102
IKKINCHI QISM
KLASSIK MAKTABNING IQTISODIY TA'LIMOTLARI
Mehnat, mehnatning tagi rohat.
Maqol
6-BOB. ANGLIYA VA FRANSIYADA KLASSIK IQTISODIY
MAKTABNING VUJUDGA KELISHI (1-bosqich)
XVII-XVIII asrlarda G’arbiy Yevropada
sanoatning tez rivojlanishi
manufaktura davrasidagi (tashqi savdo rivojiga to`siq) proteksionizm siyosati
va (tadbirkorlik tashabbusini bo`g`uvchi) davlatning
iqtisodiy homiyligiga
muhtojlik yo`qoldi. Angliyadagi XVIII asr o`rtalaridagi sanoat inqilobi
jamoatchilik dikqatini savdodan industriyaga jalb etdi.
Ishlab chiqarish
tadbirkorlarni daromad olishning asosiy manbayi sifatida yanada ko`proq
qiziqtira boshladi. Avvaldan ma'lum inqilobiy g`oyalar amaliy talablarga javob
bermay qoldi. Iqtisodiy erkinlashtirish konsepsiyasi yangi g`oyaning asosi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: