Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

Jon Brey 
 
J.Breyning "Mehnatga nisbatan adolatsizlik va uni bartaraf etish 
yo`llari" nomli kitobi 1839 yilda nashr qilindi. T.Godskin va J.Greyning 
pamfletlari kabi Breyning kitobi ham katta shuhrat qozondi. U ham ishchilar 
orasidan yetishib chiqqan bo`lib, bosmahonada harf teruvchi va muqova 
qiluvchi bo`lib ishlar edi. O`zining qarashlariga ko`ra J.Brey ham Grey singari 
ishchilarning sinfiy kurashiga qarshi edi. Uning asosiy kitobi "Xalq xartiyasi 
hujjatlari" e'lon qilingandan bir yil keyin chiqdi. Xartiyaning asosiy mazmuni 
Britaniya saylov tizimini demokratlash edi (umumxalq saylov huquqi, yashirin 
ovoz berish, nomzodlar mulkiy senzlarni bekor qilish va boshqalar). Chartizm 
harakati ham aynan shu davrdan boshlanib, unga J.Breyning asari chaqiriq 
sifatida xizmat qildi. Dunyoda adolatsizliklar qayerdan vujudga kelishini
jamiyat va davlat nima ekanligini, mehnatning zaruriyati, kapital jamg`arish va 
ayirboshlash xususiyatlarini o`rganishga o`z e'tiborini qaratdi. J.Brey shunday 
deb yozadi: "Adolatli tuzumda hamma mahsulotlarni baholab, ayirboshlash, 
ishlab chiqazishga sarf qilingan butun harajatning yig`indisi bilan belgilanar 
edi, boylik teng ayirbosh qilinar edi. Shu bilan birgalikda juda qadimdan 
jamiyatda yuksak darajada tengsiz ayirboshlash sistemasi hukm surar edi: 


225 
ishchilar kapitalistlarga yil davomida mehnat qilar edilar va evaziga yarim yillik 
mehnatning qiymatini olar edilar." Xuddi shu yerdan, aslo taxmin qilinmagan 
individlarning jismoniy va aqliy kuchlari ichidan boylik va hokimiyatning 
tengsizligi kelib chiqadi. 
Xuddi shu ayirboshlash tengsizligi bir sinfga hech narsa bilan 
shug`ullanmaslikni va dabdabali yashashni ta'minlaydi, boshqa bir sinfni og`ir 
mehnatga mahkum etadi. 
J.Brey shunday deydi: "Siyosiy iqtisodchilarning tas-diqlashicha har bir 
ayirboshlash o`zaro manfaatlidir. Aslini olganda esa kapitalist bilan ishchi 
o`rtasida hech qanday ayirboshlash yo`q! Ishchi kapitalistga o`zining mehnatini 
beradi, xo`sh, kapitalist unga nima beradi? Kapitalist ayirboshlash uchun yo 
mehnatni, yo kapitalni berishi mumkin. Kapitalist hech qachon mehnatni bera 
olmaydi, chunki u mehnat qilmaydi. Shu bilan birga kapitalist kapital ham 
bermaydi, chunki uning kapitali kamaymaydi, balki ko`payadi. Ishchining 
mehnati evaziga kapitalist nima beradi? Ishchining bir haftalik mehnati evaziga 
kapitalist va xususiy mukl egalari unga o`zlarining shu hafta ichida olgan 
boyliklarining bir qismini beradilar. Boshqacha qilib aytganda, ular ishchidan 
biron narsa oladilar, ammo o`rniga hech narsa bermaydilar". 
"Hech kim dunyoda qandaydir tug`ma yoki tabiiy boylikka ega emas, - 
deb davom etadi J.Brey, - tabiat insoniyatga nimaiki bersa, bu mehnatga 
bo`lgan qobiliyatidandir. Demak, agar kimdir hech qachon mehnat qilmasdan 
boylikka egalik qilsa, bu boylik unga tegishli bo`lishi adolatsizlikdir. U 
o`zlarining mehnatlari evaziga yuzaga keltirgan insonlarga tegishli bo`lishi 
kerak, chunki kapital o`z-o`zidan yuzaga kelmaydi. Angliyaning ulkan 
kapitallari yaratilish prinsipi bo`yicha kapitalistlarga tegishli bo`lishi kerak 
emas (ular uni o`zlari ishlab chiqarmaydilar). Bu ayirboshlash prinsipi asosida 
ham bo`lgan emas, ya'ni ular kapitalni o`z mehnatlari evaziga ayir-boshlab 
olganlari yo`q. Meros huquqi asosida ham emas (bu boyliklarning merosxo`ri 
yo`q). qaysi eshikka qaramaylik, mehnatkash kishi bilan puldor o`rtasidagi 
shartnoma adolatsizlik va aldamchilik bilan tugallanadi." J.Brey xulosa qilib, 
hech qanday siyosiy saylov islohotlari bu tartibni o`zgartirmaydi, deydi. 
Mavjud tartibdagi ishchilar sinfi qanchalik aqlli, yuqori ma'naviyatli yoki 
mehnatsevar kuch bo`lishidan qat'i nazar, to`g`rilab bo`lmaydigan qullikka 
mahkumdirlar. Shuning bilan birgalikda u ishchilar sinfining kurashi kishilarga 
qarshi emas, balki tuzumga qarshi, u kapitalistlar bilan yoki kapital bilan emas, 
balki kapitalni qo`llash usuli bilan ekanligini uqtiradi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling