Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

A.O.Kurno 1801 yilda Sharqiy Fransiyaning 
kichik Gre shahrida anchagina boy mayda burjua 
oilasida tug`ildi, yaxshi ma'lumot oldi, 1823-1833 
yillarda marshal Sen-Sir oilasida uning farzandiga 
tarbiyachi va marshal kotibi bo`lib xizmat qildi. Shu 
yillari u turli o`quv yurtlarida o`z malakasini oshirdi, 
bir qancha maqolalar yozdi. U 1829 yilda Parij 
universiteti tomonidan matematik ishlari uchun 
doktorlik darajasini oldi, ko`pgina olimlar, jumladan, 
taniqli Puasson bilan yaqindan tanishdi, uning 
yordamidan 
foydalandi. 
Bu 
olim 
ehtimollar 
nazariyasining falsafiy talqini bo`yicha buyuk ishlarni 
amalga oshirdi. Asosan matematika bilan shug`ullangan olim qanday qilib 
iqtisodiy masalalarga e'tibor bergan, degan jumboq haligacha yechilmagan. 
Ammo qomusiy bilimlarga ega bo`lgan Kurno, shubhasiz, Smit, Rikardo va 
A.O.Kurno


191 
ayniqsa, Seyning asarlari bilan tanish bo`lgan. Shular tufayli u matematikani 
iqtisodiyot bilan bog`lagan, degan fikr ham bor. 
Kurno o`z asarlarida ijtimoiy fanlarga aniq matematika tilini tadbiq 
etishga harakat qildi. U aslida bir yirik masalani har tomonlama to`liq ko`rib 
chiqdi; bu turli bozor munosabatlari sharoitida, ya'ni xaridor va sotuvchilar 
kuchi turlicha joylashtirilganda tovar bahosi va unga bo`lgan talabning o`zaro 
bog`lanishi to`g`risidagi masaladir. Talab va baho o`rtasidagi nisbat masalasi 
bilan shug`ullangan olim fanga talabning elastikligi (qayishqoqlik) to`g`risida 
muhim tushunchani birinchi bo`lib kiritdi. Hayotiy tajriba shuni ko`rsatadiki, 
mazkur tovar bahosi oshuvi bilan unga bo`lgan talab kamayadi, baho pasaysa, 
talab ortadi. Bu Kurnoning "talab qonuni" bo`lib, talab "D" harfi bilan, baho esa 
"r" xarfi bilan belgilanganda uning funksiyasi D q f (p) shaklida yoziladi. 
Kurno tadqiqotlarda birinchi bo`lib grafika metodi (usuli) ni qo`llagan. 
Bu grafika tovar sotilish hajmining uning bahosiga bog`liqligi ko`rsatiladi, ya'ni 
talab egri chiziqi paydo bo`ldi chizmaga qarang). 
Kurno shuni ham ta'kidlaydiki, turli tovarlar uchun bu bog`lanish 
turlicha bo`ladi. Uningcha, baholarning nisbatan uncha katta bo`lmagan 
o`zgarishlari tufayli talab ancha keskin o`zgarishi mumkin. Bu talabning yuqori 
elastiklik holatidir. Va aksincha, baholar o`zgarishi talabga kam ta'sir qiladigan 
holat talabning past elastikligidir. Bu oxirgi holat zeb-ziynat predmetlari va 
hatto eng kerakli mahsulotlarga ham tegishli bo`lishi mumkin. Masalan, skripka 
yoki astronomik teleskopning bahosi ikki hissa pasayganda, ularga bo`lgan 
talab deyarli o`zgarmaydi, chunki bu buyumlar tor doiradagi muxlislarga kerak 
va ularni bu buyumlarning bahosi uncha qiziqtirmaydi. Boshqa tomondan, 
o`tinning narxi ikki marta oshsa ham unga bo`lgan talab kam qisqaradi, chunki 
kish sovugida issik o`tirish uchun boshqa narsalardan voz kechiladi. Shunday 
qilib, talab funksiyasi turlicha bo`ladi va turli egri chiziqlar bilan ifodalanadi, 
lekin hunisi muhimki, bu funksiya uzluksizdir, ya'ni bahoning cheksiz kichik 
o`zgarishiga talabning cheksiz kichik o`zgarishi mos keladi. Bu iqtisodiy 
prinsip, ya'ni tamoyil bozor qanchalik keng va iste'molchilar orasidagi 
kombinatsiyalar soni qanchalik ko`p bo`lsa, shunchalik to`laqonli amalga 
oshadi. Ba'zi hollarni istisno qilganda, uzluksiz funksiyalarni differensiyalash 
mumkin. Kurno birinchi marta oliy matematika (matematik analiz)ni 
iqtisodiyotga bevosita qo`llash mumkinligini isbotlab berdi va bu favqulodda 
muhim va kelajagi bor bo`lgan talab va tovarning bahosi o`rtasidagi o`zaro 
bog`lanish misolida qarab chiqilgan. 
Mazkur tovarning ma'lum soni uchun umumiy tushum, ya'ni pul 
miqdori funksiyasi pChD yoki pChf(p) ko`paytma shaklida izohlanishi 
mumkin. Kurno bu funksiyani differensiyalaydi va uning maksimumini 
kidiradi, bunda har bir tovar ishlab chiqaruvchi "iqtisodiy odam" sifatida o`z 


192 
daromadining imkoni boricha yuqori bo`lishiga intiladi. Turli o`zgartirishlar 
orqali eng yuqori tushum (daromad)ga tegishli tovar bahosi topiladi. 
Bu baho talab funksiyasi ko`rinishiga, ya'ni uning elastiklik 
(egiluvchanlik) xarakteriga bog`liq. Ravshanki, har doim ham eng yuqori baho 
maksimum tushumni beravermaydi, bir qancha sinovlardan so`ng sotuvchi 
tomonidan belgilanadigan aniq bir baho tufayli eng katta daromad olinadi. 
Kurno o`z tahlilini eng oddiy holatdan boshlaydi, masalan, tabiiy monopoliyani 
oladi. Masalan, bir odam xususiyatlari bo`yicha juda noyob ma'danli suv 
chiqadigan buloqqa egalik qiladi, deylik. Suv egasi eng yuqori daromad olish 
uchun qanday bahoni qo`yishi kerak? Bu savolga javob berish uchun Kurno 
nisbatan ancha murakkab bo`lgan holatlarga o`tadi, yangi omillarni (ishlab 
chiqarish chiqimlari, raqobat va boshqa cheklashlar...) kiritadi. 
U duopoliya (2 ta raqobatchi monopoliya), soni cheklangan 
raqobatchilar va erkin raqobat (ko`pchilik) holatlarni tahlil qiladi. Shunday 
qilib, Kurno modelida XIX asrda ro`y bergan tarixiy taraqqiyot jarayonlarga 
teskari (aslida rivojlanish erkin raqobatdan monopoliyaga qarab borgan) 
holatlar qarab chiqilgan. 
Butun tahlilda yagona metod (uslub)dan foydalanilgan, bozor sharoitiga 
qarab talab funksiyasining ekstremal miqdorlari turli holatlarda aniqlanadi. Bu 
tadqiqotning matematik aniqligi va mantiqiyligi kuchli taassurot qoldiradi. Bu 
olimning asarlari va iqtisodiy g`oyalari o`z davrida to`liq tushunilmadi, 
ko`pchilik uchun u chet tili kabi notanish bo`ldi. 
Kurno konsepsiyasida mehnatning kapital tomonidan ekspluatatsiya 
qilinishi, inqirozlar va kapitalizmning boshqa illatlari inkor etiladi. U muomala 
sohasida vujudga keladigan baholarnigina tahlil etadi va ishlab chiqarish bilan 
hech qanday bog`lanmaydi. 
Deyarli Kurno bilan bir vaqtda (hatto undan sal oldin) nemis olimi 
Iogann Genrix fon Tyunen (1783-1850) boshqa iqtisodiy modelni yaratdi va 
Kurno g`oyalarini empirik (amaliy) material bilan to`ldirdi. U o`zi Shimoliy 
Germaniya yunkeri (pomeshshigi) sifatida qishloq xo`jaligi bilan bevosita 
shug`ullandi va o`zining iqtisodiy modelini taklif qildi. Uning modeli bo`yicha 
xo`jalik doira shaklida ifodalanib, markazida shahar (qishloq xo`jalik 
mahsulotlarining 
yakkayu-yagona 
iste'molchisi) 
va 
atrofida 
bir 
xil 
unumdorlikdagi tuprog`i bo`lgan yopiq hudud tushuniladi. Bu modelni tahlil 
etib u bir qancha muhim xulosalarni chiqardi: qishloq xo`jaligi turli 
tarmoqlarini samaradorligi pasayib boruvchi konsentrik doiralar bo`yicha 
joylashtirish optimal natijalar beradi. U o`z xo`jaligidagi harajatlar va natijalar 
bo`yicha nihoyatda yaxshi hisob-kitob ishlarini yo`lga qo`ydi. Tyunen, xususan, 
shahardan qaysi masofada yetishtirilgan mazkur bahodagi qishloq xo`jalik 
mahsulotiga transport harajatlari va ishlab chiqarishning norentabel bo`lishini 
hisoblab chiqdi. Agar Kurno kitoblari abstrakt matematik iqtisodiyotning 


193 
boshlanishi bo`lsa, Tyunenning hisob-kitoblari esa ekonometrika, ya'ni 
matematik ekonomikaning asosi hisoblanadi va statistik informatsiyani, faktik 
miqdorlarga asoslangan empirik modellar ishlab chiqishni o`z ichiga oladi. 
Tyunen yagona kitob yozgan bo`lib, unda 
davlatning qishloq xo`jaligi va milliy iqtisodga 
munosabati masalalari yoritiladi. bu asar ham o`z 
zamondoshlari tomonidan deyarli tan olinmadi, 
to`g`rirog`i - tushunib yetilmadi. Olim faqat 
empirik iqtisodiy-matematik modellar yaratish 
bilangina 
cheklanmadi, 

Smit 
tomonidan 
boshlangan, ammo oxiriga yetmagan daromadlar 
taqsimotini tadqiq qildi. Rikardoning ishlaridan 
bexabar holda bu masalani ancha mukammal hal 
etdi, differensial renta g`oyasini qiymatning 
mehnat nazariyasi asosida rivojlantirdi. Uning 
tadqiqotlarida iqtisodiy jarayonlarni tekshirishda 
cheksizlik uslubi keng qo`llaniladi. 
Uning fikricha, har qanday iqtisodiy 
jarayon ketma-ket kichik orttirmalar yo`li bilan rivojlanadi, bu rivojlanish 
ma'lum bir chegaraga ega (ya'ni u chegaraviy), ma'lum holatgacha borib, unda 
keskin sifat o`zgarishi ro`y beradi. Shunday yo`l bilan ma'lum muvozanat yoki 
optimal holat yuzaga keladi. U shunday usulni mehnat va kapital (ya'ni ishchi 
kuchi va mashinalar)ni o`zaro to`ldirish jarayoniga va ishlab chiqarishning 
optimal tarkibini shakllantirishga qo`lladi. 
Keyinchalik iqtisodiyot fanida kichik orttirmalar va cheklangan 
sharoitlar uslubi marjinalizm (fransuzcha la marge va inglizcha margin - 
chekka, chegara mazmuniga ega) nomini oldi (bu yo`nalish to`g`risida alohida 
gapiriladi). 
Umuman, iqtisodiyotda matematik usullar haqida gap borar ekan, uning 
tarixi XIX asrning o`rtalarida boshlanib, hozirgi davrda iqtisodiyot fanining 
muhim tarkibiy qismiga aylandi. Matematika usullarini qo`llash hayot talabi 
bo`lib qoldi. O`z davrida kichik korxona, firmani boshqarish uchun rahbardan 
amaliy fikr-mulohaza yetarli edi. Hozirgi zamon korxonasida ishlab chiqarishni 
boshqarish, moliya tizimi, mahsulotni sotish butunlay boshqa talablarni 
qo`yadi. Bu yerda fan, texnika, iqtisodiy kibernetika, matematik usullar 
(boshqarish, nazorat, aloqa, hisob-kitob) birinchi o`ringa chiqadi. 
Yangi iqtisodiy masalalarni yechish uchun (ishlab chiqarishning 
optimal, eng ratsional variantini tanlash, kapital qo`yilmalar, moddiy ta'minot 
va boshqalar) bu usul qo`l kelmoqda. Elektron hisoblash mashinalari
kompyuterlarni qo`llash tufayli ko`p murakkab masalalarni yechish mumkin 
bo`lyapti. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling