Iqtisodiy ta'limotlar
Iqtisodiy islohotlarning milliy
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
22.3. Iqtisodiy islohotlarning milliy
modeli va yangi asr strategiyasi Xalqaro mezonlar va demokratik talablarga to`liq javob beradigan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bo`limi (Jamiyat va shaxs), XII bobida (Jamiyatning iqtisodiy negizlari) gi 53-moddasida: "Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarining huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va haqiqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin" - deb belgilangan. Ushbu modda iqtisodiy munosabatlarning huquqiy kafolatlarini bayon etadi va barcha iqtisodiy islohotlar tizimiga asos bo`lib xizmat qiladi. Albatta, konstitutsiyamizning hamda halqimizning o`ziga xos xususiyatlari va ilg`or jahon tajribalarini uyg`unlikda mujassamlashtirilgan - dunyoda "o`zbek modeli" deb e'tirof etilgan iqtisodiy islohotlar modelining asosiy muallifi I.Karimov inson-islohot uchun emas, islohot inson uchun xizmat qilish kerak, deb ta'kidlagan mezon muhim hisoblanadi. 360 Islohotlarning "o`zbek modeli" nimalarga asoslanadi degan savolga quyidagicha javob berish mumkin: ·bozor iqtisodiyoti va demokratiya tamoyillariga asoslanadigan jamiyatni barpo etish; ·SSSR parchalangandan keyingi O`zbekistonning haqiqiy holati; ·xalqning mentaliteti va tarixiy an'analarga islohotlarni amalga oshirishning u yoki bu sur'atlariga aholining tayyorlik darajasi; ·"Shok terapiyasi" dan voz kechish. Demak, islohotlardan asosiy maqsad - yurtimizning yanada rivojlanishi, xalqimizning farovonligi, jahon hamjamiyatidan o`zimizga munosib o`rin egallashdan iborat. XXI asr boshida O`zbekiston taraqqiyotining I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan strategiyasida quyidagi muhim ustuvor yo`nalishlar mavjud. Bular: 1.Iqtisodiyotning izchil o`sishi va samaradorligini oshirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish asosida xalq turmush darajasining barqaror va uzluksiz yaxshilanib borishini ta'minlash hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalashga alohida e'tibor qaratish ko`zda tutilgan. Bunda besh yil davomida ish haqining eng kam miqdorini 3,5 barovar oshirish va aholi jon boshiga to`g`ri keladigan o`rtacha daromadini 1,8-2,0 barovar ko`paytirish kerak bo`ladi. 2.Siyosiy va iqtisodiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatdor va qarama-qarshi kuchlar o`rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli mexanizmni shakllantirish zarur. Xususan, iqtisodiy sohani yanada erkinlashtirish maqsadida davlat boshqaruv rolini chegaralash, xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mul-kdorlarning mavqeyi va huquqlarini mustahkamlash, kichik va o`rta biznes rivojlanishiga har tomonlama ko`mak berish hamda bozor infratuzilmasini keng rivojlantirish lozim. 3.Shaxsiy manfaatlarni mamlakat, xalq manfaatlari bilan uyg`un holda ko`radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash asosida jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish lozim. 4.Har qanday muammolarni amaliy yechishga qodir bo`lgan kadrlar salohiyatini tayyorlashga erishish kerak. Chunki mamlakatning buyuk kelajagi bugungi zamonaviy fikr yuritadigan, o`z xalqi va Vatani manfaati g`oyalari adolatli avlod kelishiga bog`liq. 5.Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish maqsadlari quyidagilarda ifodalanadi: ·iqtisodiyotning xomashyoviy bir tomonlama rivojlanishiga chek qo`yish; ·iste'molga tayyor tugallangan ishlab chiqarishga o`tish; ·importga qaramlikni cheklash; 361 ·eksport salohiyatini oshirish; ·istiqbolli sohalarga ustuvorlik berish, barqaror o`sish; ·mehnat resurslarining oqilona foydalanilishini ta'minlash; ·milliy bozorni ichki ishlab chiqarish hisobiga to`ldirish va aholi talablarini to`laroq qondirish. 6.Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimizning dahlsizligini, mamlakatimiz hududiy yahlitligini ta'minlashdan iborat. Ushbu yo`nalishlarda belgilangan vazifalar mamlakatimiz salohiyatining qisqa muddatlarda yuqori darajada rivojlanishini ta'minlashga imkon berdi. Shuning uchun ham 2005-2010 yillarda iqtisodiy salohiyatda erishilishi ko`zda tutilgan tarkibiy o`zgarishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: ·qishloq xo`jaligini yangi texnika bilan ta'minlash, qishloq xo`jaligi va unga bog`liq bo`lgan sohalarning iqtisodiy munosabatlarini takomillashtirish; ·iqtisodiyotning yuqori samarali, eksportga yo`naltirilgan tuzilmasini shaklllantirish; ·iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirish; ·yngil va qayta ishlash sanoati korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish; ·yuqori texnologiya va ilm talab ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish; Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi islohotlarning yaqin muddatdagi yo`nalishlari quyidagilarga qaratilishni ko`zda tutadi: ·budjetli tartibga solish darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish hamda, budjet mablag`lari ishlatilishi samaradorligini oshirish. Bunda YAIM ning budjet orqali qayta taqsimlanishini 40-42%dan 25-28%ga tushirish, bu bilan tovar ishlab chiqaruvchilarga soliq to`lovlari kamayishiga erishadi, ijtimoiy talab ortadi. ·iste'molga ketadigan daromad emas, ko`chmas mulk, zebi-ziynat va qimmatbaho tovar va xizmatlar soliqqa tortilishi lozim, foydalanadigan resurslar (yr, suv, ko`chmas mulk) ga soliq oshirishgani holda, birlamchi tarmoqlar, boshlang`ich texnologik sikldagi soliqlarni kamaytirish; ·iqtisodiyotning real sektoridagi moliyaviy vaziyatni sog`lamlashtirish uchun davlatning antimonopol va narx tartiblashtirish faoliyatini oshirish, to`lovlar bo`yicha inqirozlarni yumshatish, baho disparitetiga barham berish; ·raqobatda afzallikka ega bo`lgan qayta ishlash sanoati korxonalarining iqtisodiy o`sish ustuvorliklarini aniqlash orqali mamlakat eksport samaradorligini oshirish; ·milliy valuta almashuv kursi barqarorligiga erishish. Mamlakatning O`rta muddatli istiqbolida (2000-2005 yillar) sanoatning qo`shimcha o`sish sur'atlari yiliga 8-9%ni qishloq xo`jalik mahsulotlari ishi 362 o`sish sur'ati 7-8%ni, xizmat ko`rsatish sohasida 7-9%ni tashkil chilishi kutilmoqda. Binobarin, yengil sanoat oziq-ovqat, kimyo sanoati, to’qimachilik va qishloq xo`jalik texnikasi ishlab chiqarishning jadal sur'atlar bilan rivojlanishi muhim o`rin tutadi. Yangi asr stategiyasida YAIMning 4-5% o`sishning ta'minlovchi import o`rnini ta'minlovchi rivojlanish o`ringa iqtisodiyotning eksportga yo`naltirilgan tuzilmasini shakllantirishga e'tiborni kuchaytirish kerak bo`ladi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling