Iqtisodiy ta'limotlar


-BOB. GERMANIYADAGI TARIXIY MAKTAB


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

 
13-BOB. GERMANIYADAGI TARIXIY MAKTAB 
IQTISODIY FOYALARINING MOHIYATI 
13.1.Germaniya tarixiy maktablarining o`ziga xos xususiyatlari 
XIX asrning o`rtalarida ya'ni Germaniya yerlarini birlashtirib, yagona 
davlatga aylantirilish davrida klassik iqtisodiy maktabga muqobil yana bir 
yo`nalish "nemis tarixiy maktablari" yo’nalishi vujudga keldi. 
Bu maktablar nafaqat tarixiy balki ijtimoiy-tarixiy yo`nalishni o`z ichiga 
olib, klassiklardan farq qilib,siyosiy iqtisod fani tadqiqot mavzuiga iqtisodiy va 
noiqtisodiy omillarni kiritdilar, shu bilan dastlabki tadqiqotchilar sifatida 
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni turli xillarini ijtimoiy munosabatlarning 
umumiy yig`inida ko`rib chiqdilar 
Barcha tarixiy maktablarning mualliflari klassiklarni tanqid qilishda bir 
fikrda edilar. Ular klassiklar abstraksiya va umumiy xulosalarga berilib kerakli 
fakt va kuzatishlarga e'tiborsiz qarashayotganliklarini, shuningdek iqtisodiy 
liberalizm negizlarini mutlaq holda ko`rsatayotganliklarini tanqid qilib voqelik 
haqqoniy tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir deb hisoblaydilar. 
Taniqli ingliz iqtisodchi olim Mark Blaug XIX asrning 60-yillarida 
Yevropa qit'asida klassik iqtisodiy maktabga muqobil nazariy maktablarning 
shakllanishini ta'minlaydigan haqiqiy intelektual inqiroz sezilmasdan turib, 
yagona tarixiy maktabgina o`zining muqobil modelini taklif qilganini alohida 
ta'kidlaydi (Влауг М. Экономическая мысль ретроспектив.Дело ЛТД,1994, 
стр, 275). Hqiqatdan ham tarixiy maktab nazariyotchilari XIX asr Germaniyasi 
taraqqiyotiga va ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo`shdilar. "Tarixiy usul" 
jozibasi keyingi avlod iqtisodchilari tomonidan Yangi tarixiy maktabning 
yaratilishiga sabab bo`ldi. 
Lekin yangi davr albatta yangicha talablarni qo`yar edi. Bu talablarni 
F.List va keyinchalik tarixiy maktab vakillari hal etishga harakat qildilar. F.List 
o`z qarashlari bilan nafaqat iqtisodiy nazariyani rivojlantirishga intildi, balki 
endi rivojlanayotgan davlatning iqtisodiiy siyosatini tubdan o`zgartirishga 
harakat qildi. Uning milliy xo`jalik sistemasi ilg`or nemis burjuaziyasi 
manfaatlarini ifoda etib, industrial rivojlanish yo`llarini izladi. 
Milliy qalb, milliy xarakter, milliy taqdir - shu va shunga o`xshash 
tushunchalar XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Germaniya jamoatchiligi 
fikriga singib kirmoqda edi. Tarixiy maktab vakillari tarixdan bo`lak yana nima 
milliy bo`lishi mumkin, degan fikrlarga asoslanib siyosiy iqtisoddan tarixiy usul 


243 
o`rnini ko`rsatishga harakat qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod 
orqali tabiiy xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog`liq holda rivojlanadigan 
milliy xo`jalikni o`rganishni o`z oldilariga maqsad qilib qo`ydilar.

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling