Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

J.K.Gelbreyt
 


317 
o`zgarmoqda, bu siyosat tobora kapitalizmni ijtimoiy tomonga burish sari 
bormoqda. 
Hozirgi davr institutsionalizmining asosiy g`oyasi shuki, inson 
postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi sifatida 
qaraladi va yangi jamiyat shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun o`z 
siyosatini qayta ko`rib chiqishi kerak bo`ladi, XXI asr esa "inson asri" deb 
e'lon qilinadi. 
Iqtisodiy evolutsiya jarayonini tadqiq qiluvchi iqtisodiy-globalistlar 
shu qoidaga amal qiladilarki, evolutsiya turli iqtisodlarning o`zaro yagona 
iqtisodga aylanishi emas, balki turli tizimlarga aylanishidir. Bu oqibatda 
yangi industrializatsiyani ta'minlaydi, bunda inson bosh, hal qiluvchi o`z 
o`rnini egallaydi. 
XULOSA 
Hozirgi iqtisodiy ta'limotlar tarixida institutsionalizm muhim 
o`rinni egallaydi. Bu yo`nalish tub ma'nosi bo`yicha klassik maktabga 
muxolif deb qaralishi mumkin, chunki bu ta'limotda iqtisodiy kategoriyalar 
ikkinchi darajali bo`lib, asosiy e'tibor institut (davlat, oila, monopoliya, 
urf-odatlar, huquq, kasaba qo`mitalari va boshqalar)larga qaratiladi
noiqtisodiy omillar yetakchidir. Tadqiqot usulida Germaniya tarixiy 
maktabi qoidalari keng qo`llaniladi, ammo to`la yaqdillik yo`q. 
Institutsionalizm uch oqimga bo`linadi, bular ijtimoiy-psixologik 
(texnokratik, asosiy mafkurachisi T.Veblen), ijtimoiy-huquqiy (yuridik, 
J.Kommons), konyunktur-statistik (empirik- prognoz, U.Mitchell). bu 
tadqiqotlarda islohotlarga, ilmiy-texnika taraqqiyotiga (1-oqim), omma 
fikriga quloq soluvchi hukumat, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, 
ma'muriy kapitalizmni yaratish, huquq sohasini takomillashtirish (2-oqim), 
iqtisodiyotning rivojini aniq raqamlar asosida o`rganish, uning o`zgarishi, 
siklik holati, matematik apparatni keng qo`llash, keyingi taraqqiyot 
bo`yicha prognozlash (3-oqim) xosdir. Bu yo`nalish qonun-qoidalari 
hayotda o`z tatbiqini topmoqda, ammo prognozlar doim ham aniq emas. 
Masalan, AQSHda 1929 yil ravnaq yili deb bashorat qilingan edi, ammo 
amalda "Buyuk depressiya" boshlandi. 


318 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling