Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

Sh.Furye kishilik jamiyatining tarixiy rivojlanishini o`rganishga 
o`zining katta hissasini qo`shdi. F.Engels "Anti Dyuring" asarida shunday 
degan edi: "O`tmishning asosiy etap (bosqich)larida Sh.Fur'ening genialligi 
keng namoyon bo`ldi. U jamiyat o`z rivojlanishida yovvoyilik, patriarxalchilik, 
varvarlik va tsivilizatsiya (madaniyat) bosqichlarini bosib o`tganligini ko`rsatib 


219 
berdi". Bunday taqsimot garchand ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasini 
hisobga olgan bo`lsada, lekin ishlab chiqarish munosabatlarining xarakterini va 
moddiy ishlab chiqarishda ishlab chiqarish usulining turlichaligini inkor etadi. 
Shuning uchun varvarlikka quldorlik va feodalizm kabi turlicha ijtimoiy-
iqtisodiy jamiyatlar kiritiladi. Sivilizatsiya davrini esa u kapitalizm vujudga 
kelishi bilan bog`laydi. Lekin shuni aytish kerakki, uning qarashlariga xos 
xususiyat har bir davrning asosiy omili sifatida faqat ishlab chiqarish 
darajasinigina emas, balki inson ehtiroslari va tabiati uyg`unligini ham alohida 
ajratib ko`rsatishdir. 
Shunday qilib, ana shu holatlar muayyanligining vujudga kelishi o`z 
navbatida tsivilizatsiyalar o`rniga har tomonlama rivojlangan assotsiatsiyalar 
(uyushmalar) tashkil topishiga sabab bo`ladi. 
Kapitalizmni tanqid qilish Sh.Furye ta'limotining eng kuchli jihatidir. 
Jamiyatning yangi sotsial tashkiloti barpo etilmasa, ishlab chiqarishning rivoji 
mehnat ahliga baxt emas, balki kulfat keltiradi, deydi u. "Burjua 
tsivilizatsiyalarining o`ziga xos xususiyati,- deb yozadi olim, - tartibsiz ishlab 
chiqarishdan iborat. Boylik ko`paymoqda, ammo ishlab chiqaruvchi inson ana 
shu ko`payib borayotgan boylikdan bahramand bo`layotgani yo`q" (Sh.Furye. 
Izbranno`ye sochineniya. T.II, M.,1954, str.68). U aholining ayrim qismi 
behuda, parazit hayot kechirib, ezilgan mehnatkash xalqning ekspluatatsiya 
qilinishi hisobiga yashayotganini aytish bilan birga, bunday jamiyat aholining 
barcha qatlamlarini to`liq ta'minlash imkoniga ega emas degan xulosaga keldi. 
Sh.Furye ayniqsa kapitalistik savdo nuqsonlarini, undagi tovlamachilik, 
olibsotarlik va muttahamlikni fosh etadi. "Agar biz Sen-Simonda,- deb yozgan 
edi. F.Engel's, tafakkurning genial kengligini, shuning natijasida uning 
qarashlarida eng so`nggi sotsialistlar nomuntazam iqtisodiy fikrlari deyarli 
hammasining kurtaklari bayon etilganini ko`rsak, Sh.Furye mavjud ijtimoiy 
tuzumni tanqid qilmaganligini, bu tanqidda sof fransuzcha o`tkir zehnning, 
analizning g`oyat chuqurligi bilan qo`shilganligini ko`ramiz, u burjua 
dunyosining jamiki moddiy va ma'naviy nochorligini toqatsizlik bilan fosh qilib 
tashladi..." Haqiqatan, ham Sh. Furye o`z asarlarida nafaqat mavjud jamiyatni 
balki klassik iqtisodiy maktab vakillari yuqori baho berayotgan erkin raqobatga 
asoslangan iqtisodiyotni ham va umuman klassiklarni o`zlarini ham keskin 
tanqid qiladi. Uning fikriga ko`ra erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot 
savdogarlar va savdo agentlar sonini keraksiz darajada oshirib yuborgan bo`lib 
bu esa asosiy kamchiliklarni e'tibordan chetda qoldirgan. Sh. Furye sivilizatsiya 
jamiyatning kamchiliklari deb quyidagilar belgilaydi: ijtimoiy xaos; aholi 
nufuzini ortib borishi; kambag`allikni kuchaytiruvchi industrializm va 
boshqalar. Lekin Sh.Furye kapitalizmni har tomonlama tanqid qilgan bo`lsada, 
boshqa xayoliy sotsializm namoyan-dalari singari u ham islohotlar yo`li, 
tashviqotni kengaytirish bilan ekspluatatsiya, adolatsizlikka qarshi kurashib


220 
"odil jamiyat" sari bormoqchi bo`ldi. Kelajak jamiyatning asosiy yacheykasi bir 
necha ishlab chiqarish assotsiatsiyalaridan iborat falanga (jamoa)dir. 
Falanganing har bir a'zosi mehnat qilish huquqiga ega bo`lib, mehnat zavq 
bag`ishlashi, kishilarning ehtiyojiga aylanishi kerak. Sh.Fur'e o`sha paytda 
mashaqqat deb hisoblangan mehnat qanday qilib inson uchun xuzur-halovatga 
aylanishi mumkin degan masalani o`rtaga qo`yadi. U burjua huquqi sistemasini 
tanqid qilib, mehnat qilish huquqini birinchi o`ringa qo`yadi, mehnat qilish 
huquqi bo`lmasa qolgan hamma huquqlarning qadri yo`q deb hisoblaydi. Uning 
mehnat musobaqasi to`g`risidagi, mehnatni insonning g`ayrat-shijoati namoyon 
bo`ladigan ijodiy jarayonga aylantirish haqidagi g`oyalari ijobiy ahamiyatga 
egadir. 
Angliya - sanoat to`ntarishini amalga oshirgan birinchi mamlakat bo`lib, 
kapitalizm u yerda tez va dadillik bilan rivojlandi. Bu hol tabiiy, Angliya 
xayoliy sotsializmining o`ziga xos xususiyatini belgilab berdi. U xususiy 
mulkchilikning barcha ko`rinishlarini inkor etib, fransuz sotsialistlarining 
industriallar jamiyati, turli uyushmalariga moyilligi yo`q edi. Siyosiy iqtisodni 
proletariat manfaatlariga xizmat qildirishga harakat kommunistik jamoalar 
tashkil etish tajribalarini qo`llash va nihoyat tinch yo`l bilan yangi "odil 
jamiyat"ni qurish imkoniyatlarini isbotlashga urinish bu maktabga xosdir. 
Angliya xayoliy sotsializmining vujudga kelishi va rivojlanishi Robert 
Ouenning (1771-1858 yy.) hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog`liqdir. U 
Shimoliy Uelsda hunarmand oilasida dunyoga keldi. Maktabni tugatgach, o`zi 
mustaqil shug`ullangan, yoshlik yillaridayoq mehnatkashligi, tadbirkorligi bilan 
ajralib turgan. R.Ouen 1800 yildan boshlab Pyu-Lenark 
(Shotlandiya) dagi yigiruv korxonasida boshqaruvchi 
bo`lgan, o`sha yillarda unda insoniyatni qutqarishni 
maqsad qilgan islohotchilik g`oyalari shakllanadi. Biroz 
keyinroq (1820 yildan boshlab) xayoliy sotsializmga xos 
bo`lgan fikrlar va tashviqotga asosiy e'tiborni qaratadi. 
R.Ouenning "Jamiyatga yangicha qarash yoki xarakterni 
shakllantirish haqida tajribalar", "Yangi axloqiy dunyo 
kitobi", "Adolatni almashuv bozori", "Ulug` milliy hunar 
ittifoqi" asarlarida uning sotsialistik loyihalari bayon 
etilgandir. U kapitalistik jamiyatni tanqid qilib, uning xalqqa qarshi mohiyatini 
ochib beradi. Barcha mulkni umumning mulkiga aylantiradigan, qashshoqlik 
yo`qoladigan, mehnat jafo-zulmatdan baxt-saodatga aylanadigan kommunistik 
jamoalar tuzish fikriga keldi. Shu maqsadga halaqit beradigan uchta to`siq bor 
deydi u. Bu uchta illat: xususiy mulk, din va burjuacha nikohdir. Biroq olim 
kapitalistik taraqqiyotning obyektiv qonunini tushunmadi, sinflar kurashini 
inkor etdi. Yangi tuzum yangi yo`l bilan yoki tinch yo`l bilan quriladi va unga 
tinch yo`l bilan o`tiladi, deb ishondi. R.Ouenning loyiha va ijtimoiy dasturlari 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling