Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
A.K.Sen-Simon
217 deb yozadi u, - mehnat farovonligini to`liq ta'minlay oladigan mulkchilik va undan foydalanishni belgilovchi qonundek katta ahamiyatga ega emas" (Haqiqatdan ham, hozirgi vaqtda respublikamiz va qo`shni mustaqil respublikalar iqtisodiy taraqqiyotida mulkchilik va mulkchilik formalari haqida qabul qilingan qonunlar ahamiyati kattaligini eslang). Sen-Simnning bo`lajak adolatli jamiyati industrial sistema deb nomlanib, u industrial jamiyat yirik sanoat ishlab chiqarishi bazasi asosida rivojlanadi, sanoat - alohida reja asosida, boshqaruv esa yagona industrial markaz orqali amalga oshiriladi deb hisoblagan edi. Sanoat ishlab chiqarishining taraqqiyoti va mahsulotlarni taqsimlash olimlar tomonidan olib boriladi. Katta tajribaga ega bo`lgan sanoat kapitalistlari boshqaruvni tashkil qilish bilan mashg`ul bo`ladilar, ishchilar esa ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun astoydil mehnat qilishlari zarurdir. Sen-Simon yangi ijtimoiy tashkilotni vujudga keltirishda, ayniqsa sanoatda anarxiyaga (hokimiyatsizlikka) yo`l qo`yilmasligiga va reja asosidagi markaziy boshqaruvga katta e'tibor berishni taklif etadi. Sen-Simon qarashlariga ko`ra, erkin raqobatga asoslangan ijtimoiy tuzim bu tugab borayotgan feodalizmdan yangi ideal jamiyatga o`tish davridagina emas, balki inqilobiy harakatlardan holi minch va tez sur'atlarda ijtimoiy tenglikka asoslangan "industrial jamiyat"ga o`tish davri hamdir. Adolatli "industrial jamiyat" qurilishi haqidagi o`zining mulohazalarida u ilmu-fan va ilg`or nazariyalarga yuqori baho berib, bo`lg`usi yangiliklarni tarixiy muqarrar deb hisoblaydi. Shu bilan bir qatorda Sen-Simon o`zining "industrial jamiyat" ida boshqa xayoliy sotsialistlar kabi qarama-qarshi sinflarni yo`qolib ketishi va xokimiyat tomonidan siyosiy funksiyalarga nisbatan iqtisodiy funksiyalarga katta e'tibor berishini taxmin qiladi. Lekin shuni alohida qayd etish zarurki, xayoliy sotsializmning boshqa barcha vakillardan farq qilib Sen-Simon sotsializmda xususiy mulkchilik bo`lishini inkor etmaydi, balki aynan xususiy mulkchilik va undan foydalanishni tartibga soladigan qonun zarurligini ko`rsatib o`tadi. Shuningdek, olim o`z qarashlarida anarxiyaga insonlarga ziyon yetkazuvchi boshqaruv deb qarab uni tanqid qiladi. U mavjud o`zgarishlar tezlik bilan rivojlanib davlatning to`liq kamolatini ta'minlaydi, insonlar esaerishishlari mumkin bo`lgan tenglik va ayniqsa mo`l-ko`lchilikka faqat shu "industrial jamiyat" yordamida yetib boradilar deydi. Garchi Sen-Simon yangi ijtimoiy tuzumning haddan tashqari mujmal manzarasini tasvirlagan, shu jamiyatga borishning noto`g`ri yo`lini ko`rsatgan bo`lsa ham, uning ba'zi taxminlari katta kelajakka molik edi. U proletariatning nazariyotchisi emas edi va shu sababli uning tarixiy rolini tushunmadi. Ayni vaqtda u ishchilar ahvolining naqadar og`irligini ko`rdi. "Mening maqsadim,- deb yozgan edi u, - Yevropadagina emas, butun dunyoda ham shu sinfning qismatini 218 yengillashtirishdan iborat". U davlatni "odamlarni boshqarish quroli"dan ishlab chiqarishni tashkil etish, fan va san'at taraqqiyotini ta'minlash, ya'ni "narsalarni boshqarish quroli"ga aylantirish, tartib, osoyishtalikni nazorat qilishni esa jamoatchilikka topshirish kerak degan g`oyani ilgari surdi. Sen-Simonning yangi industrial sistemasi sotsialistik jamiyat emas edi, chunki unda xususiy mulkchilik, kapital jamg`arish, bankirlar va tadbirkorlar sinflari hali mavjud edi.Bu esa o`z navbatida umumxalq mehnatiga asoslangan rejali keng ishlab chiqarishni inkor etadi. Sen-Simon asarlarining asosini kapitalizmni tanqid tashkil etadi. U ishlab chiqarish va taqsimotdagi anarxiyani, raqobat, xalq ommasining qashshoqlashuvi va ishchilarning ayanchli ahvoldaligini kapitalizm illati deb hisoblaydi. Olim ishchilar, kapitalistlar va savdogarlarni bir sinf vakillari deb, ularni industriallar deb atadi. Feodal jamiyatining hokim sinflari bo`lgan dvoryanlar, ruhoniylar va boshqa amaldorlarni esa befoyda, keraksiz sinflar deb hisobladi. Shuni aytish kerakki, Sen-Simon kapitalizmni ilmiy ravishda tanqid qilmadi. U burjua jamiyati bo`ysunishi zarur bo`lgan iqtisodiy qonunlarni e'tibordan chetda qoldirdi. Sen-Simon ta'limotlarini tashviqot qilishda uning shogirdlari O.Rodrig, V.Anfonten va O.Bazarlar katta rol o`ynadilar. Ular "Sen-Simon ta'limoti" kitobini nashr qildirib, uning nazariy qarashlarini boyitdilar. lekin bu olimlar ham burjua jamiyatining asosiy sinflari va ular o`rtasidagi sinfiy kurash mohiyatini to`liq tushunmadilar, natijada XIX asrning 30-yillariga kelib, Sen- Simon maktabi tor doiraga aylandi va tarqalib ketdi. Fransuz xayoliy sotsializmining yana bir yirik namoyandasi Fransua Mari Sharl Furyedir (1772-1837 yy.). U Bezanson shahrida savdogar oilasida dunyoga kelib, butun hayoti mobaynida savdo bilan shug`ullandi. Bo`sh vaqtlarida o`z ma'lumotini to`ldirib, mustaqil ravishda fizika, astronomiya va falsafa fanlari bilan shug`ullandi, ijtimoiy tadqiqotlarni amalga oshirdi. Sharl Furye o`zining "To`g`ri harakat va mushtarak taqdirlar nazariyasi", "Umumiy birlik nazariyasi", "Savdo qallobligi haqida", "Yangi sanoat dunyosi va ijtimoiy dunyo" nomli asarlari va qator maqolalarida kapitalistik jamiyatni keskin tanqid qildi va ijtimoiy adolatli jamiyat barpo etish dasturini ishlab chiqdi. Uning tasvirlashicha, inson o`zi yashayotgan jamiyatning barcha yaramas illatlaridan tozalanishi lozim, shunday ijtimoiy tuzum o`rnatish kerakki, bu tuzum insonning kamol topishiga, ehtiroslarini to`liq namoyon qilishiga, ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat bersin. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling