Iqtisodiy ta'limotlar


Asosiy tushuncha va iboralar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

Asosiy tushuncha va iboralar 
Rikardo; nisbiy afzallik prinsipi; diferensial renta; fritrederlik; Sey, "bo-
zorlar qonuni", ishlab chiqarishning uch asosiy omili; foydalilik; Maltus; arif-
metik va geometrik progressiya; "aholi nufuzi nazariyasi"; tuproq unumdorligi 
pasayishi qonuni; inqirozlar; senior; tiyilish; so`nggi soat nazariyalari; Bastiya, 
Keri; iqtisodiy uyg`unlik. 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.D.Rikardoning asosiy asaridagi iqtisodiy g`oyalar nimadan iborat? 
2.Nima uchun Rikardo fabrika davrining mafkurachisi deb hisoblanadi. 
3.Nisbiy afzallik prinsipi nimani anglatadi? 
4."Proteksionizm" va "Fritrederlik" o`zaro nima bilan farq qiladi? 
5.J.B.Seyning asosiy qonuni nimani bildiradi? Izohlab bering. 
6.Sey fikricha inqirozlar bo`lishi mumkinmi? 
7.T.Maltus "aholi nufuzi nazariyasi"dagi asosiy g`oya nima? 


185 
8."Tuproq unumdorligi pasayib borish qonuni" oqibatlari qanday 
bo`lishi mumkin? 
9.Nima uchun "Uchinchi shaxslar nazariyasi" vujudga keldi? 
10. Seniorning "tiyilish" va "so`nggi soat" nazariyalari mohiyatini ochib
bering? 
11.Bastma va Kerining iqtisodiy uyg`unlik g`oyalarida qanday 
umumiyliklar bor? 


186 
Ko`rpangga qarab oyoq uzat.
Maqol. 
10-BOB. JEYMS MILL, J.MAK-KULLOX VA 
BOSHQALARNING IqTISODIY FOYALARI (4-bosqich) 
Angliyada klassik maktabni boshqa tarzda izohlovchilar orasida Jeyms 
Mill (1773-1836) muhim o`rinni egallaydi. Bu olimni Jon Stuart Mill o`g`li 
bilan adashtirib yubormaslik kerak, uning iqtisodiy g`oyalari ham quyida 
ko`riladi. 
"Rikardo maktabining tanazzuli, - deb yozgan edi K.Marks, - mana shu 
kimsadan boshlanadi". 
J.Mill qiymat, ish haqi va foydani o`ziga xos yo`l bilan talqin etdi. U 
ishchilarning ish haqini oshirish yo`lidagi iqtisodiy kurashi o`rinsizligini 
iqtisodiy jihatdan asoslamoqchi bo`ladi.
J.Mill kapitalistning foydasi bilan yollanma 
ishchining maoshi o`rtasidagi qarama-qarshilikni rad etib, 
yer rentasini tanqid qilgan edi. U Rikardoning renta 
to`g`risidagi nazariyasini davom ettirib, yer rentasining 
davlat tomonidan qo`shib olinishi, ya'ni haqiqatda yerni 
milliylashtirish (natsionalizatsiya) qilinishini talab qilib 
chiqdi (Sovet davrini eslang). J.Mill o`zining "Siyosiy 
iqtisod elementlari" (1821) asarida qiymatning mehnat 
nazariyasiga butunlay qarshi chiqdi va qiymatning 
manbayi sifatida faqatgina jonli mehnatni emas, balki 
ishlab chiqarish vositalarida mavjud bo`lgan mehnatni ham hisobga olishni 
talab qildi. Bu xulosaga asoslanib kapitalistlar va yollanma ishchilar o`rtasidagi 
ekspluatatsiya inkor qilinib, ularni "teng tovar egalari" sifatida qabul qilishni 
taklif qildi, bu esa ularning har biri ishlab chiqarilgan mahsulotning o`ziga 
tegishli foyda ulushini olishining to`g`ri ekanligini isbotlashga asos bo`ldi. 
London dorilfununining siyosiy iqtisod professori Jon Ramsey Mak-Kullox 
(1789-1864) ham klassik maktabning so`nggi nomoyondalaridan hisoblanadi. U 
"Siyosiy iqtisodning boshlanishi" (1825) kitobida qiymatning mehnat 
nazariyasini rasman tan olsa ham, ammo ishchigina emas, shamol ham, bug` 
ham, koks ham, mashina ham mehnat qiladi, degan g`oyani ilgari surdi. Bunga 
aosolanib u foyda qiymatning jamg`arilgan mehnat yoki kapital "ishi" tufayli 
yaratilgan qismidir, deb tushuntiradi. Merkantilistlar kabi u ham foyda 
ayirboshlash jarayonida vujudga keladi, deb da'vo qiladi. J.Mak-Kullox 
Maltusning "Aholi nufuzi" qonunini to`la quvvatladi. 
Agar avvalgi iqtisodchilar klassik maktabni turlicha sharhlashga intilgan 
bo`lsalar, XIX asrning 30-50 yillarida iqtisodchilar o`rtasida klassik maktabdan 
J.Mill 


187 
ochiqdan-ochiq aloqani uzishga intilish paydo bo`ldi. Bu davrda sanoat 
to`ntarilishi nihoyasiga yetdi, sinfiy differensiatsiya amalga oshdi. 
Sinfiy kurash keskinlashayotgan sharoitda (Angliyada chartizm, 
Fransiyada Lion to`quvchilarining qo`zg`oloni, 1848 yil inqilobi va boshqalar) 
hukmron sinflar uchun sotsialistlar tomonidan kapitalizmni tanqid qilish va 
ishchilarning 
ijtimoiy 
talablarini 
asoslab 
berish 
uchun 
ko`pincha 
foydalanadigan qiymatning mehnat nazariyasi, Rikardoning foyda, kapitalist va 
ishchilar ish haqining qarama-qarshiligi ta'limoti va boshqa g`oyalari katta xavf 
tug`dirar edi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling