Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
XULOSA Milliy iqtisodiy tafakkurning shakllanishida Markaziy Osiyodagi donishmandlarning hamda, xalq og`zaki ijodi namunalarining ahamiyati shubhasiz muhim o`rin tutadi. Bunday g`oyalar shakllanishining asosini 64 "Avesto" dagi tarixiy boy manba tashkil etadi. Keyingi bosqichni esa islom ta'limotining O`rta Osiyoga yoyilishi bilan bog`lash mumkin. Jumladan, Markaziy Osiyodagi iqtisodiy g`oyalarning ravnaq topishida Burhoniddin al- Marg`inoniyning "Hidoya" asaridagi iqtisodiy fikrlardir. Keyingi bosqichda esa, IX-X-asrdagi iqtisodiy g`oyalar rivojida muhim hissa qo`shgan qomusiy allomalar Farobiy, Ibn Sino, Beruniy hamda Yusuf Xos Hojibning fikr va qarashlari muhim hisoblanadi. Umuman olganda o`sha davrdagi iqtisodiy g`oyalarning xususiyatlariga quyidagilar kiritish mumkin: 1. Iqtisodiy qarashlar fikrlar va g`oyalar asosan faylasuflar, diniy arboblar tomonidan bayon etilgan. 2. Nazariy tadqiqotlar esa cheklangan tor, sodda yondashuvlar asosida umumlashtirilgan. 3. Takror ishlab chiqarish jarayonida natural xo`jalik munosabatlarining ustunligi egallagan. 4. Ekstensiv takror ishlab chiqarishning ustunvorligi davom etgan. 5. Qo`shimcha mahsulot yaratishning vosita usul va shakllarini ijtimoiy hayotga tadbiq etish ta'mirlangan. Xalq og`zaki ijodida esa mehnat taqsimotining o`rni mol-mulkning ko`payishi uchun asos bo`lib xizmat qilishi ta'kidlangan. Donishmandlarning iqtisodiy g`oyalarida esa, zamonaviy dun-yoqarashning umumbashariy mezonlari qayd etilgan. Shuningdek, mulkdorlikning yuksak ma'naviyat bilan uyg`unlashishi zarurligi bayon etilgan. Hayotga, mehnatga, mulkka hamda yerga bo`lgan munosabatning umumbashariy mezonlarga asoslanishiga undaydi. Har bir shaxs va oila farovonligi jamiyat va davlat kuchli va qudratli bo`lishiga zamin yaratishi asoslanadi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling