Iqtisodiy ta'limotlar


Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

3.4. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib 
asarlaridagi iqtisodiy g`oyalar mohiyati 
 
X-XII asrlarga kelib O`rta Osiyo ilg`or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi 
yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda feodal davlat markazlashgan va 
eng rivojlangan pallaga kirdi. O`rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog`lovchi 
yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan 
minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o`rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlarni shakllantirdi. 
Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Farg`oniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, 
Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa 
ko`plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida 
iqtisodiy g`oyalar ham o`z aksini topgan. Sharq renessansi 
davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari 
sirlarini bayon etganlar. Ularning asarlaridagi umumbashariy 
iqtisodiy taffakkur bugungi kunda ham dolzarbligi bilan muhim 
o`rin tutadi. 
Ibn Sino (980-1037)ning fikricha: "Hayvon tabiat 
ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u 
Abu Ali Ibn Sino 


54 
ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne'matlarini 
o`zlashtirib oladi, odam esa o`z mehnati bilan o`ziga ovqat, kiyim, joy yaratadi. 
Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug`ullanishi 
kerak". 
Yusuf Xos Hojib "odamga foydasi tegmaydigan odam - o`lik, essiz 
o`tgan umr emas, essiz sarflangan mehnat", deydi (1069 y. "qutadg`u bilik" 
asarini yaratgan). 
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo ilg`or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi 
yirik markazlardan biriga aylandi. Bu davrda mazkur hududdagi davlat 
markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. Buyuk ipak yo`li, Tinch okeani 
atrofidagi mamlakatlar (Yaponiya, Xitoy, Koreya) ni Vizantiya va G’arbiy 
Yevropa bilan chambarchas bog`lar edi. Bu esa karvon yo`li orqali minglab 
odamlar, ot-ulovlar, turli-tuman tovarlarning qarama qarshi harakatini, 
almashuvini vujudga keltirdi. O`rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog`lovchi 
yirik moddiy-madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan 
minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o`rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Yevropadagi tovarlarga 
bo`lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, 
uzoq va xatarli yo`lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni tog`u toshlardan , 
qum cho`llardan olib o`tish osonmidi, buning uchun ma'lum qoidalarga, 
amallarga tayanib ish ko`rish kerak bo`ldi. Yevropaga qancha va qaysi 
tovarlarni olib borish, u yerdan nima olib qaytish, karvon yo`lidagi davlatlar, 
xalqlar talab-ehtiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, 
matematika (al-jabr), geometriya (handasa), astronomiya (falakiyot ) va boshqa 
ko`pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , 
Farg`oniy, Ibn Sino, Ibn Ro`shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa 
ko`plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy 
g`oyalar ham o`z aksini topgan. Sharq uyg`onishi davridagi olimlar shu 
davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko`plari hozirgi 
kunda ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda. 
Ana shundan kelib chiqib dastlab 873-950 yillarda yashab ijod etgan 
Abu Nosir Ibn Muhammad Forobiy haqida fikr yuritamiz. 
Bo`lajak buyuk olim Aris daryosi Sirdaryoga qo`yiladigan joyda Shosh-
hozirgi Toshkentdan 200-260 km. shimoli-g’arbda joylashgan Forob (O`tror) 
degan joyda tug`ilgan. U Forobda o`qigan, Shoshda bo`lgan, Buxoro va 
Samarqandda ta'lim olgan. Arab xalifaligining markazi-Bog`dodda o`qishi 
davom ettirgan, umrining oxirgi yillarida Xalabda, so`ngra Damashqda 
yashagan va shu yerda vafot etgan.
Forobiy O`rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning qariyib 
barcha sohalarini o`z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan qomusiy olim 
sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga yetdiki, uni 


55 
Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- "Muallimas -Soniy" - "Ikkinchi 
muallim" deb atay boshladilar. 
Olimning ayniqsa "Fozil odamlar shahri" asari diqqatga sazovar bo`lib, 
unda mamlakatni boshqarish, hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan 
bog`liq bo`lgan muhim g`oyalar keltiriladi. Shuni ham ta'kidlab o`tish kerakki, 
Forobiy o`z ustozi Arastu g`oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni 
to`ldirishga harakat qiladi, jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlarning 
ahamiyati haqidagi ta'limotni yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo`lgan 
"Ehtiyoj" ni ta'riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va 
mehnat qurollari o`rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, "mehnat taqsimoti" masalalari 
mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Mehnat taqsimoti tufayli ishlab 
chiqarish rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, ishlovchilarning kasb-mahorati 
ortadi, texnik moslamalar kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya'ni o`z davrida 
hamma ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo`lgan holatdan, har bir 
operatsiyani maxsus kishilarga bo`lib berish afzalligi ko`rsatiladi ("qushni 
so`ysa ham, qassob so`ysin"). Mehnat taqsimoti to`g`risidagi g`oya taniqli 
iqtisodchi Adam Smit ta'limotining (XVIII asr) asosidir. 
Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to`g`risidagi g`oyalari 
nihoyatda ahamiyatlidir, o`zaro yordam va do`stlikning zarurligi ko`rsatiladi. 
Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa mulk, noz-ne'matlarni to`g`ri 
taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu g`oyalari rivojlantirilib, avvalo yer va 
joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o`rinlari, so`ngra nihoyatda 
zarur hisoblanuvchi oziq-ovqat, ekin ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy 
uylarning miqdori hisobga olinishi kerakligi ko`rsatiladi. 
Fozillar shahri hokimining fazilatlari haqidagi fikrlar nihoyatda 
qimmatlidir. Forobiy tadqiqotlarining yana bir muhim jihati shuki, u ko`p 
(yunon, arab va b.) tillarni bilgan, boshqa olim asarlarini tahlil etgan, 
sharhlagan va izohlagan.
Tarixda shunday voqea bo`lib o`tganligi qayd etiladi. Qomusiy olim Ibn 
Sino Arastuning "Metafizika" asarini 40 marta o`qib ham tushuna olmagan 
ekan. U surunkali mutaoladan charchagan , bozor aylanishni ixtiyor etadi. 
Baxtli tasodifni qarangki, bozordan xarid qilgan kitobi Forobiyning Arastu 
asariga yozgan sharhlari ekan. Ibn Sino kitobni bir marta o`qib chiqishdayoq 
Arastuning "Metafizika" asari mohiyatiga to`la tushunib yetadi.
Donishmand hikmatlarida insonning kasb-hunar, san'atdagi fazilatlari 
har doim ham tug`ma bo`lavermasligi, ko`pincha ular mehnat mashaqqati va 
iroda yo`li bilan ro`yobga chiqishi qayd etiladi. Shubhasiz, bu ikki qobiliyat 
o`zaro uyg`unlashganda rivojlanish bo`ladi. 
Forobiy fikricha , baxtga erishish maqsadida o`zaro yordam bergan xalq 
fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-biriga 


56 
yordam berishsa, butun yer yuzi fazilatli bo`ladi. O`ylashimizcha, yangi asr 
bo`sag`asida turgan deyarli barcha davlatlar ham shu to`xtamga kelmoqdalar. 
"Kim rahbar bo`la oladi?",degan savol bundan ming yillar avval ham 
buyuk donishmandlarni qiziqtirgan ekan. Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy 
"Fozil odamlar shahri" nomli asarida bo`lajak rahbarlarning asosiy fazilatlari 
to`g`risida oqilona mushohada yuritgan. 
Bu fikrlar hozirgi davrda ham nihoyatda dolzarbligi tufayli ularni keng 
ommaga yetkazishimiz o`rinli bo`ladi. Ana shu fazilatlarning mantiqiy ketma-
ketligi ham diqqatga sazovordir. Birinchi navbatda rahbar "avvalo to`rt muchasi 
sog`-salomat bo`lib, o`ziga yuklangan vazifalarni bajarishda biror a'zosidagi 
nuqson xalal bermasligi lozim, aksincha, u salomatligi tufayli bu vazifalarni 
oson bajarishi lozim". Naqadar to`g`ri fikr. Darhaqiqat, nosog`lom odamdan 
samarali ish kutish amri mahol. Keyingi fazilatlar ham nihoyatda qimmatlidir. 
Rahbar "tabiatan nozik farosatli bo`lib, suhbatdoshining so`zlarini, fikrlarini tez 
tushunib, tez ilg`ab olishi, ish sohasida umumiy ahvol qandayligini ravshan 
tasavvur qila olishi zarur". Uchinchidan, "u anglagan, ko`rgan, eshitgan, idrok 
etgan narsalarni xotirasida to`la-to`kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlarini 
unutmasligi zarur". To`rtinchidan, rahbarning "zehni o`tkir, zukko bo`lib, har 
qanday narsaning bilinar-bilinmas alomatlarini va u alomatlar nimani 
anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur". Beshinchidan, "u fikrini ravshan 
tushuntira olish maqsadida chiroyli so`zlar bilan ifodalay olishi zarur". Gap bu 
yerda tilni yaxshi bilish, notiqlik san'ati haqida bormoqda. Keyingi muhim 
fazilat shuki, rahbar "ustozlardan ta'lim olishga, bilim, ma'rifatga havasli 
bo`lishi, o`qish, o`rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning 
mashaqqatidan qochmaydigan bo`lishi zarur". Ayniqsa, hozirgi zamon rahbari 
uchun nihoyatda kerakli fazilat, chunki kelajak ilm-fan rivoji bilan chambarchas 
bog`liq. Endigi davrda chalasavod rahbarlar mamlakatni xarob qilishi aniq. 
Keyingi fazilat iymon, ahloq odob, to`g`rilik bilan bog`liq. "Taom yeyishda, 
ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o`zini tiya 
oladigan bo`lishi, (qimor yoki boshqa) o`yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq 
bo`lishi zarur" degan nihoyatda muhim fikr beriladi. Sir emaski, keyingi 
paytlarda bunday illatlar keng tarqalmoqda. 
Rahbarning oldiga qo`yiladigan muhim shart shuki, "u haq va haqiqatni, 
odil va haqgo`y odamlarni sevadigan, yolg`onni va yolg`onchilarni yomon 
ko`radigan 
bo`lishi 
zarur". 
Bunda 
ko`pgina 
rahbarlarga 
tekkan 
kasallaganbordorlik, ko`zbo`yamachilik illatlarining oldi olinadi. Har bir rahbar 
"o`z qadrini biluvchi va nomus-oriyatli odam bo`lishi, pastkashliklardan yuqori 
turuvchi, tug`ma oliyhimmat bo`lishi, ulug`, oliy ishlarga intilishi zarur". 
Ayniqsa "bu dunyo mollariga, dinor va dirhamlarga qiziqmaydigan (mol-dunyo 
ketidan quvmaydigan ) bo`lishi zarur". Bu fazilatga ega bo`lish ancha mushkul, 
chunki respublikamizda rahbar bo`lib olgach, osmono`par dang`illama binolar 


57 
qurish, minglab odamlarni to`plab bir necha kun to`y berish, qo`sha-qo`sha 
mashina, xotin olish faktlari namoyon bo`lmoqda, muhimi bu topilgan dunyo 
odatda harom yo`llar bilan bo`lganligi aniqlanadi. Bunday rahbarlarni 
hokimiyat ostonasiga yaqinlashtirmaslik kerak.
Haqiqiy rahbar, albatta, "tabiatan adolatparvar bo`lib, odil odamlarni 
sevadigan, istibdod va jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon ko`ruvchi, 
o`z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani adolatga 
chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va 
o`zi suygan go`zalliklarni ravo ko`ruvchi bo`lishi zarur. O`zi haq ish oldida 
o`jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga 
murosasiz bo`lishi zarur". Naqadar qimmatli fazilatlar shodasi! Hozirgi rahbar 
bu fikrlarga amal qilgandagina unga bildirilgan ishonchni oqlay oladi. qomusiy 
olim Abu Nasr Forobiy tomonidan rahbar oldiga qo`yiladigan navbatdagi 
fazilatda "o`zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlarni amalga oshirishda 
qat'iyatli, savodli, jur'atli, jasur bo`lishi, qo`rqoqlik va hadiksirashlarga yo`l 
qo`ymasligi zarur", deb ko`rsatiladi.
Yuqorida sanab o`tilgan 12 fazilatning barchasi bir odamda jamlanishi 
qiyin ekanligi ta'kidlanadi, "zero, bunda tug`ma fazilatlar sohibi bo`lgan 
odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir". Bunday hollarda aytilgan 
xislatlardan 6tasi yoki 5tasi kamol topsa ham, "u aql va zakovatda benazirligi 
tufayli fozilllar shahriga rahbarlik qila oladi". 
Yaxshi rahbar u yoki bu sababga ko`ra ishdan ketsa (kasallik, o`lim...), 
uning o`rniga kelgan inson yana 6 ta fazilatga ega bo`lishi kerak. Bular 
donishmandlik, avvalgi o`rnatilgan odil qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi 
saqlab qolish va ularga amal qilish uchun quvvai hofizaga ega bo`lishi kerak . 
Agar shunday qonunlar qolmagan bo`lsa, " bunday qonunni o`ylab topish uchun 
ijod, ixtiyor qilish quvvatiga ega bo`lishi kerak. Amaldagi haqiqiy ahvolni tez 
payqab olish va kelgusida ro`y beradigan, avvalgi rahbarlar ko`zda tutmagan 
voqealarni ko`ra bilishi uchun bashoratgo`ylik xislatiga ega bo`lish talab etiladi. 
Bu xislat unga xalq farovonligini yaxshilash yo`lida kerak bo`ladi". 
Hozirgi davr tili bilan aytganda, iqtisodiyotda prognoz, istiqbolni ko`ra 
bilish haqida gap bormoqda. Avvalgi rahbarlar o`rnatgan qonunlarga, 
shuningdek, avvvalgilardan o`rnak, isbot olib o`zi to`qib chiqargan qonunlarga 
xalq amal qilishi uchun qizg`in so`zlash notiqlik xislatiga ega bo`lish kerakligi 
ko`rsatiladi. 
Zarur hollarda harbiy ishlarga mohirona rahbarlik qilish uchun yetarli 
jismoniy quvvatga ega bo`lish talab etiladi. Ham jang qilishni, ham sarkarda 
sifatida jangu jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san'atni yaxshi bilish 
kerakligi uqtiriladi. 
Mabodo, shu xislatlarning barchasini o`zida jamlagan odam topilmasa, 
lekin 2 kishi birgalashib, shu xislatlarga ega bo`lishsa (ya'ni bir donishmand, 2-


58 
qolgan hislatlar sohibi bo`lsa), shu ikkovini fozillar shahriga rahbarlikka 
qo`yish zarur. Demak, olim tomonidan amalda uchraydigan barcha holatlar 
e'tiborga olingan holda rahbar tanlash yo`l-yo`riqlari berilgan. 
Albatta, bo`lajak rahbar shu xislatlarga egami-yo`qmi ekanligi qanday 
aniqlanadi, degan savol tug`iladi. Buni har bir insonning umr-hayoti, avvalgi 
yillardagi faoliyati, xalq hukmiga havola etilayotgan dasturi, yaqin kishilarning 
bergan tafsilotlari orqali bilib olish va eng maqbul nomzodni qo`llab-quvvatlash 
kerak.
Ibn Sino talqinidagi iqtisodiy qarashlar. Ibn Sino (980-1037) tomonidan 
nihoyatda katta ilmiy meros qoldirilgan, u yozgan asarlarning soni 280 dan 
ortiq. Shulardan 40 tadan ortig`i tibbiyotga oid, 30 ga yaqin risola turli tabiiy 
fanlarga, 3 risola musiqaga, 185 risola falsafaga, mantiq, psixologiya, teologiya, 
axloq, boshqa ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan. Lekin bizgacha 
uning faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. Olimni hurmatlab, "Shayx urrais" 
deb ataganlar. 
Olimning tibbiyotga oid asarlarida iqtisodiyot bilan bog`liq muhim 
g`oyalar ilgari suriladi. Inson sog`lig`ining ichki va tashqi muhitga bevosita 
bog`liqligi, ayniqsa ovqatlanish, turmush sharoiti katta ahamiyat kasb etishi 
ko`rsatiladi. Iqtisodiyot fanida muhim bo`lgan kategoriya "ehtiyoj" ni ta'riflab, 
moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollarinining o`rnini 
aniqlab beradi. Uning asarlarida "mehnat taqsimoti"ga katta e'tibor qaratiladi, 
taqsimot tufayli unumdorlik oshuvi va mahsulot sifati yaxshilanishi isbotlab 
berilgan. G’arbiy Yevropada faqat 1776 yilda Adam Smit bu masalaga alohida 
diqqatni jalb etadi. 
Ibn Sinoning fikricha: "Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, 
odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-
joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne'matlarini o`zlashtirib oladi, odam esa o`z 
mehnati bilan o`ziga ovqat, kiyim, turar joy yaratadi. Shu maqsadda inson 
dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug`ullanishi kerak". Olim asarlarida 
fozil davlat to`g`risidagi g`oyalar rivojlantirilib, o`zaro yordam do`stlik va 
hamkorlikka katta o`rin beriladi. 
Olim nazariy va amaliy ilmlarni ajratib ko`rsatadi, nazariy ishlarni inson 
faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan narsalar to`g`risidagi haqiqiy ilmlar deb 
ta'riflaydi. 
Amaliy ilmlarning obyekti inson faoliyatidir. Nazariy ilmlarning 
haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar esa yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. 
Bunda insonning axloqiy fazilatlari muhim o`rinni egallaydi. U insonlarning 
kundalik foydali amaliy ishlarini ulug`laydi, axloqiy munosabatlarda kamtarlik, 
izzat-hurmat, jasurlik, ayniqsa to`g`rilik, sofdillik kabi hulqiy qoidalarga 
alohida e'tibor beradi. Bu xususiyatlar iqtisodiyotda inson omili to`g`risidagi 
g`oyaga mos keladi. Iqtisodiyot rivojlanishining obyektiv qonun-qoidalariga 


59 
amal qilib, inson o`z baxtini o`zi yarata oladi. Yaxshi xulq va iqtisodiyot 
o`rtasida bevosita bog`liqlik borligini "Uy-joy tutish tadbiri" asarida ko`rsatib 
beradi. Bu risolada u ayollarning o`n yetti xislatini sanab ko`rsatadi. Bularga 
dastlab ayol oqil va e'tiqodli, yoqimtoy, o`z eriga mehru-muhabbat qo`ygan, 
farzand ko`ra oladigan, ezma bo`lmagan, itoatkor, dili pok, bexarxasha, pokiza, 
vazmin va o`zini tutib olgan jiddiy va ulug`vor, har bir xatti- harakatida 
o`zining yaxshi xislatlari bilan ajralib turadigan va eng muhimi, erining birini 
ikki qiladigan-tejamkor, og`ir damlarda unga malham bo`la oladigan mushfiqu 
mehribon bo`lishi kerak. 
Ibn Sino oddiy musulmon sifatida xudo borliliga to`la ishonadi, lekin 
dunyoda odamlarning ishi faqat toat-ibodat qilish, ro`za tutish, qur'on 
o`qishdangina iborat emas, balki ularning fan, ma'rifat bayrog`ini ko`tarib, 
foydali (savobli) ishlar qilishlari ulug`lanadi. U bilimlarni egallasa, 
o`shandagina haqiqiy musulmon bo`la oladi, deb ta'kidlaydi. 
Mustaqillik sharofati tufayli biz bobimizni yana qaytadin kashf 
qilmoqdamiz, uning ilmiy merosi har tomonlama chuqur o`rganilmoqda va 
keng xalq ommasiga yetkazilyapti. 
Musulmon huquqshunosligida tovarning iste'mol qiymati tan olingan, 
tovarning qiymati bilan so`ralayotgan baho (bozor narxi) farqlangan. Yirik din 
peshvosi Bahouddin Naqshbandning "Dil ba yoru, dast ba kor", ya'ni "dil yor 
(Alloh) bilan, qo`l ish bilan (band bo`lsin)" degan tezisi o`sha davr uchun 
muhim edi, chunki ilgari xudoga faqat e'tiqod qilishning o`zi kifoya, deb 
bilingan. Nizomulmulk (1018-1092) "Siyosatnoma" asarida hukmdorlar, 
amirlar, amaldorlar va qozilarning mansabni suiiste'mol qilishini, soliqlarning 
og`irligi, davlat mablag`larini saqlash va sarflashda hisob-kitob zarurligini qayd 
etgan. Saljuqiylar davlati arbobi sifatida iqto'ni tanqid qilgan. Iqto' - o`rta 
asrlarda O`rta Sharq, shu jumladan O`rta Osiyoda hukmdor tomonidan ayrim 
shaxslarga katta xizmatlari evaziga in'om qilingan chek yer (Temuriylar 
davlatida suyurg`ol). 
XIII asrning boshidan XIV asrning 70-yillarigacha bo`lgan davr bu 
mo`g`ullar istilosi davri bo`lib, ko`p sohalarda orqaga qaytish (regress) bo`ldi. 
Ammo, bosqinchilar mahalliy xalq urf-odati, madaniyati, tili, dinini, xo`jalik 
tarzini qabul qilishga va ular bilan aralashib ketishga majbur bo`ldilar. Shu 
davrda boj, bojxona, bojxona solig`i yuzaga keldi. Hozirgi ruscha "tamojnya" 
so`zi aslida mo`g`ulcha, keyinchalik turkchadagi "tamg`a" so`zidan olinganligi 
ma'lum.
Beruniyning iqtisodiy g`oyalari. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon 
Beruniy (973-1048) 150 dan ortiq asar yaratgan bo`lib, ularda mehnat 
boylikning asosi ekanligi to`g`risidagi g`oya asosiydir. Uning ko`pgina fikr va 
qarashlari bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo`qotmagan. 


60 
Olim 
yashagan 
davrdagi 
munosabatlar, 
ishlab 
chiqarishning 
yuksalganligi, savdo-sotiqning rivojlanishi, sug`orish inshooatlarining ishga 
tushirilishi ana shu davr uchun xos edi. 
Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo`lishi va uni 
qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg`unlashib ketadi. 
Uning fikriga ko`ra, kishilar o`z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan 
holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-tuman va ko`p 
bo`lganligi uchun insonlar birlashgan holda turar joy va shaharlar yaratishga 
intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo bo`lishini ham 
ehtiyoj tufayli deb o`ylagan. Eng muhim g`oya shuki, barcha qimmatli narsalar 
inson mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-
ajdodlarining kim bo`lganligi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy 
mahorati bilan belgilanadi. Har bir davrning urf-odatlari o`ziga xos bo`ladi va 
inson ahli ularga rioya qilmog`i darkordir, aks holda nizom va bir xillik 
yo`qolsa, tartib ham yo`q bo`ladi, deb uqtiradi buyuk donishmand.
Olimning fikrlariga tayanib shunday muhim xulosa chiqarish mumkinki, 
inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo halol mehnati 
bilan ulug`lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir. 
Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va hunar o`rgan-moq 
uchun mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib 
boradigan jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har qaysisi alohida 
talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini ko`rsatib berdi. Binokor, ko`mir 
qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini og`ir mehnat deb biladi. Ilm, 
ma'rifat zag`matkashlari mehnatiga ta'rif berish, ilm olish, o`qish eng kerakli 
mehnat ekanligini isbotlaydi. Shunga ko`ra olimlarning mehnatini qadrlash turli 
ilmlar ko`payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne'matlar 
uchun bo`lgan harakatlarda, mehnatda deb biladi. 
Qul mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati usutunligi 
isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning 
xohish-irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga qarshi bo`lgan, chunki 
bunday mehnat samarasi pastdir. Meros bo`lib avloddan avlodga o`tib 
keladigan hunarlar yuqori baholangan. 
Beruniy og`ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya'ni konda ishlovchilar, yer 
ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to`g`risida, ularga berilishi kerak bo`lgan 
imtiyozlar va ish haqi haqida "Minerologiya" asarida keng mulohaza yuritadi. 
Ayniqsa, ochiq va yer ostidagi kon ishlariga alohida e'tibor beriladi, yer osti 
konlarini mustahkamlash (falokat oldini olish uchun), yer osti suvlarini chiqarib 
tashlash, olingan rudani yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan 
foydalanish tavsiya etiladi. Kon atrofida konchilar qishlog`ini barpo etish 
zarurligi ko`rsatiladi. 


61 
Yer osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, 
ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og`ir 
ishlarni bajarish maxsus maktab, ularda ta'lim-tarbiya berish asosida yo`lga 
qo`yilmog`i kerak,deydi olim. Xuddi shu o`rinda Beruniy ilm ahllari, olimlar, 
tarbiyachilarning mehnati jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida 
uqtiradi. Beruniy ustalarning ahvoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari 
borasida ham qimmatli g`oyalarni ilgari suradi, ish haqi miqdori samaradorlik 
bilan bevosita bog`lanadi. 
Olimning yozishicha: "Basrada billurdan idish-tovoq va boshqa narsalar 
yasaydilar. Ish joyida belgilab-o`lchab beruvchi usta bo`lib, uning oldida 
billurning mayda va katta bo`lakchalari to`plangan. U ana shulardan chiroyli va 
keraklisini olib, undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni o`ylab o`lchab 
belgilab chiqadi. Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi 
usta aytganidek qilib buyumlarni yasay boshlaydi. Olim shu yerda mehnat 
taqsimoti va uning ahamiyatini ko`rsatadi. 
Olim va mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan 
rag`banlantirib turish foydali ekanligi alohida ta'kidlanadi. Bu aslini olganda 
manfaatdorlik tamoyilining xuddi o`zidir. Uningcha, ayniqsa, yerga ishlov 
berib, rizq-ro`z yaratuvchilarga mehribon bo`lish kerakligi ko`rsatiladi. Ana shu 
g`amxo`rlik oqibatida yerga yaxshi ishlov beriladi va yer hosildor bo`ladi, 
moddiy ne'matlar yaratiladi, ishlovchi va jamiyat manfaatlari bab-baravar 
himoya qilinadi (bu fikr XVIII asrda Adam Smit tomonidan to`laroq isbotlab 
berilgan). Moddiy ne'matlar esa tiriklik asosi. 
Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam bo`ladi, deydi olim 
(bu yerda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko`tariladi). Agar 
kishilar to`q bo`lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning vazifasi yuqori 
tabaqalar bilan quyi tabaqalar o`rtasida haqiqatni, kuchli bilan kuchsiz o`rtasida 
tenglikni o`rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiriyligi, 
ozodligi, erkinligi kishilar o`rtasida hulq-atvor, hurmat-e'tibor uchun muhim va 
zarurdir. Bozor iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri bu tanlash va 
tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan. 
Yusuf Xos Hojib. Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonna-vis Yusuf 
Xos Hojib 1020 yili qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan biri 
Bolasog`unda tug`ildi(olamdan o`tgan yili noma'lum). Bo`lajak mutafakkir o`z 
davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlarni 
puxta egallaydi.
U 1069-1070 yillar orasida "Qutadg`u bilig"(qutga, ya'ni baxt saodatga 
erishtiruvchi bilim)asarini turk tilida yozib, qoraxoniylar hukmdori 
Tabg`ochxon Bug`roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga "Xos Hojib" (eshik 
og`asi ) degan martabani in'om etadi. Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan 
davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi 


62 
ma'muriy- xo`jalik hamda ma'rifat, obodonchilik, moddiy-ma'naviy va boshqa 
adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o`rganish, kasb-hunar 
egallash, xalq g`amini yeyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi. 
Bizgacha donishmandning faqat bir asari yetib kelgan, ammo bu asarda 
shunday durdonalar to`planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo`q. Asar 13 ming 
misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson 
tafakkurining barcha jabhalari bo`yicha so`z yuritiladi va nihoyatda qimmatli 
fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g`oyalar o`z davri uchun ham, hozirgi 
davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. 
Ayniqsa, iqtisodiyot masalalari bo`yicha davlat va raiyat munosabatlari 
sinchiklab o`rganilgan. Asar 18 oy- bir yarim yilda yozib tugallangan 
(Bolasog`unda boshlangan va qashqarda nihoyalangan) bo`lsa ham, uni yaratish 
uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko`rilgan. Donishmand fikricha, ezgu 
orzularga faqat toat-ibodat bilangina yetishib bo`lmaydi. Buning uchun talay 
ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat ko`rsatish kerak, degan fikrni ilgari suradi. 
Borliq haqidagi bilimlarga to`qnashib, odam bilishi mumkin bo`lmagan 
narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yo`q, bilim tufayli osmon sari ham 
yo`l ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o`rganish lozim, deb uqtiradi.
Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy ta'limotga ko`ra (XVIII asr), 
mamlakatni iqtisodiy bo`hrondan chiqarish uchun 3 narsa:
1.Tinchlik-osoyishtalik; 
2.Me'yoridagi soliqlar va 
3.Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi. Ana shu g`oya 
aslida bizning mutafakkir tomonidan yetti asr avval bayon etilgan. 
Xalq, raiyat (soliq to`lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani 
kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: 1) pulning qadrini ko`tarish yoki 
(ushlab turish); 2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta'minlovchi qonunlarni joriy 
etish va; 3) yo`llarni o`g`ri-qaroqchilardan muhofaza qilish. Shoh esa 
fuqarolardan so-liqni vaqtida to`lashni (hozirgi kunda ham nihoyatda dolzarb), 
chiqargan farmon qonunlarini bajarish hamda do`stiga do`st, dushmanga 
dushman bo`lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko`rinib turibdiki, bunda jamiyat va 
siyosiy hokimiyat o`zaro mutanosib bo`lishi zarurligi g`oyasi aniq ifoda etiladi. 
Pulning qadrli bo`lishi haqidagi g`oya, aslini olganda inflasiya 
muammosi bilan chambarchas bog`liq, baholarning mo`'tadilligi ham ta'min 
etiladi. U o`z navbatida inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi valuta 
masalalariga borib taqaladi. 
Xususiy mulk huquqini ta'minlash bozor munosabatlarining bosh 
unsuridir, mulkka egallik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jahon rivoji 
asosida isbotlangan va hozirgi davrda respublikamizda ham jadallik bilan 
amalga oshirilmoqda. Davlat, umumxalq mulkiga ommoviy o`tishning salbiy 
oqibatlarini sobiq sho`rolar davrida boshimizdan kechirganmiz. 


63 
Yo`llarni o`g`rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi savdo 
(eksport-import)ni ta'minlash va qo`llab-quvvatlashning o`zginasidir. Bu yerda 
savdoning xalq xo`jaligi uchun ustuvor ahamiyati to`g`risida gap yuritiladi. 
Hozirgi davrda bu g`oyalar mustaqil O`zbekiston iqtisodiy siyosatining 
asosini tashkil etadi. Bu g`oyalarning amaliy ahamiyati ayniqsa Sohibqiron 
Amir Temur faoliyatida yorqin namoyon bo`lgan. 
Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag`al tabaqalar 
ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi tabaqa 
vakillarini ularga nisbatan mehr shafqatli, insof-adolatli, marhamatli bo`lishiga, 
ayni paytda raiyatni hokimlarga bo`ysunuvchi, sadoqatli bo`lishiga chaqiradi. 
Mana shunday kelishtirish yo`li bilan osoyishta hayotga erishishga umid 
bildiriladi (bu esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir). 
Kitobdagi g`oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo`l keladi. Unda mulk 
tutishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, 
molu-mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab- yashnashi va uning xarob 
bo`lish belgilari berilgan. 
Mutafakkir ayniqsa kasb-hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. 
"Bir yigitga qirq hunar oz" bobi xuddi shu masalaga bag`ishlangan. 
Vazir, qo`mondon, elchi va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari 
diqqatga sazovordir. Masalan, "Vazir ko`zining to`q bo`lishi uni har xil mol-
mulk oldida suqlanishdan asraydi. Ko`zi och odam bor olamni yesa ham 
to`ymaydi", deydi olim. 
Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy mehnatkash ahli to`g`risida nodir 
fikrlar bildiriladi. "Bular bilan yaqin bo`lgin hamisha, to tomoq tashvishin 
bilmasdan yasha", deb aytiladi. 
Ayniqsa, bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e'tibor 
beriladi. "Odamzod naslining ulug`ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne 
tugunlarni yechishga qodir", deb yozadi alloma. 
Aql-idrok egalarining nafi har doim ko`pchilikka tegib turadi. Bilim 
egalari esa elda aziz bo`ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o`quv-idrok bilan 
amalga oshadi. Barcha murakkab ishlar bilish bilan hal etiladi. Ko`rinib 
turibdiki, 
yurtimizda 
iqtisodiy 
rivojlanish 
bo`yicha 
tanlangan 
o`z 
yo`nalishimizda ham yoshlarning bilim olishiga, jahon xalqlari tajribasini 
o`rganishga keng imkoniyatlar yaratilayotir. Bu tanlangan yo`limizning 
to`g`riligidan dalolat beradi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling