Iqtisodiy ta'limotlar


Senior, Bastiya, Keri va boshqalarning iqtisodiy ta'limotlari


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

 
9.4. Senior, Bastiya, Keri va boshqalarning iqtisodiy ta'limotlari 
Klassik maktab g`oyalarini boyitishga Angliyada N.Senior, Fransiyada 
F.Bastia, AQSHda G.Keri, Germaniyada tarixiy maktab namoyandalari katta 
hissa qo`shdilar. Bular ichida N.Senior alohida o`rin egallaydi. 
Nassau Vilyam Senior (1790-1864) Londondagi mashhur Oksford 
universitetining siyosiy iqtisod kafedrasi professori, "tiyilish" va "so`nggi soat" 
nazariyalarining muallifi sifatida mashhur bo`ldi. 
N.Senior g`oyalari "Siyosiy iqtisod fani ocherklari" (1836) va "Fabrika 
qonunchiligi to`g`risidagi xatlar"da bayon etilgan. 
U o`zining qiymat nazariyasida qiymatni baho bilan bir narsa deb 
hisoblaydi va qiymat talab bilan taklifga bog`liq, deydi. U mehnat 
(ishchilarning "qurboni") bilan bir qatorda kapitalistning "tiyilishi"ni ham 
qiymatning manbayi deb e'lon qiladi. 
"Tiyilish" nazariyasi. Bu nazariyada N.Senior kapitalni kapitalistning 
berayotgan "qurboni" deb hisobladi. Uning ta'kidlashicha kapitalist o`z 
kapitalini ishlab chiqarish sohasiga qo`yganda (investitsiya) o`zining shaxsiy 
iste'molidan go`yo ma'lum davr "tiyilib" turadi, mehnat esa o`z navbatida 
ishchining dam olish va tinchlik evaziga qilgan "qurboni" deb qabul qilinadi. 
Shuning uchun ish haqi va foyda kapitalist va ishchi bergan tegishli "qurbonlar" 
uchun bab-baravar mukofot emish. N.Senior Rikardoning qiymatni ish vaqti 
bilan belgilashiga qarshi chiqadi, uningcha foyda kapitalistning "mehnati"dan, 
foiz esa uning sabr-qanoatidan hosil bo`lishini kashf qildi. 
N.Seniorning yana bir "kashfiyoti" uning "so`nggi soat" nazariyasidir. 
Sanoat to`ntarilishi va mashinalarning kirib kelishiga qaramasdan, ishchilarning 
ish soatlari nihoyatda yuqori bo`lib, shu sababli XIX-asrning 30 yillarida 
Angliyada 10 soatlik ish kuni uchun kurash kuchayib ketdi. N.Senior esa o`sha 
davrda mavjud bo`lgan 11.5 soatlik ish kunini qisqartirishning "ilojsizligini" 
nazariy jihatdan asoslashga urinib, shu ish kunining 10.5 soatida sarflangan 
kapitalning qiymati yangidan vujudga keladi, faqat oxirgi bir soatidagina foyda 
yaratiladi, deb uqtirdi. Shu sababli ish kunini 10 soatgacha qisqartirish 


180 
foydaning yo`q bo`lib ketishiga, bu bilan birga esa ishlab chiqarishni 
rivojlantirishga har qanday qiziqishning yo`q bo`lib ketishiga olib borgan bo`lar 
edi, deb da'vo qildi. Bu bilan u sohibkorlarni ochiqdan-ochiq himoya qiladi.
XIX asrning 40-50 yillarida fransuz va xalqaro ishbilarmonlar orasida 
F.Bastianing (1801-1850) nomi va uning iqtisodiy qarashlari keng ommalashdi. 
U boy fransuz ishbilarmoni oilasida tug`ildi. Bastiya 40-yillari bir qancha 
pamfletlar chiqarib, ularda erkin savdo foydasiga proteksionizmni inkor 
etuvchi, vino ishlab chiqaruvchilar manfaatini himoya qiluvchi, sotsialistik 
g`oyalarga qarshi bo`lgan qarashlarni faol targ`ib etdi. Bu pamfletlar g`oyasi 
mazmun jihatdan original bo`lmasada, yorqin yozilish shakli bilan ajralib 
turadi. 
F.Bastianing eng asosiy g`oyasi jamiyatdagi ijtimoiy antagonizmning 
mavjudligini inkor etishdir. Uningcha, o`sha davrdagi jamiyat dunyodagi "eng 
go`zal, mukammal, mustahkam butunjahon assotsia-siyalaridandir. Barcha 
qonuniy manfaatlar uyg`unlashgandir". F.Bastia 1850 yilda "Iqtisodiy 
garmoniyalar" kitobini chop etdi. Unda u garmoniya (uyg`unlik)ning asosini 
almashuv va sof, hech narsa bilan cheklanmagan raqobatda ko`radi. F.Bastia 
o`z g`oyasini isbotlashda Seyning fikridan foydalangan bo`lib, xizmatlar 
nazariyasi bunga mos keladi, ya'ni almashuv, xarid - savdo o`zaro teng 
"xizmatlar"ni almashish demakdir. Sey bo`yicha bu "xizmatlar" nafaqat 
odamlar, balki buyumlar va tabiat kuchlari tomonidan ko`rsatilsa ham, Bastia 
jamiyat hayotining qanday sohasida bo`lmasin, faqat shaxsiy xizmatlarni ustun 
qo`yadi. "Xizmat" deganda ishlab chiqarish davomida real mehnat sarfinigina 
emas, balki shu xizmatdan foyda keltiruvchi har qanday harakat, faoliyat va 
kuch tushuniladi. Bundan shu narsa aniq bo`lib qoladiki, qimmat yaratishda 
ishlab chiqarishga faqat ishchilar emas, balki kapitalist va yer egalari ham katta 
"xizmat" ko`rsatadilar. Kapitalistning "xizmati" unga foiz olish imkoniyatini 
berishini F.Bastia shunday ko`radiki, kapitalist kapitalni avans yoki ssuda 
tarzida sarflab, iste'molni orqaga suradi va uni kapitalistning "qurboni" deb 
hisoblaydi. Bu yuqorida biz keltirgan Seniorning tiyilish nazariyasining o`zidir. 
"Tiyilish" so`zi o`rniga "orqaga surish" so`zi qo`yilgan, xolos. 
Mehnat va kapital o`rtasidagi uyg`unlik, ya'ni garmoniyani yanada 
to`laroq isbotlash maqsadida Bastia o`zining kapital jamg`arilishi "qonuni"ni 
yaratdi va unda Rikardoning foyda va ish haqining bir-biriga qarama-qarshi 
ekanligi to`g`risidagi ta'limotini inkor etishga harakat qildi. F.Bastianing bu 
"qonuni"ga ko`ra, mehnat va kapital manfaatlari oliy darajada hamohangdir. 
Oqibatda kapitalistning foydasi va ishchining maoshi bir vaqtda va bir 
miqdorda oshib boradi, hatto ishchilarning hissasi kapitalistlarnikidan tezroq 
o`sar ekan, demak, oqibatda kapitalistning foydasi nisbatan kamayadi. U bu 
fikrni isbotlashga urinib ham o`tirmaydi. Uningcha foyda normasi va 
kapitalistlarning milliy daromaddagi hissasi masalalarini qorishtirib yuborgan. 


181 
Foyda normasining pasayib borish tendensiyasi ishchilarni ekspluatatsiya 
qilishning kuchayishi bilan mos kelishi mumkin, demak kapitalistlarning milliy 
daromaddagi hissasi ham oshib borishini kutish mumkin. 
F.Bastia o`zining bu nazariyasi yordamida kapitalistlar va yer egalari 
o`rtasidagi qarama-qarshiliklarni hal etadi. U yer rentasini yer egasining yoki 
uning ota-bobolarining shu yerni ishlash va yaxshilash xizmati uchun berilgan 
mukofot deb hisoblaydi. Shunday qilib kapital va yer egaligi o`rtasidagi 
uyg`unlik shu bilan hal etiladiki, yer rentasi yerga qo`yilgan kapital foizining 
bir ko`rinishiga aylantiriladi. Bunday izohlash yer rentasining iqtisodiy 
kategoriya sifatidagi xususiyatini inkor etadi, uning foydadan hech qanday farqi 
qolmaydi. Ishlanmagan yerlardan olinadigan renta umuman bu sxemaga mos 
kelmaydi. 
Demak, Bastianing izohi bo`yicha o`sha davrdagi burjua jamiyati turli 
sinflar o`rtasidagi o`z xizmatlari bilan almashib turuvchi "uyg`unlashgan 
hamkorlik" jamiyati tarzida namoyon bo`ladi. Iqtisodiy erkinlik bu xizmatlar 
almashuvining ekvivalentligining garovi hisoblanadi, chunki bu erkinlik 
nomutanosib harakatlarning oldini oladi. Proteksionizmni cheklanmagan erkin 
raqobat bilan almashtirish esa sotsialistlarning jamiyatni mukammalroq 
iqtisodiy jamiyatga aylantirish to`g`risidagi chaqiriqlariga qarama-qarshi 
qo`yiladi. 
1775-85 yillardagi mustaqillik uchun Shimoliy Amerika va Angliya 
o`rtasidagi kurashda qozonilgan g`alaba tufayli AQSH davlati vujudga keldi. 
Hokimiyat tepasiga yangi sinf - burjuaziya o`tirdi. AQSH burjuaziyasi ingliz 
burjuaziyasidan anchagina farq qilar edi. AQSHdagi hukmron sinf 1865 
yilgacha qullikni saqlab qoldi va ingliz siyosiy iqtisodiga zid ravishda o`z 
siyosiy iqtisodini yaratishga tayyor edi. Biroq AQSHda siyosiy iqtisod klassik 
asosda vujudga kelmadi. Buning sababi shuki, XIX asrning 20-30 yillarida 
AQSHda kapitalizmning nisbatan tez rivojlanishi ishchilar harakatining 
vujudga kelishiga va tez o`sishiga olib keldi. 
Ayni vaqtda ish tashlashlar bo`lib turdi. Siyosiy kurashning 
keskinlashuvi vulgar siyosiy iqtisod uchun zamin yaratdi. Bundan tashqari 
klassik siyosiy iqtisod AQSHda qulchilikning saqlanib qolishini tanqid qilar 
edi. Shu sababli AQSHda yuzaga kela boshlagan iqtisodiy fikr klassik makta-
bga qarshi chiqdi. Bu g`oyalar Genri Charl'z Keri (1793-1879) tadqiqotlarida 
o`z aksini topdi. 
Yirik noshirning o`g`li bo`lgan G.Keri kommersiya sohasida katta 
yutuqlarga erishdi. Boyib olgach, yirik fabrikantga aylandi va iqtisodiy 
tadqiqotlarga kirishdi. U bir qancha iqtisodiy asarlar muallifi edi. 
1837-40 yillarda uning "Siyosiy iqtisod prinsiplari" va 1857-59 yillarda 
"Ijtimoiy fanlarning asoslari" nomli asarlari chop etildi. Bu asarning qisqacha 


182 
varianti 1865 yilda "Ijtimoiy fanlar uchun qo`llanma" nomi bilan chop etildi. 
Yuqorida eslangan F.Bastia shu amerikalik olimdan ilhomlandi. 
G.Ch.Keri ingliz siyosiy iqtisodiga keskin qarshi chiqib, AQSH kapital-
izmini madh etdi. Uning asosiy asari "Manfaatlar uyg`unligi" (1872) kitobidir. 
G.Kerining qarashlari Angliyaga qarshi ruhda edi. U Rikardoning ta'limoti va 
Maltus aqidalarini rad qildi. 
G.Kerining metodologiyasi subyektiv idealizm va mexanitsizm bilan 
obyektiv iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlariga almashtirish bilan xarakter-
lanadi. 
G.Keri hamma iqtisodiy kategoriyalarni ta'riflab berishga intildi. U 
qiymatni insonning tabiatga hukmronligi o`lchovi deb, predmetga ega bo`lish 
uchun bartaraf qilish zarur bo`lgan qarshi harakat deb ta'rif berdi. U narxni 
predmetning o`zini ayirboshlash evaziga pul olish qobiliyati deb hisobladi. 
Kapital odamlarning tabiat kuchlarini boshqarish imkoniyatini olishlarida 
yordam beradigan buyum yoki qurol deb tushundi. G.Keri D.Rikardoning yer 
rentasi nazariyasini tanqid qilib, uni yalpi kurash nazariyasi (ya'ni Rikardo shu 
nazariya yo`li bilan go`yo sinflar o`rtasida urushni avj oldirdi), deb hisobladi va 
Rikardoni "kommunizm otasi" deb, unga xuruj qildi. 
G.Kerining o`zi esa rentani yer egalarining mehnati uchun mukofot deb 
hisoblab, uni foiz bilan aynan bir narsa deb tushundi. Kerining iqtisodiy ta'limo-
tida burjua jamiyatida "barcha chin va haqiqiy manfaatlarining to`la-to`kis 
uyg`unligi" mavjudligini isbotlamoqchi bo`ldi. U taqsimot qonunini o`z nazari-
yasiga asos qilib oldi. G.Keri proletariat bilan burjuaziya manfaatlarining bir 
xilligini go`yo kapitalistik jamiyatda mehnat unumdorligi oshishi bilan ish haqi 
ham oshib boraveradi, shuning natijasida ishchi bilan kapitalistning iqtisodiy 
ahvolidagi tafovut asta-sekin kamayadi, degan qoida bilan asoslamoqchi bo`ldi. 
G.Keri kapitalistik jamiyatda aholining nisbiy ko`payishi va eksplu-
atatsiya kuchayishi faktlarini mutlaqo inkor qilib, ishchilar sinfi farovonligining 
oshib borishi texnika taraqqiyoti bilan bog`liq. 
XIX asrda Kerining qarashlari, uning antagonistik jamiyatdagi 
manfaatlar uyg`unligi nazariyasi ko`pchilikka ma'lum bo`lib, burjuaziya siyosiy 
iqtisodini Gegellashtirishga katta ta'sir ko`rsatdi. "Manfaatlar uyg`unligi" naz-
ariyasining asosiy qoidalarini hozirgi zamon siyosiy iqtisodi qaytadan ti-
klamoqda. 
G.Keri yuqorida biz bayon etgan kapitalistik munosabatlarning bekamu 
ko`stligi, sinfiy manfaatlarning hamohangligi va boshqa "uyg`unliklar" 
to`g`risida ko`p yozdi. Lekin uning g`oyalari Bastiadan biroz farq qiladi. Keri 
qullikni qo`lladi (bu davrda AQSHning janubida hali qul plantatsiyalari mavjud 
edi). Proteksionizm siyosati ham himoya qilindi, chunki AQSH hali yosh davlat 
sifatida sanoati pastligi tufayli unga muhtoj edi, chunki Angliya sanoati bilan 
ochiq raqobatda yengishi qiyin bo`lgan. Shular tufayli Smit va Rikardolarning 


183 
fritrederlik (erkin savdo) siyosati to`g`ri kelmay qoldi. Ayniqsa, Rikardoning 
burjua jamiyatidagi sinflar o`rtasidagi manfaatlarning qarama-qarshi ekanligi 
ko`pchilikka ma'qul bo`lmay qoldi. Kerining fikricha Rikardoning tuzumida 
dushmanlik ruhi bo`lib, millat, sinf, ijtimoiy guruhlar o`rtasida urush keltirib 
chiqaradi. Vaholanki, bu guruhlar o`rtasida bekamu ko`st uyg`unlik mavjud 
emish. 
Kerining "Manfaatlar uyg`unligi nazariyasi" asosida uning "taqsimot 
qonuni" yotadi, unga ko`ra mehnat unumdorligining o`sishi bilan ishchilar 
hissasi absolut va nisbiy jihatdan ussa, kapitalistlarniki esa aksincha pasayadi 
(tanish gaplar). Shunday yo`l bilan mehnat va kapital o`rtasidagi antagonizm 
yo`q qilinadi. Bunda yaxshi ma'lum tezis - unumli kapital g`oyasidan foydala-
niladi (unga ko`ra tadbirkor qonuniy foyda olishi kerak). 
G.Kerining g`oyasi bo`yicha tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga 
ketgan amaliy mehnat miqdori bilan emas, balki ma'lum sharoitda sarflangan 
ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi (bu fikr ham ilgari eslangan). Am-
mo, mehnat unumdorligining o`sishi bilan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun
shu jumladan ishlab chiqarish vositalariga sarf-harajatlar kamayadi. Bu esa, 
G.Keri bo`yicha kapitalning qimmati pasayishiga olib keladi. Ishlab chiqarish 
vositalari kapital bilan bir deb qaraladi. Oqibatda foiz ham, kapital egasi oladi-
gan mahsulot hissasi ham pasayadi, shunga mos ravishda mehnat qimmati va 
uning mahsulotdagi hissasi oshib boradi. 
Bu g`oyalarning hammasini qo`llash qiyin (bu haqda yuqorida ham ay-
tilgan), chunki foiz qiymatning bir qismi bo`lib, avvalgi mehnatga hech qanday 
aloqasi yo`q. Mehnat unumdorligining o`sishi ishchilarning tirikchilik vositalari 
qiymati pasayishi bilan bog`liq, bunda ishchi kuchi qiymati ham pasayadi, 
kapitalistning milliy daromaddagi hissasi esa oshib boradi. 
Keri kapitalist va yer egasi "manfaatlari uyg`unligi"ni isbotlab berishga 
intiladi. Bunda ham u Rikardoga qarshi chiqadi, ayniqsa, unumdorligi past yer-
larni ishga tushirishga mone'lik bildiradi. Keri Bastia kabi rentani aslida 
kapitalga foiz shakli sifatida qaraydi, dehqonchilik xususiyatlarini inkor etadi. 
Keri "millatlar uyg`unligi" haqida ham gapirib, jahon ishlab chiqarishini 
mahalliy markazlarga taqsimlash zarurligini aytadi, chunki bu yerlarda qishloq 
xo`jaligi va sanoat tabiiy holda uyg`unlashgan. Shularni hisobga olib, Keri 
Buyuk Britaniyaning sanoat va mustamlakachilik monopoliyasiga qat'iy qarshi 
chiqadi, boshqa davlatlarni agrar xom ashyo manbayiga aylantirish siyosatini 
inkor qiladi va shu maqsadda proteksionizmni keng qo`llash kerak, deydi. Shu-
nisi qiziqqi, burjuaziya manfaatlarini himoya qilib, gohida fritrederlik 
(F.Bastia), ba'zida proteksionizm (Ch.Keri) "uyg`unlik"ning doimiy sharti deb 
e'lon qilinaveradi. Nasriddin Afandi aytganidek: "Xohlang unisini, hohlang 
bunisini oling..." 


184 
XULOSA 
Klassik maktab rivojining bu bosqichi D.Rikardo, J.B.Sey, T.Maltus va 
boshqalarning g`oyalari muhimdir. 
Rikardo Smitdan keyin yashaganligi sababli fabrika ahamiyatini to`g`ri 
tushundi. Klassik g`oyalarni to`la qo`llagan holda, uning o`ziga xos fikrlari 
mavjud. Masalan, renta nazariyasi hozirgacha ahamiyatini yo`qotmagan. Uning 
mehnat taqsimoti va tashqi iqtisodiy aloqalar g`oyasi nisbiy afzallik prinsipiga 
asoslanadi. Savdoda fritrederlik qo`llab-quvvatlanadi, "Sey qonuni" ni ma'qul-
laydi. 
Bu davrdagi iqtisodiy qarashlarda J.B.Sey alohida o`rin egallaydi, uning 
"bozorlar qonuni" deyarli bir asr hukmronlik qildi, uning ishlab chiqarish uch 
asosiy omillari hozirgacha ahamiyatini yo`qotmagan. 
T.Maltusning "aholi nufuzi nazariyasi", arifmetik (tirikchilik ne'matlari 
o`sishi) va geometrik (aholi soni) progressiyalari, "tuproq unumdorligi pasayib 
borish qonuni" katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi. Maltusga xos xususiyat 
shuki, u inqirozlar bo`lishini tan oladi, ammo ular vaqtincha bo`lishini 
ko`rsatadi. 
Seniorning "tiyilish" va "so`nggi soat" nazariyalari sohibkorlar (kapital 
egalari) va mehnatkashlar o`rtasida hech qanday ziddiyat yo`q degan muam-
moni yechishga bag`ishlangan. Xuddi shunday fikrlar Fransuz Bastiya va 
amerikalik , Keriga tegishli, ular iqtisodiyotda to`liq garmoniya, uyg`unlik 
mavjud degan g`oyalarni ko`tarib chiqadilar. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling