Iqtisodiy ta'limotlar
Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
12.4. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari
XIX asrning o`rtalarida iqtisodiy ta'limotlar tarixida yangi bir yo`nalish - marksizm vujudga keldi. K.Marksning nomi ko`pchilikda inqiloblar bilan bir 226 deb qaraladi. Haqiqatdan ham bu fikrda jon bor, chunki u F.Engel's bilan bir- galikda proletariatning kapitalizmga qarshi kurashi zarurligini isbotlovchi naz- ariyaga asos soldi, buni tasodifiy hol deyish qiyin, chunki shu davrda kapitalis- tik xo`jalik rivoji, sanoat to`ntarilishining ayrim (Angliya va G’arbiy Yevropa) mamlakatlarda nihoyasiga yetganligi, sanoatning iqtisodiyotda yetakchi rolni egallashi, ishchilar sinfining jamiyatdagi mavqeining keskin oshganligi, kapital- istik jamiyatning feodalizmdan ustunligi namoyon bo`lishi bilan birga uning bir qancha illatlari ham mavjudligi (ishsizlik, ish vaqtining uzunligi, maoshning kamligi, iqtisodiy inqirozlar, mulkiy va sinfiy tabaqalashuvning tobora kucha- yishi, mustamlakachilik va boshqalar) prinsipial yangi ta'limot paydo bo`lishiga asos bo`ldi. O`z davrida burjua olimlari deb atalgan tadqiqotchilar (Sismondi, Prudon, qisman Smit, Rikardo), xayoliy sotsialistlar va boshqalar kapitalistik tizimning bir qancha negativ tomonlarini ochib bergan edilar. Ana shu illatlar bu davrda keskin kuchaydi, mehnat va kapital, ishchilar va sohibkorlar o`rtasidagi qarama-qarshilik tobora ortib bordi. 1831-34 yillar Fransiyada Lion to`quvchilari, 30-40 yillarda Angliyadagi vuddistlar va chartistlar harakati ish- chilar sinfining mustaqil sinf sifatidagi chiqishlari edi. 1844 yilda Sileziya to`quvchilarining qo`zg`oloni Germaniyadagi inqilobiy harakat darakchisi bo`ldi. 1848 yilda burjua inqilobi tufayli marksizmning vujudga kelish jarayoni yanada kuchaydi. Avvalgi davrdagi iqtisodiy talablar asta-sekin siyosiy tus ola boshladi. Vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoit va avvalgi davrd- agi bir qancha iqtisodiy g`oyalar asosida, birinchi navbatda klassik iqtisodiy maktab, utopik sotsializm ta'limotlari tufayli marksizm shakllandi. Kapitalistik tuzum, hozirgi davr tili bilan aytganda bozor iqtisodining bekamu ko`st emasli- gi, uning ijobiy tomonlari bilan birga hal etilishi shart bo`lgan muammolarining ham mavjudligi yangi iqtisodiy ta'limot paydo bo`lishiga turtki bo`ldi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling