Iqtisodiy ta'limotlar


-BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

12-BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA 
MUQOBIL (AL'TERNATIV) FOYALAR 
12.1. X1X asrning birinchi yarmidagi xayoliy 
sotsializmning o`ziga xos xususiyatlari 
 
Xayoliy sotsialistik g`oyalarning dastlabki ko`rinishlarida, ya'ni Platon 
asarlaridan boshlab T.Mor va T.Kompanelli asarlarining barchasida xususiy 
mulk tanqid qilib kelindi. 
Bu olimlar jamiyatni qayta tuzishni taklif qilib nisbatan adolatli, 
rivojlangan jamiyatni asoslab berishga intildilar. Lekin, bularning barchasi 
xayoliy sotsializm shakllanishi arafasidagi dastlabki g`oyalar edi, xolos. 
Xayoliy sotsializmning haqiqiy rivojlanish davri XIX asrning birinchi yarmiga 
to`g`ri keladi. Bu davrda G’arbiy Yevropa kapitalistik munosabatlar rivojlanib, 
sinfiy ziddiyatlar oshkor bo`ldi. Ayniqsa, klassik iqtisodiy maktab vakillarining 
asosiy asarlarining ta'siri ko`pgina maktablarga bo`lgani kabi xayoliy 
sotsialistlar qarashlariga ham jiddiy ta'sir o`tkazdi. Shuningdek, bu davrda 
sanoat to`ntarilishining yakunlanishi va Yevropa mamlakatlarida yuz bergan 
jiddiy iqtisodiy o`zgarishlar ham xayoliy sotsialistlar A.Sen-Simon, Sh.Furye 
va R.Ouenlar o`z asarlarida ko`rsatib, mavjud kapitalizmni ichki xususiyatlarini 
kengroq ochib berishga intildilar. Bu olimlar guruhi iqtisodiy fan rivojiga katta 
hissa qo`shib, ilk bor kapitalistik munosabatlar abadiy emasligini, unda 
iqtisodiy inqirozlar mavjud bo`lishini ko`rsatib berdilar. Shu jumladan ular ham 
klassiklar kabi texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ilmiy kashfiyotlar va 
jamiyat ishlab chiqarishini umumjahon rivojini iqtisodiy siyosatning asosiy 
maqsadi deb hisobladilar. Bundan tashqari, xayoliy sotsialistlar tabiiy tartib 
konsepsiyasiga amal qilib jamiyat va alohida olingan insonning ideal ijtimoiy 
tuzulishi modelini ilgari surdilar. 
Xayoliy - sotsialistlar klassik iqtisodiy maktab vakillaridan farq qilib, 
xususiy mulkchilikni va kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini tanqid 
qiladilar, jamiyatning barcha a'zolariga baxt keltiradigan yangi jamiyat yuzaga 
keladi,deb ishchilarni ishontiradilar. Ular yangi jamiyat adolatli ijtimoiy tuzum 
loyihalarini bayon etib iste'mol va taqsimotni qayta tashkil etish bilan cheklanib 
qolmasdan balki ishlab chiqarishni tubdan o`zgartirishni taklif qildilar. 
Shuningdek, ularning ijtimoiy adolatni targ`ib qilishga qaratilgan 
g`oyalari aynan adolatsizliklardan voz kechishi zarur degan fikrlari asosida 
nafaqat xayoliy balki bozor iqtisodiyotiga qarshi karash ko`rinishini oladi. Va 
nihoyat, XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan xayoliy sotsialistlar 


215 
ta'limotlarida bozor iqtisodiyotiga muqobil qarashlari turlicha namoyon bo`ladi. 
Bu o`rinda ushbu maktab vakillarining birinchidan, individual (yakka) 
faoliyatni kollektiv mehnat faoliyati bilan almashtirish mexanizmini qanday 
izohlashlari bilan, ikkinchidan mehnatkashlarni jamoa tashkilotlariga birlashish 
tamoyillari xususiyatlarini qay tarzda tushuntirishlarida o`z aksini topadi.
Bu shart-sharoitga e'tibor berib Sh.Jid va Sh.Rist o`z asarlarida 
quyidagicha yozishadi: "Sen-Simon va uning izdoshlari haqiqiy kollktivizm 
tarafdorlari bo`lib, ular jamoat tashkilotlariga millatning hamma a'zolarini 
kirgizishga harakat qildilar va bunday birlashuvni tepadan boshlashni taklif 
qiladilar, ya'ni milliylashtirish va boshqa jarayonlarni endi siyosiy xokimiyat 
o`z qo`liga oladi. 
R.Ouen 
va 
Sh.Furye 
hamda 
ularning 
izdoshlari 
"Sotsialist-
assotsiatsiyachilar" bo`lib, Sen-Simonchilardan farqli o`laroq indivit to`da 
(massa) ichida yo`qolib ketmasligini istatadi. Ularni mayda avtonom guruhlar 
yordamida saqlab qolishni taklif qilib, birlashuv jarayonini yuqoridan emas 
balki quyidan borishini maqsadga muofiq deb hisoblaydilar". (Ш.Жид, Ш.Рист 
“История экономических учения”. М., Экономика,1995.Стр.170)
Nihoyat, xayoliy sotsializm nomoyondolari o`zlarining benuqson 
ijtimoiy tuzumlarni turlicha: Sen-Simon industrializm, Furye garmoniya, Ouen 
esa kommunizm deb atadilar. Lekin ularning barchasi ekspluatatsiyaning yo`q 
bo`lishi, aqliy va jismoniy mehnat o`rtasidagi qarama-qarshilikning bartaraf 
etilishi hamda xususiy mulkning yo`q bo`lishi to`g`risidagi fikrlarni bir xil tak-
rorladilar. XVIII - asrning oxiri XIX - asrning boshlarida G’arbiy Yevropada 
ishlab chiqarishning hukmron shakli manufaktura bo`lib, fabrika ishlab chiqari-
shi endigina shakllanayotgan edi. Kapitalizmning moddiy sharoitlari va ish-
chilarning jamiyatning asosiy sinfi sifatida shakllanishi dastlabki bosqichlarda 
edi. 
Xayoliy sotsialistlar ijtimoiy adolatli jamiyatga o`tish yo`llarini aniq 
ko`rsata olmadilar, lekin ular sinfiy manfaatlar qarama-qarshiligini ta'kidlab 
o`tdilar. Ular ishchilar sinfiga ezilgan jabrlanuvchi sinf sifatida qarab, asosiy 
e'tiborni ongni rivojlantirishga, o`z g`oyalarini tashviqot qilib kommunalar, 
"falansterlar" orqali hayotga tadbiq etishga qaratdilar. Mehnatkashlarni ozod et-
ishning moddiy sharoitlari yaratilmaganligi tufayli xayoliy sotsialistlar bo`lajak 
jamiyatning fantastik loyihalarini taklif etdilar. Ular o`zlarini sinflardan yuqori 
qo`yib, jamiyatning barcha a'zolari manfaatlarini ifoda etayotganliklarini 
ko`rsatmoqchi bo`ldilar. Shuningdek, siyosiy kurash, revolutsiyalarni rad etib, 
ijtimoiy adolat g`oyalarini tashviqot qilish yo`li bilan jamiyatni qayta tuzishni 
orzu qildilar. Mana shularning barchasi g`oyalarning xayoliy bo`lib qolishiga 
sababchi bo`ldi. Biroq, xayoliy sotsializm o`zining cheklanganligiga qara-
masdan, kapitalizm oyoqqa turayotgan bosqichda progressiv ta'limotlar qatorida 
alohida o`rin egallaganligini aytishimiz lozimdir. 


216 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling