarida qulchilik tabiiy zarurat deyil-
gan bo`lsa, endilikda bunga sharoit taqozosi tufayli kelingan, degan fikrlar yu-
zaga chiqa bosh-ladi. 
Lutsiy Anney Seneka (m.a.3-mil.65 yy.) qulchilikning siyosiy xavfini 
tushundi va qullar bilan yumshoqroq munosabatda bo`lishni taklif etdi, ular 
ham tabiatan ozod odam ekanligini tan oldilar. 
Shu davrda kolonatga, krepostnoylikka o`tish kuchaydi. Ana shunday 
bir paytda milodning I asrida (2-yarmida) yangi diniy mafkura - xristianlik 
vujudga keldi. Uning asosiy aqidalari Injilda keltirilgan. Bu muqaddas kitobda 
bir qancha iqtisodiy g`oyalar ham berilgan. Oddiy xo`jalik faoliyati (mehnat) 
zarur va ulug` ish deb qaraladi. Dastlab og`ir qullar haq-huquqini himoya qilgan 
bu din, bu ahvoldan qutulish yo`li yuqoridan, xudodan deb bilgan. O`sha davrda 
bu dinning boshqa dinlardan afzalligi shu bo`ldiki, xalqlar o`rtasidagi etnik va 
sotsial tafovutlar inkor etildi, din oldida hamma barobar deb e'lon qilindi. 
Keyinchalik bu din boshqa toifalar orasida ham tarqaldi. Dastlab xristianlik 


30 
mulki umumiy bo`lib, ekspluatatsiya inkor etilgan, odatda sadaqa hisobiga kun 
ko`rilgan. Birinchi xristianlar ta'qib ostiga olingan, ammo 325 yili Nikey Sobor-
ida xristianlikka Rim imperiyasining davlat dini maqomi berildi, oqibatda 
quldorlik va bo`lajak feodal jamiyatining mafkurasiga aylandi. 
Milodiy yilning boshida ilk xristianlikning iqtisodiy g`oyalari Avreliy 
Avgustin Blajenniy (353-430) asarlarida ham berilgan. U hammaning mehnat 
qilishi zarurligini, "ishlamagan tishlamaydi" (apostol Pavelning fikri) g`oyasini 
ilgari surdi (sotsializmning asosiy tamoyilini eslang), dehqonchilik eng faxriy 
kasb ekanligini aytdi, savdoni esa faqat foyda, naf olish uchun qilinadigan ish 
deb qoraladi. Aqliy mehnatni jismoniy mehnat kabi baholash muhim edi. Am-
mo, Avgustin qullarni ozod qilishni qat'iy talab etgan emas, u dinning bosh va-
zifasi aholining axloqiy takomillashuviga yordam berish, degan xulosa 
chiqargan. Bu dinda odil baho tamoyili, mahsulotlarni shaxsiy emas, balki 
ijtimoiy baholash, mulk, boylik va boshqa ko`pgina iqtisodiy muammolarga 
tegib o`tilgan. Avgustin Blajenniy "G’aflatda yotgan xalqni uyg`otish uchun 
avvalo uning tarixini uyg`otish zarur", degan buyuk fikrni ifoda etgan. 
XULOSA 
Dastlabki iqtisodiy g`oyalar insoniyatning paydo bo`lishi bilan 
shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari m.a. 2-ming yillikka to`g`ri kelib, 
ko`proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo`jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dun-
yoga ma'lum darajada amaliyotni nazariy umumlashtirish, abstraksiyalash 
oqibatida birinchi iqtisodiy mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, kate-
goriyalar shakllana boshladi. 
Qullikka asoslangan natural xo`jalik, ayniqsa qishloq xo`jaligi qo`llab-
quvvatlangan, boylikning asosiy manbayi mehnat deb hisoblangan Hindistonda 
"buyumning qiymati"ni "ish kunlari" bilan belgilash, mahsulotning bozor 
bahosi bilan uning tabiiy qiymati o`rtasidagi farq aytilgan, foyda masalasi 
ko`tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodga aralashuvi qo`llab-
quvvatlangan. 
Xitoydagi iqtisodiy g`oyalar ancha rivojlangan bo`lib, tabiiy huquq naz-
ariyasi ilgari suriladi, ularda mehnat taqsimoti, davlatning roli, xalq boyligi va 
hukmdorlar mulki o`rtasidagi bog`lanish, iqtisod va qonun masalalariga tegib 
o`tiladi. 
Agar Osiyoda quldorlik ko`proq patriarxal shaklda bo`lsa, antik dun-
yoda u klassik ravishda ro`y bergan, natural hunarmandchilik, dehqonchilik 
xo`jaligi qo`llangan, ammo bu davr oxirida savdo, sudxo`rlik ham qo`llab-
quvvatlangan. Pulning asosan almashuv (Ksenofont jamg`arish) funksiyasi tan 
olingan. Mahsulot ishlab chiqarishni rag`batlantirish, boylik jamg`arish zararli 
deb hisoblangan. "Ekonomika", "Xrematistika" tushunchalari kiritilugan, ular 


31 
bir-biriga qarshi qo`yilgan, qiymat (qimmat) kategoriyasi, tovarlarning al-
mashuv tamoyillari (ilk yo`nalish) keltirilgan, ammo buning mezoni (mehnat 
miqdori, foydalilik) aniq berilmagan. 
Rimda quldorlik eng yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray boshladi 
(Osiyoda feodalizm munosabatlari oldinroq ro`y bergan). qulchilikka munosa-
bat o`zgardi, erkin sohibkorlik ustunligi oydin bo`lib qoldi, dehqonchilik bilan 
chorvachilik, yirik savdo va sudxo`rlik faoliyati qo`llandi (Sitseron). Mayda 
ishlab chiqarishga o`tish jarayoni, islohotlar (Grakxlar) yo`li boshlandi. 
Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato ravishda 
qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan. 
Zoroastrizmning muqaddas kitobi Avesto va xristianlik kitoblari Bibli-
ya, Injilda ham muhim iqtisodiy g`oyalar mavjud, masalan sotsializmning bosh 
tamoyili bo`lgan "ishlamagan tishlamaydi" g`oyasi eramiz boshida ma'lum edi. 
qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu davrdagi iqtisodiy 
g`oyalarda natural xo`jalik (nobozor) konsepsiyalari asosiy hisoblanadi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling