Iqtisodiy ta'limotlar


Merkantilizm va hozirgi zamon


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

5.4. Merkantilizm va hozirgi zamon 
 
Yevropada proteksionizmning tiklanishi (Angliyada proteksionizm, 
Fransiyada kontinental qamal (blokada) va boshqalar) va nemis tarixiy maktabi 
(bu haqda quyida gap boradi) vujudga kelishi bilan merkantilizm g`oyalari yana 
tilga olina boshlandi. Avval Rosher va Shmoller, so`ngra ularning ingliz 
izdoshlari Kanningem va Eshlilar merkantilizm g`oyalarini to`la ratsional va 
ma'lum istak-natijalariga erishuvda, masalan, milliy avtarkiya va davlat 
hokimiyatini kuchaytirishda yaroqli siyosat deb qaradilar. 
A.Smit mashhur asarining bir joyida ohistagina "Mamlakat xavsizligi 
farovonlikdan muhimroq" deb yozish bilan shunday nuqtayi nazarni ilgari 
surdiki, unga ko`ra merkantilistlar jiddiy qabul qilinishi kerak edi. Bu 
munosabat merkantilizm davridagi bosh masalalardan biriga oydinlik kiritishga 
imkon berdi: davlat qurilishining maqsadi ko`shni davlatlar iqtisodiy kuch-
qudratini pasaytirish hisobiga ham erishiladi, bunda ushbu davlat qudratining 
oshishi ro`y beradi. Lokkning fikricha, bu shunday ro`y beradi: "boylik" oltin 
va kumushning oddiy ko`pliginigina anglatmaydi, balki boshqa davlatlarnikidan 
ortiqroq bo`ladi. Haqiqatan ham, ko`pchilik merkantilistlar shunday nuqtayi 
nazarni himoya qilganlarki, unga ko`ra millatlarning iqtisodiy manfaatlari 
antagonistik, ya'ni qarama-qarshidir, go`yoki dunyoda cheklangan miqdordagi 
resurslar mavjud, ularni esa bir davlat ikkinchi davlat hisobiga olishi mumkin. 
Bu merkantilistlarning "qo`shningni talontoroj qil" degan siyosatini uyalmasdan 
himoya qilishini tushuntirib beradi. Undan tashqari, bu g`oyada ichki iste'molni 
kamaytirish milliy siyosatning maqsadi qilib ko`rsatiladi. 
Merkantilizmni qaytadan qo`llash, klassik maktabni (bu haqda quyida 
gapiriladi) tan olmaslik, kapitalizm yo`liga keyinroq o`tgan davlatlarda ro`y 
berdi. Yangi davlatlar iqtisodiyotda to`la erkinlikka qarshi edi, yoki bu erkinlik 
faqat kuchli Angliya uchun qulaylik va ustunlik beradi deb bejiz o`ylamaganlar. 
Shu sababli bu yerda merkantilistlarning davlatning iqtisodiyotni boshqarish, 
proteksionizm, mamlakatda pul mo`l-ko`lligini ta'minlash va boshqalar 
hukumatlar siyosatiga aylantirildi. 
XX asrda davlat monopolistik kapitalizmi rivoji bilan davlatning 
iqtisodiyotdagi roli tobora oshib bordi. Inqirozlar tez-tez takrorlanib turdi. 


99 
Ayniqsa, 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqiroz butun dunyoni larzaga soldi. 
Shu davrda J.M.Keyns nomi bilan bog`liq ta'limot yuzaga keldi. U 
"Merkantilizm to`g`risidagi mulohazalar" va "Bandlik, foiz va pulning umumiy 
nazariyasi" (1936y.) nomli asarlarida merkantilizmning ayrim g`oyalarini 
qo`llaydi, unda "amaliy donolik" kurtaklari borligi ta'kidlanadi. Eksportning 
importdan ko`pligi, oltinlarning oqib kelishi esa pulga taklifni kuchaytirib, foiz 
stavkalarini pasaytiradi va shu bilan investitsiya va bandlikni rag`batlantiradi. 
Keyns shularni "merkantilizm doktrinasidagi ilmiy haqiqat urug`lari" deb 
ataydi. 
Umuman, J.M.Keyns mavjud sharoitlarda klassik maktab aqidalari ish 
bermasligini ta'kidlaydi, hozirgi til bilan aytganda bozor munosabatlari 
avtomatik ravishda barcha ziddiyatlarni hal eta olmaydi, shu sababli davlatning 
iqtisodiyotga faol ishtirok etishi taklif etiladi (bular haqida to`la ma'lumot 
maxsus boblarda beriladi). 
Keyns o`zini merkantilistlar bilan yaqinlashtiruvchi to`rt sohani berdi: 
1. Merkantilistlar mamlakatdagi pul massasini oshirishga intilib, ssuda 
foizini pasaytirish va investitsiyalarni rag`batlantirishni o`ylaganlar; 
2. Merkantilistlar baholar oshuvidan qo`rqmaganlar va yuqori baholar 
savdo va ishlab chiqarishni kengaytirishni rag`batlantirgan. Keynsning fikricha, 
"mo`'tadil inflatsiya" iqtisodiy faollikni qo`llab-quvvatlaydi; 
3. Merkantilistlar "pulning yetishmasligi ishsizlikning sababchisi 
ekanligi" to`g`risidagi tushunchaning asoschilari bo`lganlar. Keynsning 
fikricha, bank va davlat budjeti kamomadini kredit ekspansiyasini oshirish yo`li 
bilan pul miqdorini oshirish ishsizlikka qarshi kurashishda muhim qurol 
bo`lishi mumkin. Ishsizlik bir qancha obyektiv sabablarga bog`liq edi, masalan, 
agrar sohada u ko`pincha mavsumiy edi, ya'ni qishloq xo`jaligi ishlarining 
tugashiga yoki kam hosilli yillarga to`g`ri keladi. Hatto sanoatda ham bu holat 
qayd etiladi, ya'ni daryodagi kishki muzlar yoki bahorgi toshkinlar suv 
tegirmonlarini to`xtatib qo`yganidek; 
4. Merkantilistlar o`z siyosatlarining milliy xarakteri va uning urushlar 
ochish yo`nalishini ochiqdan-ochiq namoyon qiladilar. Keyns proteksionizm 
mazkur mamlakatda ishsizlik muammosini hal etishga yordam bera oladi, deb 
hisoblagan va iqtisodiy millatchilik tarafdori bo`lgan. 
Bunga yana bir masalani, beshinchi moddani ham qo`shmoq kerak, 
chunki davlat bu holatda iqtisodiyotda muhim rol o`ynaydi. Buni Keyns o`z-
o`zidan ravshan narsa, deb tushungan bo`lsa ehtimol. 
Ma'lumki, asrimizning 60-70 - yillari mustamlakachilik tizimining 
yemirilishi va ko`plab yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelish davri 
hisoblanadi. Bu davrda "nomerkantilizm" g`oyalari ilgari surilmoqda. Yosh, 
rivojlanayotgan davlatlarning ko`pchiligida iqtisodiyotda davlat sektorining 
kattaligi, xalq xo`jaligida reja va dasturlar mavjudligi, milliy sanoatni bojxona 


100 
tariflari bilan himoya qilish va boshqa choralar "nomerkantilistik" hisoblanadi. 
Ikki tomonlama savdo shartnomalari, davlat zayomlari yo`li bilan 
industrializatsiyani moliyalash, baholarni tartibga solish va monopoliyalar 
daromadini cheklash ham shu ta'limotga to`g`ri keladi. 
90-yillarda boshlangan, ilgarigi sotsialistik rivojlanish yo`lidan 
borayotgan davlatlarning bozor munosabatlariga o`tish davridagi iqtisodiy 
siyosati ham ko`p jihatdan yuqorida keltirilgan holatlarga juda o`xshashdir. 
Ayniqsa, tadrijiy (evolutsion) yo`lni tanlagan davlatlarda bu siyosat ancha 
kuchlidir (bu to`g`rida kerakli ma'lumotlar mazkur boblarda beriladi). Shu 
sababli merkantilizm ta'limotini har tomonlama o`rganish ham nazariy, ham 
amaliy ahamiyat kasb etadi. 
XULOSA 
XV asr oxiri - XVIII asrlar davomida yangi iqtisodiy ta'limot - 
merkantilizm va u bilan bog`liq siyosat paydo bo`ldi. Bu ta'limot bo`yicha 
millat (xalq) boyligining asosi muomala sohasida yuzaga keladi (avvalgi 
qarashlardan prinsipial farq qiladi). Bu ta'limotda ikki davrni ajratish mumkin: 
1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (ya'ni pul degani) XV-XVI 
asrlarda (qisman XVII asrda) mavjud bo`ldi va boylik asosan oltin, kumush va 
boshqa qimmatbaho javohirlardan iborat bo`ladi, degan g`oyani ilgari surdi. 
Shunga oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni boricha ko`proq 
nodir metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targ`ib qilingan. 
2. Rivojlangan merkantilizm ta'limotida boylik savdo-sotiq sohasida 
savdo balansi asosida yuzaga kelgan, imkoni boricha ko`proq eksport qilish va 
mumkin qadar kamroq import qilish g`oyasi ilgari surilgan. 
Merkantilizmning ayrim mamlakatlardagi ko`rinishi milliy xususiyat 
kasb etgan, ayniqsa Fransiyada kolbertizm, Germaniyada kameralistika 
shakllari yaxshi ma'lum. 
Bu ta'limot yangi tug`ilayotgan jamiyat - kapitalizm rivoji uchun ijobiy 
progressiv xarakterga ega bo`ldi. Kapitalning dastlabki jamg`arilishiga imkon 
yaratdi, mustamlakachilik tizimini qo`llab-quvvatladi, tovar-pul muomalasi 
rivojiga olib keldi, moliya tizimining rivoji tufayli iqtisodiyot jonlandi. 
Merkantilizm ta'limotida davlat iqtisodiyotga faol ishtirok etishi shart, shunga 
oid iqtisodiy siyosat ham yuzaga keldi. 
Merkantilizm tarixan cheklangan bo`lsa ham (u XVIII asrda to`g`ri va 
qattiq tanqidga uchradi), ta'limotlar tarixidan munosib o`rinni egallaydi. Lekin 
bu ta'limot va unga asoslangan siyosatni to`la amalga oshirish qanday 
oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon Lo tajribasidan ma'lum. Merkantilizm 
moliya tizimi va savdo rivojiga muhim hissa qo`shdi.


101 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling