Iqtisodiy ta'limotlar


Xalq og`zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

3.3.Xalq og`zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar 
O`zbek 
xalqi 
iqtisodiy 
taffakkurining 
rivojlanishida 
muhim 
manbalardan biri - xalq og`zaki ijodi namunalari hisoblanadi. Bu namunalar 
jumlasiga dostonlar, xalq maqollari va qo`shiqlar kiradi. Tarixiy merosimizning 
noyob yodgorliklaridan biri Alpomish dostonidir. Bu doston shakllanganiga 
ming yildan ortiqroq bo`lganligini dalillar tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham 
Alpomish dostonining ming yilligi Respublikamizda 2000 yilda keng 
nishonlandi. Asarning badiiy ahamiyatidan tashqari iqtisodiy qarashlar ham 
muhim o`rin tutadi. Alpomish dostonidagi iqtisodiy munosabatlar tarkibini 
quyidagicha guruhlash mumkin: 
1.Islom ta'limoti asosidagi iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlarni 
negizini zakot va juz'ya to`lovlari bilan bog`liq masalalar tashkil etadi. Ya'ni, 
Qo`ng`irot elida hukmronlik qilgan Alpomishning otasi Boybo`ri bilan uning 
akasi Boysaribiyning zakot to`lovi bo`yicha nizolardir.


53 
2.Mehnat taqsimotining rivojlanganlik darajasi. Dostondan ko`rinadiki, 
o`sha davrga kelib chorvachilik tarmog`i Qo`ng`irot elining ixtisoslashuvining 
ko`rsatkichidir. 
3.Tovar-pul va moliya tizimi munosabatlari. Dostonda keltirilishicha 
qo`ng`irotliliklarning tovar-pul munosabatlarida natura to`lovlari ustuvorligi 
namoyon bo`ladi. qalmiqlar davlatida esa daromad va harajatlarni tartibga 
solish muxrdor lavozimi orqali yuritiladi. Muhrdor daromad va harajatlar 
bo`yicha hisob kitoblar qilishda oqsoqollar tomonidan yig`ib topshiriladigan 
soliq va yig`imlarga tayanadi. Bu mamlakatda 500 ta oqsoqollik lavozimi joriy 
etilgan. Ularning maoshi to`plangan soliqlardan bir qismini tashkil etadi. 
Sipohiylar uchun esa 500 pul birligi miqdorida maosh tayinlangan. Muomala 
uchun ishlatiladigan pul birliklari qo`shni mamlakatlardagi zarb qilingan oltin 
va kumushlar ekanligi to`g`risida ma'lumotlar berilgan. Soliqlarning manbayi 
bir tomondar yer solig`i bo`lsa, ikkinchi tomondan esa savdo karvonlari va 
ichki bozordan olinadigan yig`imlar hisoblanadi.
Umuman olganda, xalq og`zaki ijodidagi asarlar millat tarixidagi 
iqtisodiy munosabatlarni bayon etishda muhim manbalardan biri hisoblanadi. 
O`zbek xalqining maqollari ham iqtisodiy aqidalarning tarkibiy qismini tashkil 
etadi. Demak, milliy iqtisodiy taffakkurning umuminsoniy qadriyatlar bilan 
uyg`unligini ta'minlashda xalq og`zaki ijodi namunalaridan foydalanish muhim 
ahamiyatga ega.

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling