Iqtisodiy ta'limotlar


E.Chemberlinning monopolistik raqobat nazariyasi


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

17.2. E.Chemberlinning monopolistik raqobat nazariyasi 
Edvard 
Xeyting 
Chemberlin 
(1899-1967) 
o`z 
asarida 
monopoliyaning mohiyati, monopol baho va monopol foydaning yuzaga 
kelishining chuqur tahlilini bepradi. Uning fikricha, monopoliyaning 
mohiyati - bu taklif ustidan nazorat, bunda baho ustidan ham nazorat 
bo`ladi. 
Differensiatsiya kuchayib borgan sari har bir sotuvchi absolut 
(mutloq) monopoliyaga ega bo`ladi, ammo shu bilan birga, o`rnini bosa 
oladigan boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchining nomukammal raqobatiga 
uchraydi. 
Shundan 
kelib 
chiqib, 
barchasotuvchilar 
"raqobatchi 
monopolistlar" bo`lib, "monopolistik raqobat" kuchlari ta'siri sharoitida ish 
yuritadilar. 
Chemberlin fikricha, bozorlar o`zaro bog`langan, chunki bir-biriga 
bog`liq bo`lmagan sotuvchilar vazifasi bir-biriga yaqin bo`lgan 
mahsulotlarni realizatsiya qilishda hamohangdirlar. Real hayotda bozorlar 
u yoki bu darajada nomukammaldirlar, shu sababli muvozanatga intilish 
to`g`risida gapirish o`ta soddalikdir. Natijada har bir sotuvchi monopolist 
deb hisoblanadi, uning o`z xaridorlari, "noyob" mahsulotini oluvchilar 
bo`ladi. Bozordagi monopolistik sifatida baholarni tartibga soladi. Bu esa 
tovarlar va xizmatlarning real taklif hajmi "sof" raqobat sharoitidagidan 
kam, bahosi esa yuqoriroq bo`ladi. Bu yerda mahsulot differensiyasi eng 
muhim shartdi. Bu kategoriyaning mohiyati shundaki, sotuvchilarning 
tovari (yoki xizmati) da boshqalarnikidan keskin farq qiluvchi belgisi 
bo`lishi kerakligidir. Bu belgi xaridor uchun real yoki xayoliy bo`lishi, 
aslida esa xuddi shu mahsulotga afzallik berilishiga olib kelishi shart. 
Bunday differensiatsiya bo`lgan sharoitda xaridorlar va sotuvchilar 
tasodifiy yoki tartibsiz juftlikka (bu sof raqobatda bo`ladi) birlashmaydilar, 
bu yerda afzallika asoslangan tanlov hal qiluvchidir. 
Sotuvchi -monopolist qo`shimcha xarajarlar qilish yo`li bilan 
sotilayotgan mahsulot hajmini oshirishi (bunda tovar bahosi pasayishi) 
mumkin. Boshqa xuddi shunday tovar sotuvchilar esa bu shuni darhol 
amalga oshira olmaydi deb raqobatdosh tovar markasi bahosini pasaytirish 
yoki yangisini i.ch. davomida, xuddi shunday choralar boshqa raqobatchi 
tomonidan qo`llanilishi mumkinligidan bexavotir bo`ladi. 


321 
Raqobatning baholanmaydigan omillari qatoriga tovarlar sifati va 
reklama kiradi va ular individual yoki alohida xususiyatlarga egadir. 
Differensiatsiya 
mahsulotning 
o`z 
ma'lum 
xususiyatlari 
asosida 
shakllanishi, maslan, alohida xususiyatlar - fabrika markasi, firma nomi, 
qadoqlash yoki tara (agar ular bo`lsa) bo`yicha yoki sifat, shakl, rang, stil 
asosida individual xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Reklama to`g`risidagi g`oyalarning dolzarbligi shundaki, ular 
hozirgi davrda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan. Reklama talabga ikki 
tomonlama ta'sir etadi, u ehtiyojni shakllantirishga ta'sir etadi va uning 
o`zgarishini ham hisobga oladi. Reklama tufayli talab oshganligi sababli, 
belgilangan bahodan qat'iy nazar, mahsulot sotilish hajmi ortadi. Reklama 
ustasining san'ati gipnozchining san'atiga o`xshash bo`ladi. Agar xaridor 
holati ustidan nazorat o`rnatilsa, reklama uchun ketgan xarajatlar daromad 
oshishini ta'minlaydi. Ammo reklamani takrorlayverishdan samaradorlik 
cheksiz emas, daromadlar sotish xarajatlari oshgan sari kamayadi. 
Yuqorida keltirilgan masalalar bilan birga, chakana savdoda 
raqobatning baholanmaydigan qatoriga sotuvchining qulay joylashuvi, 
uning korxonasiga xos umumiy atmosfera yoki umumiy stil, ishni olib 
borish uslubi (manera), odil ishbilarmon sifatidagi obro`si, muloyimligi, 
epchilligi, xaridorlar va birga ishlayotgan bilan shaxsiy bog`lanishlari, 
muhim ahamiyatga ega.
Baholanmaydigan omillar majmuyi haqiqiy qiymat nazariyasi 
doirasida hisobga olinishi kerak. Sof raqobatda har bir sotuvchining bozori 
uning raqib bozori bilan qo`shilib ketadi; monopolistik raqobat sharoitida 
esa bozor boshqalardan ajralgan bo`ladi, buning hammasi birgalikda 
ishlovchi sotuvchilarning yagona bozorini emas, balki sotuvchilar o`rtasida 
(har biriga bittadan) taqsimlangan o`zaro bog`langan bozorlar tarmog`ini 
tashkil etadi. 
Sof raqobat sharoitida alohida sotuvchi bozori umumiy bozor bilna 
qo`shilib, faqat amaldagi baho bo`yicha istalgancha tovarni realizatsiya 
qiladi. Ikkinchi holatda tovarni sotish cheklanadi va yangi uchta omil: 1) 
baho; 2) mahsulot xususiyati va 3)reklamaga xarajatlar bilan belgilanadi. 
Mana shu omillar yordamida xaridorlarning iste'mol qarorlariga ta'sir 
etiladi. Bunda baholarni pasaytirish omili alohida ahamiyat kasb etadi, 
chunki tovarga baho pasayishi mahsulot sifati pasayishi tarzida qilinish 
ehtimoli bo`ladi. 
Monopolistik raqobatning o`ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, 
bunda baholar raqobati yo`qotiladi, oqibatda "quvvatlar ortiqchaligi 
fenomeni"doimiy va odatdagi xodisaga aylanadi. Bu ortiqchalik "jazosiz" 


322 
uzoq vaqt davomida ko`payib boradi, chunki u doim xarajatlardan kattaroq 
bo`lgan boholar hisobiga qoplanib turadi. Butun bozorning ma'lum qismini 
egallash darajasini ko`rsatuvchi bu ko`rsatkich (fenomen) faqat alohida 
patentlar va fabrika markalari bilangina qo`llanmasdan, boshqa, ya'ni 
obro`, ustalik, alohida mahorat kabi xodisalar bilan ham qo`llab-
quvvatlanadi. Bu xodisalar erkin kasb ega (rassom, muzika) faoliyat 
sohasining bir qismi bo`lib, ular ham " monopol daromadlar nazariyasi" 
predmetidir.
Differensiatsiyalashgan mahsulot baho muammosi raqobatli talab 
va harajat egri chiziqlari doirasiga kiritilishi mumkin emas, bu avvaldan 
xulosalardagi xatolarga olib keladi; baho haddan tashqari past, ishlab 
chiqarish masshtabi - juda katta, korxonalar soni - juda kichik bo`lib 
chiqadi. Bundan tashqari raqobatning yana ikkita jihati: differensiatsiya va 
sotish xarajatlari butunlay tushib qoladi. Shu sababli baholarni to`la 
bilmaslik mahsulotga talab elastikligi (qayshiqoqlik)ni pasaytiradi, bu esa 
reklama talabning elastikligini oshirishi, baholar raqobatini esa ancha keng 
qilishiga o`xshaydi va baholar yordamida talab etiladigan qo`shimcha 
xarajatlarni qoplaydi.
Raqobat kurashi evolutsiyasi tovar sifatini oshiradi (buni patent, 
mualliflik huquqlari, firma himoya belgilari, firma alohida qadoqlash usuli, 
mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida, firmaning qulay joylashuvi). 
Reklama esa, erkin raqobat sharoitidan farqli ravishda, bozorlar qo`shilib 
ketishigayo`l qo`ymaydi.
Baholanmagan raqobat omillari firmani xaridorlar talabini 
qondirish uchun yangi imkoniyatlar qidirishga undaydi, ularga "havasning 
pullik qoidalari" ni singdirib boradi. 
Ishlab chiqarish va sotish xarajatlari konsepsiyasida xarajatlar 
fabrika doirasida tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan sarflardangina 
(birinchi) emas deb qaraladi. Transport (tashish), sortirovka (ajratish), 
saqlash, uylarga yetkazish xarajatlari (ikkinchi) mavjud bo`lib, ular 
talablarni qondirish uchun yanada yaxshi qulayliklar yaratadi. Ikki xil 
ko`rinishdagi xarajat o`rtasida chegara o`tkazish (ishlab chiqarish 
xarajatlari, sotish xarajatlari) taklif va talab o`rtasidagi farq kabi qiymat 
nazariyasida fundamental ahamiyat kasb etadi. Sotish xarajatlari maskur 
maxsulotga talabni oshiradi, ishlab chiqarish xarajatlari uning taklifini 
oshiradi. 
"Klassik" va "neoklassik" lar fikricha, sof raqobat iqtisodiy 
o`sishning xal qiluvchi sharti deb hisoblagan bo`lsa, E.Chemberlin 
ta'limotiga ko`ra, raqobat - monopolistlar orasida ham raqobat doimo 


323 
mavjud, bu baholi va baholanmagan raqobat rivoji orqali namoyon bo`ladi 
(mahsulot va reklama sifatini takomillashtirish bilan bog`liq). Birinchi 
marta iqtisodiy liberalizm g`oyasida real hayotda sof raqobat ham, sof 
monopoliya ham mavjud emas degan fikr paydo bo`ldi, o`z mohiyatiga 
ko`ra monopolistik raqobat ko`p sonli sotuvchilar o`rtasida kuzatiladi, bu 
raqobat darajasi bir-birini qoplaydigan raqobatlashayotgan tovarlar soni 
ortishi bilan kuchayib boradi. 
Bundan shunday muhim xulosa chiqariladiki, monopolistik raqobat 
sharoitida xaridor raqobatlashayotgan bir tovarni boshqasidan, bir 
sotuvchini (mutlaq noevivalent bir xil tovarni) boshqa sotuvchidan afzal 
qurishi mumkin. E.Chemberlin mantiqi bo`yicha, kichik yoki o`rtacha 
sotuvchi va ishlab chiqaruvchi ham monopolist bo`lishi va yirik korxona 
subekti bilan bo`ladigan musobaqada bemalol ishtirok etishi mumkin. 
Chunki (markscha tanqidlarga qaramay) monopoliya kapital va ishlab 
chiqarish konsepsiyasi, kapital markazlashuvining zaruriy oqibati emasdir, 
bozor iqtisodiyoti kuchayib borayotgan tendensiyalar raqobati xosdir. 
Amalda monopoliya va monopol bo`lmagan (nomonopol) korxonalar 
o`rtasidagi farq minemallashtiriladi. 
Olim 1937 yil o`z kitobiga qo`shimcha sifatida (kitob 8 marta qayta 
nashr etilgan) "Nomukammmal raqobat" va "Monopolistik raqobat" 
kategoriyalari to`g`risidagi tushuntirishlarda bir tomonlilik mavjudligini 
ta'kidlaydi, birdan-bir xodisaning ikki nomi sifatida qarashlarda o`zaro 
o`xshashlik yetarli baholanadi, ammo, ularning farqi deyarli sezilmaydi, 
deb hisoblaydi u. Ko`pchilik bu farchqning ahamiyatini tushunmasdan, 
masala faqat terminologiya bilan bog`liq deb o`ylashlari mumkin. 
E.Chemberlin o`z tadqiqotlari xulosasida raqobat sharoitida 
monopoliya tabiiy mohiyatiga mustaxkam ishonch bildiradi; tadbirkorlik 
ko`p hollarda o`z monopoliyasini barpo qilish uchun, imkoni boricha 
boshqa tadbirkorlar o`z monopoliyasini kengaytirishiga qarshi choralarni 
kengaytirish va kuchaytirish harakatini qiladi. Olimning fikri bo`yicha, 
asosiy 
vazifa 
shundaki, 
iqtisodiyot 
fani 
"mahsulot 
doim 
diffensiatsiyalashgan bo`lishi sharoitini to`la anglashi shart" dir; bundan 
buyon sof raqobatni barcha sohalarda farovonlik iqtisodiyoti "ideal" 
(bekamu ko`st) deb qarash mumkin emas. 
Keyinchalik E.Chemberlin va uning monopolistik raqobat 
nazariyasi tarafdorlari tomonidan "guruhiy monopoliya" sharoitida ham 
raqobat saqlanishi to`g`risidagi qoidani ilgari surishgan. Bunda gap sherik-
raqobatchilar o`rtasida bozorda ularning ta'sir doira-larini bo`lib olish 
to`g`risida boradi. Asosiy maqsad turlicha (differensiatsiyalashgan) tovar 


324 
mahsuloti bahosini eng yuqori xarajatlar darajasidan past bo`lmagan holda 
realizatsiya qilishdir. 
Hozirgi davrda mahsulotning istisno sifati bilan birga, qo`shimcha 
baholanmagan monopolistik raqobat shartlari kuchayib bormoqda, bular 
alohida tovar yaratuvchi tomonidan yaratilgan texnik takomillashuv, 
firmaga obro`-e'tibor keltiradigan sharoitning ta'minlovchi xaridorlarga 
maxsus xizmat va boshqalar. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling