Iqtisodiy ta'limotlar


Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug`bek davridagi iqtisodiy islohotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

4.2. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug`bek davridagi iqtisodiy islohotlar 
A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug`bek 
(1394-1449) podsholigi (1409-1449) davrida iqtisodiyot 
yaxshi rivojlandi. Ayniqsa, qo`shni mamlakatlar bilan 
savdo-sotiq munosabatlari o`sdi. Bu Movarounnahrda 
(arabcha "daryo ortidagi" (mamlakat) degani) 1428 yilda 
Ulug`bek tomonidan o`tkazilgan pul islohoti bilan 
bog`liqdir. 
Jamiyatda 
pulning 
ahamiyatini 
yaxshi 
tushungan holda uning qadr-qimmatini oshirish uchun 
harakat qilingan. O`sha davrda muomaladagi fulusiy chaqa 
pullar yengil vaznda bo`lib, savdo rivojiga to`siqlik qilgan.
Ulug`bek yengil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan 
barcha chaqa pullarni man etdi. Eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki 
savdoning mayda mis pullarga bo`lgan talabini qondirish uchun u bir vaqtning 
o`zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon 
shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqli fuluslarni zarb 
ettirib, muomalaga kiritdi. Eski chaqalar qisqa vaqt davomida yangi pullarga 
almashtirilib olingach, mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa 
shaharlardagi zarbxonalarga barham berildi. Faqat Buxoro zarbxonasi (poytaxt 
Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida "fulusi adliya", ya'ni adolatli 
chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha 
shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini 
naqdina 
bilan 
to`la 
ta'minlay 
boshladi. 
Ichki 
chakana 
savdo-pul 
munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va qiymatini oshirish bilan hal 
etilishi o`rta asrlar sharoitida nodir va favqulodda voqea bo`lsada, har holda 
Ulug`bekning bunday islohoti mamlakatda hunarmandchilik buyumlarining 
ichki chakana savdosi uchun keng yo`l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi 
savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida "tamg`a" boji ham 
birmuncha oshirildi, ya'ni hozirgi til bilan aytilganda proteksionizm siyosatidan 
foydalanildi. 
Ulug`bek (1394-1449) tarixda ko`proq davlat arbobi sifatida emas, 
bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Uning dong`i 
dunyoga ketgan, astronomiya, tarix ilmlariga oid asarlari mavjud. Bu yerda biz 
Ulug`bekning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga alohida e'tibor bermoqchimiz. Bu 
davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida qunt qilinadi, busiz 
rivojlanish bo`lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug`orish tarmoqlari 
qurilib, ular toshhovuz, darg`ot, navo, chig`ir, charxpalak, qaynama, sharshara, 
osma ko`prik, handoq, tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan 
jihozlandi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling