Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

 
 
R.Ouen


222 
12.3. Sotsialist-rikardochilarning (T.Godskin, 
J.Grey, J.Brey) iqtisodiy qarashlari 
 
XIX asrning 20-30 yillarida Angliya hunarmandlari va ishchilari orasida 
sotsialistik g`oyalar shakllandi. Bu g`oyalarni o`rganish bilan yangicha 
yo`nalishni tashkil qilgan olimlar Jon Grey, Tomas Godskin va Jon Breylar 
edilar. Ular asosan ishchilar orasidan kelib chiqib, muammolarni hal etishda 
mustaqil ravishda o`z qarashlarini e'lon qildilar. 
Tomas Godskin. 
O`tgan asrlarda ilmiy axborot va publitsistika janr sifatida hali bir-
biridan ajralmagan edi. T.Godskin asarlari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, bu 
yerda biz ilmiy izlanishlarning bizning tafakkurimizga ko`ra belgilarini 
topamiz. Avvalo bu qo`yilgan masalaga yaqindan taalluqlidir. 
1827 yilda T.Godskin "Taniqli siyosiy iqtisod" nomli kitobini e'lon 
qildi, lekin uning asosiy g`oyalari avvalroq 1825 yilda "Kapitalning daf 
qilishiga qarshi mehnatni himoyalash" asarida bayon etilgan edi. 
Dastlabki nazariyalarida olim kapital ishlab chiqarishdan tashqarida 
degan fikrni bildirib, o`z zamondosh iqtisodchi olimlariga qarshi chiqdi. Uning 
fikricha, aylanma kapital umuman yig`ilgan zapaslar emas, masalan, ishchilar 
novvoyxonada non yopishadi, boshqa ishchilar esa uni sotib olishadi, demak, 
aylanma kapital - bu zapas "yig`ilma" emas, balki "mavjud" mehnatdir. 
T.Godskin asosiy kapitalni to`plangan mehnat deb biladi, lekin 
ishchilarsiz hech qanday mashina hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Bundan 
shunday xulosa chiqadiki, foyda o`tgan mehnat hisobiga emas, balki kundalik 
mehnat tufayli yuzaga keladi. Lekin asosiy kapital o`z egasi uchun mehnatdan 
ustunlik qilish vositasi hisoblanadi. Yuqorida aytilganlarning barchasidan 
T.Godskinning ikkinchi tezisi kelib chiqadi: kapitalist tomonidan o`zlashtirib 
olingan foyda ishchilarning mehnatdan oladigan to`liq mahsulot huquqini 
buzish demakdir. Bu zo`ravonlik kapitalistlar tomonidan mehnatning 
bo`ysundirilishi bo`lsa, ularning hokimiyati ishchi mahsulotni o`zlashtiradi. 
T.Godskin "...kapitalistlar o`z hollaricha Rikardoning qiymatning mehnat 
nazariyasini buzishadi, u holda bu qanday qonun bo`ldiki, u yoki bu 
kishilarning xohishiga qarasa!...",- deb yozadi. 
Kapitalistlar hech narsa ishlab chiqarmaydilar, lekin ular o`zlarini ish 
bilan ta'minlovchi va rahnamo deb ishchilarni ishontiradilar. Bu yerda Godskin 
siyosiy iqtisodni ayblaydi, chunki u bir vaqtning o`zida ham ularning da'vosini 
oqlaydi, ham ularni xayron qolarli darajada rivojlanish hamda tsivilizatsiyaning 
buyuk va munosib quroli deb ataydi. T.Godskinning aytishicha, jamiyatdagi 
barcha jamg`arma kapitalistlar tomonidan amalga oshiriladi. Lekin mahsulotni 
ishlab chiqarishga ketadigan harajatlarni va kapitalistga foyda ko`rinishida 
tegadigan mahsulotni ham faqat ishchi ishlab chiqaradi. Foyda ko`p bo`lgan 


223 
sari ish haqi kam bo`lishini ko`rsatib o`tadi (Bu fikr Rikardoniki bo`lganligini 
eslab o`taylik). Godskin esa bu fikrdan uzoqlashganligini quyidagi misollarda 
ko`rishimiz mumkin. Ko`ylak va ikki juft etikning haqiqiy bahosi mehnatning 
ma'lum miqdori hisoblanadi. Lekin u yoki bu tovarni qo`lga kiritish uchun 
ishchi kapitalist foydasiga yana ko`proq mehnat miqdorini sarf etishi kerak. 
Godskin ishchi ishlab chiqargan hamma narsa uning o`ziga tegishli bo`lishi 
kerak deb yozadi. Lekin har bir ishchining tegishini qanday belgilash mumkin? 
Ishlab chiqarishda mato bo`lagi yigiruvchida, to`quvchida, oqartiruvchi va 
bo`yoqchida, ularning hammasi turli xil shaxslardir. Bu yerda mehnat 
taqsimlangan. Ularning har biri alohida bitta operatsiyani bajaradi va buning 
natijasida tayyor mahsulot yuzaga keladi. Buni qanday bo`lish mumkin? "Men 
bu masalani hal etishni ishchilarning o`zlariga erkin hal etish uchun berishdan 
boshqa yo`lni bilmayman". T.Godskin kapitalistlarda ikkita funksiyani ajratadi. 
Ishbilar-monlar kabi, tashkilotchi va ixtirochilar kabi ular ham ishchilardir. 
Lekin kapitalistlar va kapitalning vakillari kabi ular faqat ishchilarga zulm 
qiluvchi vositadirlar. T.Godskin bunday xo`jayinlarni mamlakatdan chiqarib 
yuborishni maslaham bermas edi, begona o`lkalarga kashfiyotchilik va 
uddaburonlik bo`lib, mamlakatdagi qolgan aholiga ziyon yetkazish demakdir. 
Haqiqiy adolatni tiklashning birdan-bir vositasi yoki chorasi, ishchilarni kasaba 
uyushmalariga birlashtirishdir deb hisoblaydi olim. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling