Iqtisodiy ta'limotlar


S.Sismondining iqtisodiy qarashlari


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

11.2. S.Sismondining iqtisodiy qarashlari, 
uning mayda ishlab chiqarish nazariyasi 
Jan Sharl Leonardi Simond Leonard de 
Sismondi (1773-1842) Shveytsariyada tug`ilgan, 
fransuz 
klassik 
siyosiy 
iqtisodini 
nihoyasiga 
yetkazuvchi 
va 
ayni 
vaqtda 
mayda 
siyosiy 
iqtisodning asoschilaridan biridir. U mu'tabar 
protestant pastor oilasida tug`ilib voyaga yetdi. 
protestantlar kollegiyasini bitirib chiqdi, Jeneva 
universitetida o`qidi. siyosat bilan unchalik ko`p vaqt 
shug`ullangani yo`q, Fransiya ma'naviy va siyosiy 
fanlar 
akademiyasining 
a'zosi 
etib 
saylandi. 
S.Sismondi iqtisod va tarix fanlari sohasida katta 
ishlarni amalga oshirib, boy ilmiy-adabiy meros 
qoldirdi. "Toskani qishloq xo`jaligining ko`rinishi" (1801 y.), "Savdo boyligi 
yoki siyosiy iqtisod prinsiplari va ularning savdo qonunchiligida qo`llanilishi 
to`g`risida" (1803 y.), "Italiya respublikalarining tarixi" (1807 y.), 1818 yilda 
esa "Edinburg ensiklopediyasi" uchun "Siyosiy iqtisod" maqolasini tayyorladi, 
lekin "Siyosiy iqtisodning yangi ibtidolari yoki boylikning aholi nufuziga 
munosabatlari to`g`risida" (1819 y.) kitobining nashr qilinishi uning shuhratini 
yanada oshirdi. Keyingi yillarda "Siyosiy iqtisoddan etyudlar" (1837 y.) va 
fundamental tarixiy asarlar hisoblangan "Fransuzlar tarixi" (31 tom), "Rim 
imperiyasi qulashining tarixi", "Italiya ozodligi tiklanishining tarixi" va boshqa 
asarlari nashr qilindi. 
S.Sismondi g`oyalarining shakllanishi, sanoat to`ntarishi davri bilan, 
shuningdek mayda ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy kuchsizlanishi bilan 
J.Sh.Sismondi


201 
bog`liq bo`lib, bu esa o`z navbatida kapitalizmning feodalizm ustidan, yirik 
mashinalashgan ishlab chiqarishning mayda ishlab chiqarish ustidan g`alabasini 
anglatar edi. 
S.Sismondi ijodini o`rganish metodini ayrim xususiyatlarini klassik 
iqtisodiy maktab vakillari bilan tenglishtirishimiz mumkin. Aynan o`ziga xos 
uslubiyot iqtisodiyot faniga quyidagi yangiliklarni olib kirdi. 
Birinchidan, Klassiklardan farq qilib, hukumatlar boylikni taqsimlash va 
tartibga solishni boshqarishni o`z qo`llariga olishlariga xayrihohlik bildiradi. 
Unda aynan hukumat ishlab chiqarishni kengaytirmasdan "uchinchi shaxslar" 
manfaatlariga mos yo`l ochib beradi. 
Ikkinchidan, siyosiy iqtisodda ilmiy abstraksiya usulini qabul qilmaslik. 
S.Sismondi, A.Smit izdoshlarini abstraksiyaga berilib insonlarni umuman 
unutganliklarini, natijada fan ularni izlanishlarida turli amaliyotlardan ajralib 
qoldi deb xulosa qiladi. 
Uchinchidan, A.Smitning "iqtisodiy inson" doktrinasini inkor etish. 
S.Sismondi klassiklarning har bir alohida olingan inson manfaatlari umumiy 
manfaatlarini shakllanishiga sababchi degan fikrga umuman qo`shilmaydi. 
Uning fikricha, har qaysi inson o`zining shaxsiy manfaatlarini o`zgalar hisobiga 
amalga oshirish bilan mavjud turli imkoniyatlarni ishga solar ekan, bu yerda har 
sanoatchining erishgan yutug`i o`z navbatida o`zga sanoatchini xonavayron 
bo`lishiga olib keladi. 
To`rtinchidan, ilmiy texnika progresini jadallashuvi jamiyat ravnaqidagi 
obyektiv zaruriyatligini tan olmaslik. quyidagi uslubiy holatni izohlab 
S.Sismondi shunday deydi: "Garchan mashinalar ixtirosi insonlar uchun katta 
qulaylik bo`lsada, ammo ular (mashinalar) yaratgan foydani adolatsiz 
taqsimlanishi, kambag`allar uchun ofat keltiradi". 
Beshinchidan, iqtisodiy tahlilda funksional usulni qo`llash maqsadga 
muvofiqligini e'tirof etish. Bu holat siyosiy iqtisodda tobora yangi tus olayotgan 
sabab va oqibatni tan olish demakdir.
Oltinchidan, iqtisodiy tahlilda iqtisodiy faktorlar bilan birga noiqtisodiy 
faktorlarning ham o`rin olishi. Din, tarbiya, vijdoniylik va boshqalar 
insonlarning bir maqsadga yaqinlashtiriuvchi faktorlar deb belgilanadi. 
S.Sismondi mayda ishlab chiqarish pozitsiyalarida turib, kapitalizmni 
tanqid qilib, mayda tovar ishlab chiqarishga qaytishni orzu qildi. 
Uning qarashlari rivojida ikki bosqich ko`zga tashlanadi. Avval boshda 
S.Sismondi A.Smit ta'limotining, klassik siyosiy iqtisodning tarafdori bo`lib 
chiqdi. U o`zining dastlabki asarlaridan biri - "Savdo boyligi to`g`risida..." 
kitobida (1803 y.) sanoat to`ntarilishining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va 
imkoniyatlarini yuksak baholadi. S.Sismondi Angliyaga ikkinchi marta borib 
kelganidan keyin kapitalizmni, shuningdek klassik maktabni qattiq tanqid qila 
boshladi. 


202 
"Siyosiy iqtisodning yangi ibtidolari yoki boylikning aholi nufuziga 
munosabatlari" (1819 y.) kitobi uning shuhratini yanada oshirdi. S.Sismondi 
odamlar baxt va tenglikni ta'minlash uchun birlashdilar, degan fikrga 
asoslanadi. U mayda ishlab chiqarishni ko`klarga ko`tarib maqtaydi, 
mehnatkashlarning 
manfaatlarini 
himoya 
qilishga 
intiladi, 
hammaga 
hamdardlik bildiradi, fabrikaga oid qonunlarni tabriklaydi, bolalar mehnatining 
ekspluatatsiya qilinishini qoralaydi. Kapitalizmni ijtimoiy adolatdan mahrum 
bo`lgan jamiyat deb ma'lum qiladi. S.Sismondi iqtisodiy qarashlarining 
sistemasida daromad to`g`risidagi ta'limot alohida o`rin olishini kitob nomining 
o`ziyoq ko`rsatib turibdi. U taqsimotning ko`pdan-ko`p muammolari to`g`risida 
fikr bildiradi. Kapitalni, krizislarni, mahsulotni realizatsiya qilish masalalarini 
tadqiq etadi, jamiyatni o`zgartirishning mayda burjuacha dasturi (programmasi) 
ni ilgari suradi. 
A.Smitning ta'limotida mehnat qiymat va boylikning birdan-bir manbayi 
deb tahlil qilingan edi. Zarur ish vaqti tushunchasi birinchi bor joriy etildi. 
S.Sismondi pul ichki qiymatga ega bo`lgan mehnat mahsulotidir va shu sababli 
qiymatning umumiy mezoni tarzida namoyon bo`ladi, degan to`g`ri xulosaga 
keldi. Pulning qadrsizlanishi ortiqcha qog`oz pullar muomalaga chiqarilishi 
haddan oshib ketishining natijasi, deb talqin etiladi. Ammo u pulning vujudga 
kelishi jarayonini, uning vazifasini tadqiq etmaydi. S.Sismondi iste'mol qiymat 
o`rtasidagi ziddiyatni ko`ra bilgan bo`lsa ham, ammo uning mohiyatini 
tushunmaydi. U qiymatdan chetga chiqishni qiymat qonunining buzilishi deb 
hisoblaydi. 
S.Sismondining ta'biricha, ijtimoiy fan ikki qismdan: oliy siyosat va 
siyosiy iqtisoddan iborat, agar siyosat davlat tartibining qanday vujudga 
kelishini o`rgatsa, fuqarolarni diyonat va din ruhida tarbiyalasa, siyosiy iqtisod 
xo`jalikni qanday boshqarishni, ijtimoiy tartibni saqlashni hukumatga tavsiya 
qilishi kerak. Umuman siyosiy iqtisod ma'naviy fan bo`lib, u odamlarning his-
tuyg`ulari, ehtiyojlari va ehtiroslarini o`rganishi kerak. S.Sismondining fikricha, 
"odamlarning moddiy farovonligi, inson tabiati" siyosiy iqtisod predmeti 
bo`lishi kerak, "odamlarning moddiy farovonligi" esa davlatga bog`liq. 
S.Sismondi siyosiy iqtisod predmetini davlatning iqtisodiy siyosati bilan ayni 
bir narsa deb bildi, uni sinflardan ustun turadigan fan, deb talqin etdi. Ishlab 
chiqarish munosabatlarini, iqtisodiy qonunlarni bilish zarurligini inkor qildi. U 
insonning fe'l-atvorini birinchi o`ringa qo`ydi. 
S.Sismondi 
uslubiyoti 
(metodologiyasi)ga 
1. 
Ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarni subyektiv-idealistik talqin etish; 2. Ilmiy abstraksiya usulining 
yo`qligi; 3.Tarixdan tashqari yondashuv; 4. Ayirboshlash konsepsiyasi xosdir. 
Mayda burjua nazariyotchisi bo`lgan S.Sismondi iqtisodiy qonunlarning 
obyektiv xarakterini tan olmadi. U kapitalistik iqtisodiyot notekis rivojlanishini 
haqli ravishda ko`rsatgan bo`lsa ham, bu narsa iqtisodiy qonunlar amal 


203 
qilishining o`ziga xos tarzda namoyon bo`lishi ekanligini ko`ra bilmadi. U 
o`zining rahmdillik bilan (sentimental) qilgan tanqidini ijtimoiy fanning alohida 
usuli darajasiga ko`tarishga intildi. S.Sismondi insonni unutib, abstraksiyaga 
berilgan A.Smit va uning tarafdorlarini qattiq tanqid qildi. U kapitalizm ko`p 
mamlakatlarda amal qila boshlagan bo`lishiga qaramay, kapitalistik 
rivojlanishdan voz kechish mumkinligini asoslamoqchi bo`ldi. U iste'mol ishlab 
chiqarishdan ustun degan fikrga asoslandi. Butun iste'molni shaxsiy iste'moldan 
iborat deb bildi. 
S.Sismondi kapitalizmni antagonistik jamiyat deb bildi va shu bilan 
klassik 
iqtisodiy 
maktabning 
namoyandalaridan 
ilgarilab 
ketdi. 

kapitalizmning o`ziga xos xususiyatini - boylikning oz sonli kishilar qo`lida 
to`planishi va ko`pchilik mehnatkash aholining chor-nochor kun kechirishini, 
jamiyat bilan xususiy sohibkorning manfaatlari bir-biriga mos emasligini, 
qishloq xo`jaligining savdodan va sanoatdan orqada qolayotganini ko`rsatdi. 
S.Sismondi burjua boyligining ko`payishini bosh vazifa deb va iqtisodiy 
taraqqiyot mezoni deb hisoblashdan voz kechdi, "kapitalizmning ziddiyatlari" 
masalasini birinchi bo`lib maydonga tashladi va shunday qilib tahlilni yanada 
davom ettirish vazifasini qo`ydi. 
Klassik maktabga qarama-qarshi o`laroq mayda tovar ishlab 
chiqaruvchilarning xonavayron bo`layotganini, "ortiqcha" aholi paydo 
bo`layotganini, mashinalar ishchilarni siqib chiqarayotganini ko`rsatdi, biroq, 
kapitalizm ziddiyatlarining asl sababini payqay olmadi. S.Sismondi klassik 
maktabning krizislar bo`lishi mumkin emas va kapitalizm ziddiyatlar nimaligini 
bilmaydi degan mulohazalarini tanqid qildi. Uning tarixiy xizmati mana 
shundan iborat. 
Shu bilan birga S.Sismondi kapitalizmning ilg`or mazmunini, uning 
feodalizmdan ustunligini tushunmadi. U kapitalizmni ro-mantiq tarzda g`ayri 
ilmiy asosda tanqid qildi, kapitalistik tuzumning imkoniyatlariga mayda 
burjuaziya nuqtayi nazaridan baho berdi. U kapitalizmni tartibga solish, mayda 
hunarmandlarning sex tuzumi tarzida orqaga qaytish ehtimoli bor, deganlarida 
ham mayda burjuacha romantizm namoyon bo`ldi. S.Sismondi revolutsiyaga 
qarshi, u kapitalizmni isloh qilish, uni tiyib turish tarafdori. 
Milliy daromad va kapital S.Sismondining iqtisodiy qarashlari 
sistemasida yetakchi muammodir. U o`zining "Siyosiy iqtisodning yangi 
ibtidolari" asarining dastlabki uch bobini ayni shu muammoga bag`ishlaydi. 
A.Smitdan keyin S.Sismondi ham daromadlarning uch turini: foyda, renta va 
ish haqini alohida ajratib ko`rsatadi, dastlabki ikki turni umumlashtirib, ustama 
qiymat tushunchasidan foydalanadi, ularni ichki mahsulotdan chegirma deb 
hisoblaydi. Biroq S.Sismondi shu tariqa qo`shimcha qiymat nazariyasini 
maydonga tashladi deb aytish uchun asos yo`q. U ish haqi ishchi mahsulotining 
jami qiymatiga teng bo`lishi kerak deb aytish bilan birga shu zahotiyoq 


204 
kapitalistning kapital yaratish sohasidagi "dastlabki mehnati" uchun unga 
odilona mukofot deb, rentani esa yerning ehsoni deb e'lon qiladi. A.Smitning 
iqtisodiy taraqqiyot davomida ish haqi oshishi xususidagi umidiga 
S.Sismondining qo`shilmaganligi uning ijobiy jihatidir. 
Yakka tartibdagi daromadlardan S.Sismondi "boyliklardan olingan 
foyda" va ishchi ish haqining yig`indisi bo`lmish milliy daromad muammosiga 
o`tadi. Bu milliy daromad bilan yalpi mahsulotni aynan bir narsa deb bilganligi, 
uning asosiy nazariy xatosidir. Agar u birlamchi mahsulotda A.Smitning izidan 
borib uch qismdan: xom materialning va mehnat qurollarining o`rni 
qoplanishini, ish haqi va foydani ajratgan bo`lsa, yig`indi mahsulotdan faqat 
so`nggi ikki qismni ajratadi. Doimiy qism yo`q bo`lib ketadi. 
Kapital deganda S.Sismondi ishlab chiqarish zapaslarini (ishlab 
chiqarish vositalarini) tushunadi. U kapital jamg`arilishini tejamkorlik bilan 
bog`laydi. S.Sismondi asosiy mashinalar, ish qurollari va aylanmalar, urug`lik, 
xom ashyo, ish haqi kapitalini bir-biridan ajratib, A.Smitning hamma xato va 
yutuqlarini takrorlaydi. U kapitalni doimiy va o`zgaruvchi kapitalga ajrata 
bilmadi. Oxir-oqibatda S.Sismondi kapitalning milliy daromaddan farqini 
izohlay olmadi va buning ustiga A.Smitning shu ikkisi o`rtasidagi tafovutni 
nazariy jihatdan isbotlash yo`lidagi intilishlarini pisand qilmay, orqaga qadam 
tashladi. 
S.Sismondi kapitalistik aholi nufuzi jarayonini tahlil etishga harakat 
qildi. U iqtisod fanida birinchilardan bo`lib foydani ko`paytirish manfaatlari 
yo`lida mashinalarni joriy etish ishsizlar vujudga kelishiga olib boradi, 
ishsizlarning mavjudligi esa ishlab turganlarning ahvolini yomonlashtiradi 
degan, faktni tan oldi. Ammo, S.Sismondi ortiqcha aholini kapitalistik fabrika 
mexanizmining zarur tarkibiy qismi deb bilmadi. S.Sismondi kapitalistik 
fabrika chor-nochor ishchini kelajakka boqqanda "kelgusi shanbadan narini" 
ko`rmaslikka o`rgatganligini, undagi axloqiy tuyg`ularni siyqalashtirib 
yuborganligini ishsizlar paydo bo`lishining sabablaridan biri deb hisobladi. U 
din ishchilarning "nojo`ya nikoh"larini qoralamayotganligini aytib, dinga hujum 
qildi. 
"Uchinchi shaxslar" nazariyasi S.Sismondi nazariy qarashlarida asosiy 
o`rinni egallaydi. U ishlab chiqarish va ijtimoiy daromad hajmlarining birligini 
ijtimoiy mahsulotni to`la-to`kis realizatsiya qilishning asosiy sharti deb 
hisoblaydi. Bunday tenglikka avtomatik tarzda o`z-o`zidan erishilmaydi deb 
hisoblaydi, u aksincha yirik sanoatning rivojlanishi ishlab chiqarishning 
muqarrar ravishda iste'moldan o`zib ketishiga olib boradi. Kapitalizm o`zi 
uchun hal etilmaydigan muammoni qiymat va "ustama qiymat"ni realizatsiya 
qilish muammosini keltirib chiqaradi, yalpi ortiqcha ishlab chiqarish krizisi 
kapitalizmga xos xususiyatdir. S.Sismondining o`ylashicha, ichki kapitalistik 
bozor qisqarib boradi, chunki ishchilarning daromadlari kamayadi. Kapitalistlar 


205 
o`z daromadining bir qismini iste'mol qilmaydi, balki jamg`aradi, mayda ishlab 
chiqaruvchilar xonavayron bo`ladi va ularning iste'moli kamayadi. Vaziyatni 
tashqi bozorlar yengillashtirishi mumkin. Ammo bunday bozorlarni qidirish 
tobora qiyinlashadi. Kapitalizm maqbul emas va mumkin ham emas. 
S.Sismondi "uchinchi shaxslar", ya'ni mayda ishlab chiqaruvchilarga 
madad berishga umid bog`laydi. U burjua mamlakatlarining hukumatlarining 
hukumatlariga murojaat etib, ular kapitalistik rivojlanishni to`xtatsinlar deb 
so`raydi. Jamiyat mayda ishlab chiqarishga qaytgan taqdirdagina go`yo mo`l-
ko`lchilik boshlanar emish. S.Sismondining tutgan o`rni - takror ishlab 
chiqarish asosiy qonunlarini tushunmaslik natijasidir. Ishlab chiqarish bilan 
iste'mol o`rtasidagi ziddiyatni, shaxsiy iste'molning takror ishlab chiqarish 
ziddiyatini, shaxsiy iste'molning takror ishlab chiqarish jarayonlari uchun 
muhimligini tan olganligi S.Sismondi o`rtaga tashlagan konsepsiyaning ijobiy 
jihatidir. 
S.Sismondi iqtisodiy krizisni daromadlar o`rtasidagi nomuvofiqlik deb 
tushunadi, ayrim olimlar chinakam ilmiy nazariya kapitalizm sharoitida ishlab 
chiqarish bilan iste'mol o`rtasidagi nomuvofiqlikni tan oladi, biroq unga tobe' 
o`rin beradi deb ta'kidlagan edi. Yetarli iste'mol qilmaslik nazariyasi krizislar 
arafasidagi davrda ishchilarning iste'mol quvvatining oshib borishi, yetarsiz 
iste'mol qilish esa kapitalizmdan avval ham mavjudligi, ammo krizislar faqat 
kapitalizmning belgisi ekanligi va surunkali bo`lmasligi vaziyatini izohlay 
olmaydi. Iqtisodiy krizislarning haqiqiy sababi ishlab chiqarishning ijtimoiy 
xarakteri bilan iste'molning xususiy xarakteri o`rtasidagi ziddiyatdir. 
S.Sismondi kapitalistik yo`ldan voz kechishni taklif qildi, kapitalizmni 
tartibga solishga, ishchilar bilan kapitalist o`rtasida patriarxalchilik 
munosabatlarini o`rnatishga, ishchilarni foydani taqsimlashda qatnashtirishga
ishsizlar va nogironlar haqida g`amxo`rlik qilishga va buning uchun maxsus 
fondlarni vujudga keltirishga, mayda ishlab chiqarishni saqlab qolish va 
qo`llab-quvvatlashga, manufakturaga bo`lgan yirik mulkchilikni ko`p sonli 
kapitalistlar o`rtasida taqsimlashga chaqirdi. U yollanma ishchilarni ham 
mulkdorlar sinfi safiga qo`shishni orzu qildi. S.Sismondi davlatning yordamiga 
umid qildi. 
Uning ijtimoiy tadbirlar dasturi mayda burjuacha va reaksion 
xayolparastlik xarakteriga egadir. S.Sismondi obyektiv tarixiy jarayonga 
to`sqinlik qilishga urindi. Shu sababli, u reaksioner bo`lib qoladi, o`z 
mulohazalarini Fransiyada hali ham kuchli bo`lgan feodal tuzum 
himoyachilariga qo`l kelishini sezmaydi. 
XIX asr oxirlarida rus narodniklari S.Sismondining xulosalarini 
ko`klarga ko`tarib maqtaganliklari sababli Lenin S.Sismondining iqtisodiy 
qarashlarini batafsil va mufassal tahlil etish zarur deb bildi. Chunki 
S.Sismondining xulosalarini bunday maqtash marksizmning iqtisodiy 


206 
ta'limotini yoyishga halaqit berar edi. U o`zining "Iqtisodiy romantizm" ta'rifiga 
doir" asarida S.Sismondining mayda burjua siyosiy iqtisodchisi ekanligini 
isbotladi, uning qarashlari ichki ziddiyatli va noizchilligini, klassik maktabdan 
o`zib ketish yo`lidagi urinishlari zaifligini ko`rsatdi. S.Sismondining iqtisodiy 
nazariya ba'zi masalalarini o`rtaga qo`yishdagi xizmatini V. Lenin tarixiy 
pozitsiyalarda turib tan oladi, biroq ayni vaqtda uning qarashlarining mayda 
burjuacha xarakterini, uning metodologiyasi ilmiy emasligini, amaliy 
dasturining reaksion xarakterini ochib tashlaydi. V.Leninning iqtisodiy 
romantizmni obyektiv va ilmiy asoslab, tanqidiy tahlil qilganligi, iqtisodiy 
ta'limotlar tarixida S.Sismondi va liberal narodniklarning o`rnini aniq belgilash 
imkonini berdi, sinfiy kurashni rivojlantirishga katta ta'sir ko`rsatdi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling