Iqtisodiy ta'limotlar
Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
1.2. Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta'limotlar
Yuqorida qayd etilganidek, antik dunyo mamlakatlarida quldorlik klassik shaklda rivoj topdi, m.a. II-I ming yilliklar davrida shakllandi. qadimgi Gretsiya (Yunoniston) da ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma jabhalarida quldorlik bevosita ishlab chiqaruvchilarni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakliga aylangan edi. Ishlab chiqarish asosan quldorlik munosabatlariga asos- lanib olib borildi, qul asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblangan (Sharq bilan solishtiring). Dastlabki iqtisodiy g`oyalar Gomerning "Iliada" va "Odisseya" poemalarida aks ettirilgan bo`lib, iqtisodiyotning natural xo`jalik konsepsiyasi ilgari surilgan. Yunon shoiri Gesiod (m.a.VIII-VII asrlar) ning "Mehnat va qonunlar" asarida boylikning kuchi, hokimiyati aks ettirilgan. U dehqonchilikni ulug`laydi, bu sohada qisman qullar mehnati ham ishlatilgan. U davrda oddiy xalq orasida mehnat ancha qadrlangan. qulchilik ofatining bosib kelayotgan- 23 ligidan xavfsiragan shoir go`yoki ilgari hukm surgan "oltin asr", ijtimoiy jabr va og`ir jismoniy mehnatga ehtiyoj bo`lmagan davrni ham yoritgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda polis (shahar) sistemasi shakllanib bo`lgach, qulchilik keng tus oladi, urug`chilik mulki xususiy mulkchilik tomonidan siqib chiqariladi, savdo, sudxo`rlik tez rivojlanadi. Solon (m.a. 640/635-559 yy.) islohotlari pul xo`jaligining afzalligini ko`rsatib berdi (m.a. 594 y.). Islohot tufayli kulni qarzga berish taqiqlandi. Afinada Perikl (m.a. 444/443-429 yy.) tomonidan olib borilgan ishlar muhim ahamiyat kasb etdi. qurilish, hunarmandchilik, savdo o`sdi. Shu davrda fuqarolar va fuqaro bo`lmagan aholini bir-biriga qarama-qarshi qo`yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni hunarmandchilik va savdo sohalarida beayov ekspluatatsiya qilish, savdo va pul xo`jaligini rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi. Qulchilik o`z tabiatiga ko`ra insonga yot, u majburiylikni talab etgan, oqibatda ma'lum davrdan inqirozga uchray boshlagan. Shu davrda iqtisodiy g`oyalar tobora reaksionlashib, davlatni, aristokratiyani himoya qilish, natural xo`jalikni yoqlash yo`lini tanlaydi, ya'ni sinfiy xarakterga ega bo`la boradi. Bu yo`nalish Ksenofont (taxminan m.a. 430-354 yy.), Platon (Aflotun, taxminan m.a. 427-347 yy.), Aristotel (Arastu, m.a. 384-322 yy.) larning iqtisodiy qarash- larida yaqqol namoyon bo`ldi. "Ekonomiya" so`zi ("oykonomiya": - "oykos" - uy, xo`jalik va "nomos" - qonun, qoida) tom ma'noda uy xo`jaligi to`g`risida qoida mazmuniga ega bo`lib, Ksenofontning maxsus asarining sarlavhasi bo`lgan. Ksenofont quldorlar mafkurasining himoyachisi hisoblanadi, qulchilikni tabiiy, obyektiv jarayon deb baholaydi, qul mehnatiga asoslangan natural xo`jalikni ulug`laydi. U ayniqsa qishloq xo`jaligi, dehqonchilikni farovonlik manbayi deb bilgan. Dehqonchilik tufayli odamlar o`zlariga hayot uchun kerakli hamma narsani oladilar. Dalada ishlash sog`liq uchun ham foydali (toza havo), ham iqtisodiy naf keltiradi. U rahbarlar va ijrochilar mehnatini farqlaydi. Uningcha ijrochilar jis- moniy mehnat bilan shug`ullanadilar. Rahbarlar mehnati bilan erkin odamlar, jismoniy mehnat bilan esa qullar band bo`lishlari kerak. Xo`jalik faoliyati davomida foydali buyumlar, ya'ni iste'mol qiymatlari yaratiladi. qadimgi yunon olimlari ichida birinchi bo`lib, mehnat taqsimotining ahamiyatini tushundi, ko`proq, ortiqcha foyda olish, "xo`jalikni boyitish" uchun qullar talabini imkon boricha kamroq qondirishni tavsiya etgan. Mehnat taqsimoti bilan bozor kattal- igi, mahsulotning almashuv qiymati orasida uzviy bog`lanish borligiga e'tibor bergan. Pulning muomala vositasidan tashqari, kapital sifatida jamg`arish funksiyasini ham tan olgan (pulning boshqa funksiyalari inkor etiladi). Platon (Aflotun) "Davlat" va "Qonunlar" asarlarida ideal davlat qanday bo`lishi kerakligini ochib bermoqchi bo`ldi. Uningcha, bu davrda xususiy mulk va erkin xo`jalik tashabbusiga o`rin yo`q. U aholini uch toifaga ajratgan: 24 1. Faylasuflar - davlatni boshqaruvchilar; 2. Harbiylar - davlatni boshqarish apparatining bir qismi bo`lib, ular biror mulk egasi bo`lish huquqiga ega emas, iste'mol qilish esa ijtimoiy xarak- terga ega bo`lishi kerak. 3. "Qora" toifa - dehqon, hunarmand va savdogarlardan bo`lib, ular mulk egasi bo`lishi kerak. Bu olimning mehnat taqsimoti, tovar, pul va sav- dogarlarning ajralib chiqishi o`rtasidagi aloqadorlik to`g`risidagi fikrini o`sha davr uchun buyuk kashfiyot deb baholash mumkin. Ammo, Aflotun qulchilikka asoslangan natural xo`jalikni himoya qildi, pul funksiyasini muomala doirasidagina deb bilishga hara- kat qildi, pulni jamiyatdagi dushmanlikning bosh sab- abchisi deb bildi; u sudxo`rlik operatsiyalarini inkor etdi va baholarni me'yorda saqlash yo`li bilan savdo- garlarning foydasini chegaralashni talab qildi. Aflotun qullarni fuqarolar deb tan olmadi va ularni biror toifa- ga kiritmadi (demak, ular mulk egasi ham bo`lishi mumkin emas). qullar mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar bilan birga 2-toifa ahlining cheklanmagan talab-ehtiyojlarini to`la-to`kis qondirishlari kerak edi. Shunday qilib, Aflotun o`zining ideal, ya'ni bekamu ko`st davlatini barpo etar ekan, qulchilikni abadiy saqlash tarafdori edi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling