Iqtisodiy ta'limotlar
DAVRIGACHA BO`LGAN IQTISODIY FOYALAR
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
DAVRIGACHA BO`LGAN IQTISODIY FOYALAR
3.1. "Buyuk ipak yo`li"ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o`rni. Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa davlatlarini bog`lovchi qadimgi savdo yo`li - Buyuk ipak yo`lidir. Bu yo`l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli "Ipak yo`li" nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo`l m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo`llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O`rta Yer dengiz mamlakatlari o`rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol o`ynagan. Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg`oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo`l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib ,biri shimoli-g`arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo`nalgan. Karvon yo`lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo`lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887 yil ushbu yo`nalishga ilk bor "Buyuk ipak yo`li" degan nisbat beradi va bu ibora muammola (istofoda) ga kiritiladi. Shimoliy yo`l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashg`ar, Dovon (Farg`ona vodiysi) ga borgan. U yerdan So`g`dning markazi Samarqand va Marg`iyona (Marv) ga yo`nalgan. Ipak yo`li Farg`ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo`lingan. Janubiy qismi O`zgandan O`sh, quva, Marg`ilon, qo`qon orqali Xo`jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o`tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq tarixiy yo`lning uzviy bo`lagi hisoblangan. Bu yo`l mohiyat-e'tibori bilan Sharq va G’arbni turli jabhalarda bog`lovchi yo`ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va boshqalar). Shu karvon yo`l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va paloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg`ona) dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI asrlardan bu yo`lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, bu yo`lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug`ildi. Xitoy, Qirg`iziston, O`zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, qora 46 dengizga chiquvchi undan Yevropa (Parij, Rotterdam) ga yetkazuvchi yo`l loyixa ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda, bu yo`lning kelajagi porloq. Endi esa, moziyga qaytib, O`rta Osiyoning Buyuk ipak yo`li o`rni va eksport potensialiga e'tiborni qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O`zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma'lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo`lgan. Tarixiy va hozirgi ma'lumotlarga ko`ra, bu hudud, yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o`rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga mehr qo`yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega. Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi va serobligi shu soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchidir. Ayniqsa, oltin ajnabiylarni magnit (ohangrabo) kabi tortganligi aniq. Bu o`lka eksport potensialida oltin, kumush va undan qilingan zebu- ziynatlar, zargarlik buyumlari, sifatli po`lat olish va undan yasalgan asbob- uskunalar, ayniqsa, qilich, qalqon va boshqa harbiy asbob-anjomlar, ipakdan to`qilgan xon atlas va boshqa nafis matolar, ajoyib ko`rinishli qorako`l terisi va undan tikilgan buyumlar xaridorgir bo`lgan. Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar hammani qiziqtirgan. Kitob yozish (hattotlar) san'ati ham yuqori bo`lgan. Miniatyura san'ati yuqori darajada edi. Shu sababli, bilim, ilm makoni bo`lgan kitob savdo-sotig`i yetakchi o`rinni egallagan. Hozirgi davrda ko`plab taniqli mutafak-kirlarimizning asarlari xorij davlat va shaxsiy kutubxonalaridan topilmoqda va o`z vatani, O`zbekistonga qaytarilmoqda. Bu fakt shundan dalolat beradiki, o`z davrida kitob savdosi Buyuk ipak yo`lining asosiy faoliyatidan biri bo`lgan, demak, bu yerdan chetga ko`plab ilm va san'at asarlari chiqarilgan. Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo`lganligi ma'lum, xalq eposida uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi rivoyatlar haqiqatga juda yaqin. Masalan, Xitoy elchisidan uni qanday tuhfa qiziqtirishini so`ralganda, ot olishni afzal ko`rgan. Otlar xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida, harbiy xizmatda, transport vositasi sifatida, uloq chopish, chovgan o`ynash, zeb-ziynat sifatida nihoyatda qadrlangan. Shu sababli otlar eksportda yetakchi o`rinni egallagan. Qishloq xo`jaligida paxta yetishtirish va paxtadan olinadigan mahsulot asosiy o`rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog`dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak yetishtirish Xitoydan kirib kelgan bo`lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda yetishtirishni o`rganishgan. Vatanimiz hududida qorako`l teri beradigan qo`ylar parvarishi muhimdir. Ularning terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. 47 Hozirgi davrda ham bu sohaga e'tiborni kuchaytirish O`zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun zarur vosita hisoblanadi. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot, tuya, boshqa ulovlar , savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, xajga boruvchilar, harbiy qo`riqchilar bo`lgan. Butun yo`l boshidan-oxirigacha 120- 150 kun davomida bosib o`tilgan. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling