Iqtisodiy ta'limotlar


Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

5.2. Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati 
Merkantilizm rivojida ikki davrni ajratish mumkin: 
1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o`rtalari). 
2. Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura 
sistemasi) (XVI-XVIII asr o`rtalari). 
Yangi ta'limot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog`liqdir. 
Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: uy 
hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida sohalar, 
tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam yoki shogird, 
oila bilan birga qilinadi. Manufakturada esa kooperatsiya yuzaga keladi, eng 
muhimi chuqur mehnat taqsimoti, xususiy tadbirkor, yollanma ishchi kuchi 
paydo bo`ladi (XV asr). Fabrika to`g`risida esa quyida axborot beriladi. 
Merkantilizmning birinchi davri o`sha davr iborasi bilan aytganda 
monetar, ya'ni oltin va kumush pullar to`plash bilan bog`liq edi. Bunda pul 
balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar sotib 
olishga urinilgan. qimmatbaho metallni tashqariga, chetga olib ketish 
taqiqlangan. Savdogarlarga olib chiqilgan mahsulotning bir qismiga pul olib 
kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo`lishi mumkin). Chet ellik 
savdogarlarni esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar sotib olishga 


87 
majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun). Bu siyosat nazorat kuchli 
bo`lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojini susaytirgan. 
Taniqli 
iqtisodchi 
N.D.Kondratyev 
fikricha, 
merkantilistlarning 
iqtisodiy tizimi amaliy siyosat bo`lib, xalq xo`jaligi qandaqa bo`lishi kerak va 
unga nisbatan davlat hokimiyatining munosabati masalasi asosiydir. 
Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha ta'riflash mumkin: iqtisodiy 
siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha nodir metallarni 
(oltin, kumush, javohir, zar va durlarni) ko`proq to`plash; nazariya va 
ta'limotda: savdo, pul oboroti, ya'ni muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarni 
izlab topish. "Insonlar metall uchun qurbon bo`lmoqda", ya'ni oltin fetishizmi 
butun kapitalistik jamiyat rivojiga hamohang bo`lgan yangi hayot tarzi va 
fikrlashning tarkibiy qismidir. Ayniqsa, savdo kapitali davrida bu yorqin 
namoyon bo`ldi. Savdo kapitalining asosiy tamoyili - qimmatroq sotish uchun 
sotib olish (bu xodisa O`zbekistonda ham hozirgi davr o`zgarishlarida uchrab 
turadi). Ularning, ya'ni sotib olish va sotish farqi esa sariq metall shaklida 
namoyon bo`ladi. Farq, ya'ni foyda faqat ishlab chiqarishda, faqat mehnat yo`li 
bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida o`ylanmaydi. Chet ellarga ko`proq 
chiqarish va ulardan kamroq olish siyosati ham davlat siyosatiga aylandi. Agar 
davlatda pul ko`p bo`lsa, hamma narsa yaxshi bo`ladi, degan fikr asosiy bo`lgan 
va bu davlatning, dvoryanlarning va burjuaziyaning talab-ehtiyojlariga mos 
tushgan. Bu kapitalning dastlabki jamg`arilishi bilan bevosita bog`liqdir. 
Haqiqatan ham har qanday tadbirkorlik puldan boshlanadi va pul 
kapitalga aylanadi, chunki unga ishchilar yollanadi, qayta ishlash yoki sotish 
uchun tovarlar sotib olinadi. Uni amalga oshirish nihoyatda primitiv (sodda) 
yo`llar bilan amalga oshiriladi, bu ishlar odatda davlatning iqtisodiyotga faol 
aralashuvi bilan, ma'muriy yo`llar bilan bajarilgan. Bu jarayonda esa davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi ancha cheklangan bo`lib, rivojlangan merkantilizm 
tarafdorlari davlat aralashuvini tabiiy huquq tamoyillariga mos bo`lishini 
istaydilar. 
Qadimgi Sharqda paydo bo`lgan tabiiy huquq falsafasi antik dunyoda 
(Arastu va boshqa olimlar tomonidan) rivojlantirildi va ayniqsa uyg`onish 
davrida yuksaldi. Bu huquqlar abstrakt "inson tabiati" va uning "tabiiy 
huquqlari"dan iborat deb qabul qilingan va ko`p hollarda O`rta asrdagi cherkov 
va dunyoviy (davlat) despotizmiga qarama-qarshi bo`lgan progressiv 
elementlardan iborat. 
Faylasuflar va ularning aqidalariga amal qilgan merkantilizm 
amaliyotchilari davlatga murojaat etib, insonlarning tabiiy huquqlarini 
ta'minlashni talab etganlar. Ana shu talablar orasida mulkchilik va xavfsizlik 
bor. Bu ta'limotning ijtimoiy ma'nosi shuki, davlat yangi jamiyat boyligi 
o`sishini ta'minlovchi sharoitni yaratishi va qo`llashi shart edi. Iqtisodiy 
ta'limotlarning tabiiy huquq bilan aloqasi keyinchalik merkantilizmdan klassik 


88 
iqtisodiy maktabga ham o`tdi. Lekin bu aloqa mazmuni keyingi davrda ancha 
o`zgardi (Fransiyadagi fiziokratizm, Angliyadagi Smit), chunki bu davrda 
burjuaziya davlat homiyligiga unchalik muhtoj emas edi, hatto u davlatning 
imkoni boricha iqtisodiyotga aralashuviga qarshi bo`lgan. 
M.Blaus fikricha, merkantilistlar ilmiy dunyoqarashining yetakchi 
tamoyillari quyidagilar: 1) oltin va boshqa qimmatbaho metallar boylikning 
asosi sifatida qaraladi; 2) mamlakatga oltin va kumushlarning oqib kelishini 
ta'minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; 3) arzon xomashyoni 
import qilish yo`li bilan sanoatni qo`llab-quvvatlash; 4)import qilinadigan 
tayyor sanoat tovarlariga proteksionistik (yuqori) tariflar; 5) eksportni, ayniqsa 
tayyor mahsulot eksportini rag`batlantirish; 6) ish haqining past darajasini 
ushlab turish uchun aholi sonining o`sishi. Shak-shubhasiz, milliy 
farovonlikning asosiy sharti sifatida aktiv savdo balansi hisoblangan va bu 
merkantilizm g`oyasining yuragi edi. 
Bir qancha olimlar fikricha, merkantilizm bozor iqtisodiyoti 
munosabatlari shakllanishi davrining dastlabki iqtisodiy maktabi sifatida 
(avvalgi davrda bozor iqtisodiyoti unsurlari bo`lgan emas degan fikrdan 
yiroqmiz) o`ziga xos nazariy-metodologik xususiyatlarga ega. Ularning 
mohiyati quyidagilardan iborat: 
·Tahsil predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasi 
muammolarini o`rganish afzal deb qaraladi, bunda uni ishlab chiqarish 
muammolari bilan bog`lab qarab chiqish butunlay inkor etiladi; 
·Tahlil metodi (uslubi) sifatida asosan empirizm (tajriba)dan 
foydalaniladi, bunda iqtisodiy xodisalarning tashqi ko`rinishlarigina ta'riflanib, 
iqtisodiyotning barcha sohalarini o`z ichiga olgan ma'lum tizim asosida tahlil 
etish istisno etiladi; 
·Pulning kashf etilishi insonlarning sun'iy kashfiyot oqibati deb 
hisoblanadi, pulning o`zi esa aynan boylik deb qaraladi; 
·Pul qiymati (qimmati) kelib chiqishini oltin va kumushning "obyektiv 
(jonli) tabiati" dan va ularning mamlakatdagi miqdori bilan belgilanadi; 
·Mehnatga taklifning o`sishi ish haqining yuqori emas, past bo`lish 
zarurati bilan bog`lanadi; 
·Davlatning tartibga solishi tufayli iqtisodiy o`sish mamlakat pul 
boyligining ko`payish oqibati sifatida qaraladi, bunda tashqi savdo va savdo 
balansi saldosining ijobiy (aktiv) bo`lishi ta'minlanishi kerak. 
Manufakturalarning rivoji mustamlakalardan keltirilgan arzon, ko`p va 
sifatli xom ashyo hisobiga ro`y berdi, tayyor mollar esa o`sha va boshqa 
mamlakatlarga olib borilib, ancha qimmatga pullangan. Noekvivalent almashuv 
oqibatida metropoliya boyib borgan. Bu sohada Angliya yuksak yutuqlarni 
qo`lga kiritdi. Agar Angliya hududini 1 deb olsak, u o`zidan 120 marta katta 
bo`lgan yerni koloniyaga aylantirgan va undan ustalik bilan foydalangan. 


89 
Demak, merkantilizm bo`yicha boylikning asosi pul (davlatda qancha 
pul ko`p bo`lsa, u shuncha boy deb hisoblangan) va pul miqdorini davlat 
hokimiyati yordamida oshirish mumkin. Aslida merkantilizm buyuk geografik 
kashfiyotlardan oldinroq paydo bo`ldi va XVI asrning o`rtalarigacha (asosiy 
oltinlar yig`ib olinguncha) yashadi. 
Ilk merkantilizm davrida chaqalar ataylab ishdan chiqarilgan, chunki bu 
pullar bilan faqat ichki savdo oborotini olib borish mumkin (tashqi savdoda esa 
mumkin emas), maqsad - pulni mamlakatda saqlab qolish. 
Bu siyosatning muhim namoyandalari Angliyada U.Stafford, Italiyada 
G.Skaruffi va boshqalardir. Masalan, florensiyalik (Italiya) bankir B.Divanzetti 
(1529-1606) pul (chaqa)ni iqtisodiy organizmning qoniga o`xshatadi, demak, 
agar chaqa (pul) bo`lmasa (qon kabi), organizm o`ladi. Kapitalizmning o`sishi, 
savdoning rivoji tufayli bu siyosat o`zini oqlamadi (XVII asrdan boshlab XVIII 
asrgacha), pul balansi siyosati savdo balansi siyosati bilan almashdi. Bunda 
davlatdan pul olib chiqishga ruxsat berildi. Albatta oltin va kumush pullarning 
ahamiyati yo`qolmagan, ammo, endi imkon boricha chetga ko`proq mahsulot 
sotib, aksincha, chetdan kamroq keltirish siyosati olib borildi, ya'ni faol va 
ijobiy savdoga amal qilindi. Buni proteksionizm siyosati deyiladi (erkin 
savdoga qarama-qarshi). Bu siyosatni ayniqsa Angliya keng qo`llagan. 
Rivojlangan merkantilizm yoki savdo balansi nazariyasi XVI asrning 
ikkinchi yarmida paydo bo`ldi va XVII asrning o`rtalarida asosan Angliyada avj 
oldi. Uning asosiy mafkurachisi Tomas Mann (1571-1641) edi. Uning fikricha, 
pul tashqi savdo oborotida boshlang`ich maskantni tashkil etadi, ya'ni P-T-P. 
T.Mannning fikricha, har bir savdo kapitalisti o`z pulini ma'lum foyda olish 
uchun oborotga qo`yadi. Shunday yo`l bilan, ya'ni savdo yo`li bilan boyish 
kerak. Tovar chiqarish miqdori (eksport), uni kiritish (import) dan ortiq bo`lishi 
zarur. Ishlab chiqarishni rivojlantirish savdoni kengaytirish vositasi sifatida 
qaraladi. Tovar, pul, foyda va kapital orasidagi aloqadorlikning sababini topish-
ga harakat qilingan. U Makedoniya podshosi Filipp Makedonskiyning "Kuch 
natija bermagan joyda pulni ishga solish kerak", degan iborasini yaxshi ko`rgan. 
Savdo balansini oshirish uchun ishlab chiqarish harajatlarini ka-
maytirishga e'tibor berildi, bunda birinchi navbatda yollanma ishchilarning ish 
haqini cheklash va umuman, xalqning turmush darajasini pasaytirish kerak, deb 
topildi. Ish haqini cheklash zarurligi g`oyaviy asosda hal etildi. T.Manni 
yozishicha, "mo`lko`lchilik va kuch xalqni qanchalik buzsa, ehtiyojsiz qilib 
qo`ysa, qashshoqlik va muhtojlik uni shunchalik aqlli va mehnatsevar qiladi" 
emish. Bu albatta, savdo kapitali xodimlari har qanday yo`l bilan imkoni 
boricha ko`proq boyishi uchun yo`l ochib berish, demakdir. XV-XVII asrlarda 
merkantilizm g`oyalari (pul to`plash siyosati, proteksionizm, xo`jalik faoliyatini 
davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar) Yevropaning deyarli barcha 
mamlakatlarida, Portugaliyadan to Maskoviyagacha yoyildi. Fransiyada bu 


90 
g`oya XVIII asrning ikkinchi yarmida moliya ministri Kolber tomonidan 
rivojlantirildi. Fransiyada sudxo`rlikning rivojlanishi shu siyosat bilan cham-
barchas bog`liq, uning ta'siri asrlar davomida saqlanib qoldi va milliy xususiyat 
kasb etdi (P-P). Italiya iqtisodchilari ham (A.Serra) bu ta'limotni keng tadqiq 
etdilar. Agar inglizlarda bu ta'limot ko`proq "savdo" bilan bog`liq bo`lsa, itali-
yaliklarda u ko`proq "pul", "chaqa" shaklida namoyon bo`lgan. Germaniyada 
merkantilizm komeralistika shaklida bo`lib, XIX asr boshlarigacha rasmiy iqti-
sodiy doktrina edi. 
Ammo, merkantilizmning iqtisodiy g`oyalari va uning nazariy asosi 
Angliyada ishlab chiqildi. O`z davri uchun bu ta'limot ancha ijobiy voqea 
bo`ldi. 
Merkantilizmning nazariy va siyosiy siyosat sifatida milliy xarakterda 
ekanligi o`zining asosiga ega edi. Kapitalizmning tez rivoji faqat millik 
ramkalarda mumkin edi va ko`p hollarda davlat hokimiyatiga bog`liq bo`lgan, 
chunki davlat kapital jamg`arilishiga yordam bergan va shu bilan xo`jalik 
o`sishini ta'minlagan. Merkantilistlarning qarashlari shu davrdagi iqtisodiy 
rivojning haqiqiy qonuniyat va talablarini izhor etgan. Nima uchun "boylik", 
ya'ni iste'mol qilinayotgan va jamlanayotgan boyliklar (ya'ni iste'mol 
qiymatlari) bir mamlakatda boshqasinikidan tezroq o`sadi? 
Korxona va ayniqsa davlat miqyosida boylik tezroq ko`payishi uchun 
nima qilish mumkin va zarur? degan savol tug`iladi. Merkantilistlar shu savolga 
javob berishga urindilar. 
Davr taqozosi tufayli sanoat hali feodalistik, aniqrog`i kapitalizmgacha 
bo`lgan shaklda edi va sanoat kapitali hali yetakchi emas edi, asosiy kapital 
savdoda to`plandi. Shu davrda Ost-Indiya, Afrika va boshqa koloniyalarning 
asosiy maqsadlari savdo bilan bog`liq edi. "Milliy boylikka" asosan va ko`proq 
savdo kapitali sifatida qaralgan va asosiy iqtisodiy kategoriya - almashuv 
qiymatiga katta e'tibor berilgan. 
Arastu, Ibn Xaldun va boshqa olimlarga tegishli bo`lgan ekvivalent 
(teng) almashuv tamoyili merkantilistlarga yot edi. Aksincha, ularning fikricha 
almashuv tabiatan tengsiz noekvivalentdir. Bu g`oyaning kelib chiqishi tarixan 
bo`lib, ular almashuv deganda birinchi navbatda tashqi savdo almashuvini 
tushunishgan, ayniqsa rivojda ortda qolgan xalqlar va mustamlakalardagi al-
mashuv oldindan teng bo`lmagan. 
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, boshqa yo`nalish (Arastu), O`rta asrd-
agi tadqiqotchilardan farqli ravishda merkantilistlar qiymatning mehnat nazari-
yasini rivojlantirmadilar. Ularning fikricha, kapitalning o`sishi va jamg`arilishi 
almashuv tufayli, ayniqsa tashqi savdo tufayli ro`y beradi, lekin ular ko`p ma-
salalarni to`g`ri hal etishga intilganlar. 
Merkantilizm bu davrda xalq manfaatlaridan yiroq siyosatni olib 
borayotganligi ochiqdan-ochiq ma'lum bo`lib qoldi. 


91 
Ba'zi bir ingliz mualliflari, masalan J.Chayld, U.Teml boshqacha yo`l, 
ya'ni ssuda kapitali miqdori (foiz)ni kamaytirishni taklif etgan. Merkantilistlarn-
ing g`oyalari burjua siyosiy iqtisodining avvalgi davr qarashlarini aks ettiradi, 
chunki ular asosiy e'tiborni muomala sohasiga qaratgan edilar (boylik asosan 
ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladi, buni keyinroq ko`ramiz). Merkantilizm 
turli davlatlarda asosiy sohalarda bir xil namoyon bo`lsa ham o`ziga xos milliy 
xususiyatlarga ham ega. 
Kapitalistik ishlab chiqarishga imkoni boricha ko`proq aholini jalb etish 
muhim deb hisoblangan, chunki real ish haqi past bo`lgan sharoitda foyda 
kelishi oshadi va kapital jamg`arilishi tezlashadi. 
Pul tizimini tartibga solish, bu borada davlatning rolini oshirish 
qo`llangan. Ayrim mutaxassislar, T.Mann chetga nodir metallar chiqarishga 
ruxsat berish tarafdori edi. Uning fikricha, dehqon hosil olish uchun yerga don 
sepishi kerak bo`lgani kabi, savdogar ham chetga pul olib chiqishi va unga chet 
el tovarlarini sotib olishi, uni ko`plab olib kelib, yana qaytadan sotishi va yangi 
qo`shimcha pul ishlab, millatga foyda keltirishi kerak. Mamlakat quyidagi 
xalqaro almashuv yo`llari bilan foyda olishi mumkin: tovarlar, xizmatlar, nodir 
metallar eksporti yoki investitsiya shaklida kapital importi (chet eldagi kapital 
foydasi shaklida ham bo`lishi mumkin). Davlat sarflari quyidagicha: tovarlar 
importi, yashirin import, nodir metallar importi va chet el aktivlar shaklidagi 
kapital eksporti. Odatda bu ikki holat teng bo`ladi. Ammo, merkantilistlar shu 
yo`l bilan foyda olish mumkinligiga ishonganlar, bu xato fikrdir (quyida 
ko`riladi). 
Merkantilizm ta'limot sifatida ham, iqtisodiy siyosatdagi yo`nalish sifat-
ida ham turlicha edi: eskirayotgan feodal munosabatlarga qarama-qarshi va 
yangi burjuaziyani qo`llash orqali o`z davri uchun progressiv bo`lgan ilk 
kapitalizmning shakllanishiga yaxshi imkoniyat yaratdi. Ammo, Fransiyada 
Ludovik XIV ("Davlat bu men" degan) va Kolber tomonidan manufakturalarni 
ko`paytirish usuli milliy sanoatni rivojlantirish uchun emas, absolutizmni mus-
tahkamlash, qirol xonadonining sarf-xarajatlarini qoplashga qaratildi. Germani-
yadagi kameralistlar ham mavjud hokimiyatni qo`llash, aholini esa ularga 
so`zsiz bo`ysundirishga harakat qildilar. 
Merkantilizm bilan birga siyosiy iqtisod tushunchasi ham kirib keldi. Bu 
tushuncha fransiyalik Antuan Monkretyen Syer de Vattevil tomonidan kiritildi 
(1565-1621). U 1615 yilda "Siyosiy iqtisod traktati" kitobini yozdi. Bundagi 
asosiy g`oya - "ko`p sotishu, kam sotib olish". Olim o`z g`oyalari bo`yicha faol 
merkantilist edi. 
"Siyosiy iqtisod" tushunchasi va shu nomli fan XX asrning 90-
yillarigacha yashab keldi, ayniqsa sobiq sotsialistik deb atalgan mamlakatlarda 
bu nom mashhur edi, chunki davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini 
qonuniyat darajasiga ko`targan edi. G’arbda XIX asr oxirida (A.Marshall) bu 


92 
ibora "ekonomiks" shaklida qo`llanila boshlangan (bu haqda quyida gap 
boradi). 
Angliyada qishloq xo`jaligi va sanoatda kapitalistik o`zgarishlar erta 
amalga oshgan va bunga merkantilizm ham yordam bergan bo`lsa, Fransiyada 
ahvol o`zgacha edi. Fransiyada yangi merkantilizm siyosati (Ludovik XIV) 
hukumat a'zosi (moliya nazoratchisi va dengiz ishlari vaziri) Jan Batist Kolber 
(1619-1683) tomonidan keng olib borildi (bu siyosat kolbertizm deb ataladi). 
Bu davlatda feodal munosabatlar (ayniqsa mayda dehqonchilik) keng tarqalgani 
uchun Kolber asosiy e'tiborni sanoatga qaratdi va agrar sohani deyarli e'tiborga 
olmadi. Masalan, chetdan qishloq xo`jaligi mahsulotlari keltirish qo`llangan, 
chiqarish esa cheklangan, don narxi davlat tomonidan past ushlab turilgan. 
Bu siyosat va sanoat birinchi o`ringa qo`yiladi va ayniqsa qishloq 
xo`jaligining pasayishiga olib keldi, bu esa noroziliklarga sabbab bo`ldi. 
Shunday haqiqatga yaqin rivoyat borki, unga ko`ra ishbilarmonlar Kolberga 
shikoyat qilishgan, shunda u "nima istaysizlar" deb so`raganda fransuzcha 
"laisser faier" (qilishga ruxsat bering, ya'ni o`z-o`zidan davom etaversin) degan 
ekanlar. 
Bu ibora hozirgi davrda ham sof erkin iqtisodiyot prinsiplarini, birinchi 
navbatda, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligini talab etadi (liberalizatsiya, 
lesseferr). 
Merkantilizmning yana bir shakli kameralistika (lotinchada-xazina) 
bo`lib, ayniqsa, Germaniyada keng tarqalgan. Bu g`oya tarafdorlari yirik 
feodallar xo`jaliklarini boshqarish masalasini yuqori qo`yadilar va buni idora 
doirasida hal qiladilar. 
Demak, yangi ta'limot bo`yicha iqtisodiyotda davlat roli birinchi o`ringa 
qo`yiladi. Amalda esa turli-tuman farmon, farmoyish, qonunlar yuzaga erkin 
raqobatga yo`l berilmas edi. Hunarmandchilik bo`yicha sex tizimi, 
feodallarning imtiyozlarini himoya qiluvchi qoidalar saqlab qolindi (tenglik 
yo`q). Bu tizim Fransiyada XVIII asr oxirigacha, Angliyada XIX asr 
boshlarigacha saqlab kelindi. 
Merkantilizm bozor iqtisodiyotining birinchi ta'limoti edi. Bu ta'limot 
barcha mamlakatlarda tarixan progressiv xarakterga ega. Merkantilistlar 
birinchi marta boylik sifatida iste'mol qiymatini emas, balki almashuv qiymatini 
qabul qildilar. Ular qiymatni va demak boylikni pul bilan tenglashtirib, oddiy til 
bilan aytganda qo`pol, sodda shaklda bozor-kapitalistik iqtisodiyotning siri, 
uning almashuv qiymatiga to`la tobe' ekanligini ochib qo`ydilar. 
Xullas, merkantilistlar qiymatning mehnat nazariyasidan ancha uzoqda 
edilar. 
Merkantilizm 
(proteksionizm) 
siyosati 
kapitalning 
dastlabki 
jamg`arilishini va demak, feodalizmdan kapitalizmga o`tishni tezlashtirdi. 


93 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling