Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
Ulug`bek
73 O`sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan chambarchas bog`liqligi yaxshi ma'lum edi. Soliq yig`imi qancha yuqori bo`lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqning pastligi aholi uchun qulay bo`lgani bilan, davlatning boshqaruv, mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to`g`ri kelavermaydi. Shularni yaxshi tushungan hukmdorlar soliqni iloji boricha me'yorida saqlash va uni yig`ishning ma'lum adolatli usullarini qo`llanganlar. Masalan,Ulug`bek hukmronligi davrida g`alla g`aram qilinmasdan avval soliq to`plash qat'iyan man' etilgan, chunki dehqon hosil yig`ib olgachgina real soliq to`lash imkoniga ega bo`ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo`lingan: 1) saraton (iyun-iyul); 2) sumbula mezon(avgust va sentabr); 3) qavs(noyabr). Yana bir muhim masala shuki, soliqlarni yig`ish paytida soliqchilar dehqon, chorvador yoki bog`bonga nisbatan zug`um o`tkazmasligi, jismoniy kuch ishlatmasligi va ishni urush janjalgacha olib bormasligi zarur qilib qo`yilgan. Bu bilan insonning haq-huquqi, yashashga bo`lgan daxlsizligi ta'minlangan. Umuman, soliq bo`yicha qarzdorlarni bandi qilish va zanjir bilan kishonlab, ularga nisbatan qattiq choralar ko`rishga soliqchilarning haqqi yo`q edi. Soliq miqdori va to`lov tartibini buzmaslikka, suiiste'mollikning oldini olishga harakat qilingan. Tartibga amal qilmagan ayrim ma'murlar jazoga tortilgani ma'lum. Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy, Hindiston, Tibet va boshqa ko`pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini alohida ta'kidlab o`tish kerak. Elchilar "Buyuk ipak yo`li" xafvsizligini ta'minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, milliy valuta mustahkamligiga bevosita bog`liq. Ma'lumki, pulning uchta asosiy vazifasi mavjud:1) qiymat o`lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg`arma vositasi. Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo`lmasa, iqtisodiyot posongisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga olib, vaqti-vaqti bilan pul islohotlari o`tkazib turiladi. 1428 yili Ulug`bek tomonidan o`tkazilgan islohot katta ijobiy ahamiyatga ega bo`ldi. Muomaladagi fulusiy pullar almashtirildi. Ulug`bek davridagi islohotlar tovar pul munosabatlari rivojiga muhim hissa qo`shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling