Iqtisodiy ta'limotlar


Keynchilar va nokeynschilar


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

18.2. Keynchilar va nokeynschilar 
J.M.Keyns g`oyalari uning izdoshlari tomonidan .davom ettirildi va 
uch oqimga ajraldi, biz oqimlarni keynschilik deb ataymiz.
Keyns ta'limoti ayniqsa AQSHda katta shuhrat qozondi. Garvard 
universiteti 
professorlari 
E.Xansen 
(1887-1975), 
S.Xarris, 
J.M.Klarklarning asarlarida bu g`oyalar rivojlantirildi va dastlab yangi 
keynschilik, keyinroq esa ortodoksal keynschilik deb ataldi. Keyns 
qoidalari asosan to`liq qabul qilindi, ammo masalan, Xansen tomonidan 
stagnatsiya nazariyasi bilan to`ldirildi. 
Xansenning fikricha, kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-
qarshiliklaridan emas, balki "tashqi impulslar"ning susayganligi tufaylidir. 
Davlat xarajatlarini o`stirish uchun soliqlarni oshirish taklif etiladi, 
ularning fikricha, ish haqining 25-30 foizi emas, balki 60 foizini soliq 
sifatida olish, shuningdek "me'yordagi inflatsiya" ham taklif etiladi. 
E.Xansen, J.M.Klark va boshqalar multiplikator konsepsiyasini 
to`ldirdilar. Multiplikatorlar ta'siri keyingi qator davrlarda ham bo`ladi, 
ya'ni uni uzluksiz jarayon deb qaradilar. 
Yangi keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o`sishni 
tushuntirishga harakat qiladilar. Ular multiplikator prinsipini akseleratsiya 
prinsipi bilan to`ldirdilar. Bu prinsipga ko`ra, aniq-tiniq sharoitlarda 
daromadlar o`sishi investitsiyalar o`sishiga olib kelishini ko`rsatuvchi 
koeffitsiyent (multiplikator tushunchasiga teskari). Multiplikator prinsipiga 
ko`ra investitsiyaning qanday ishlatilishi juda muhim ahamiyatga ega 
emas, u ish bilan bandlikni ta'minlab, daromadni oshirishi kerak. Yangi 
keynschilar esa investitsiyaning qanday ishlatilishiga katta e'tibor berib, 
industrlashgan investitsiya tushunchasini kiritdilar. Akselerator investitsiya 
o`sishining daromad o`sishiga, ya'ni investitsiyadan keyingi va undan 
oldingi daromadlarning farqlari nisbati bilan aniqlanadi.
Yangi prinsipning mohiyati shundaki, ba'zi bir asbob-uskuna, 
mashina va mexanizmlar ishlab chiqarish uchun nisbatan uzoq vaqt talab 


335 
etiladi, shu muddatni kutish mazkur mashinalar ishlab chiqarishni 
kengaytirishga psixologik (ruhiy) ta'sir etadi, bu esa real talabdan ortiq 
bo`ladi va investitsiyaga talab ham ortadi.
Multiplikator va akselerator g`oyalariga asoslanib iqtisodiyotning 
uzluksiz o`sish sxemasi ishlab chiqildi, uning asosida davlat kapital 
qo`yilmalari yotadi. Davlat budjeti kapitalistik iqtisodiyotda tartibga 
solinadigan bosh mexanizm hisoblanadi. 
Soliqlar iqtisodiyot o`sganda oshadi va inqirozlar davrida 
kamayadi. Davlat to`lovlari esa aksincha, inqiroz davrida oshadi va o`sish 
davrida kamayadi. Shu yo`l bilan Xansenning fikricha, samarali talab 
hajmi me'yorlashadi. Bunda xususiy kapital qo`yilmalarini tartibga solish 
va davlat xarajatlarini sharoitga qarab o`zgartirish chegaralari ham 
belgilanadi. O`sish davrida davlat xarajatlarini cheklash, inqirozlar davrida 
uni oshirish va shu yo`l bilan xususiy xarajatlarni kompensatsiyalash taklif 
etiladi, harbiy iqtisod maqtaladi, uni konyunkturani me'yorlashning eng 
yaxshi vositasi deb qaraladi (AQSHda harbiy xarajatlar doim yuqori 
bo`lishiga e'tibor bering). 
Fransiyadagi keynschilik xususiyatlari. XX asrning 40-yillari 
Keyns g`oyalari Fransiyada ham shuhrat qozondi. Keyns g`oyalarini 
to`laligicha (G.Ardan, P.Mendes-Frans) qabul qilganlar ham bo`ldi. 
Ba'zilari (F.Perru) ssuda foizini tartibga solishni samarasiz deb 
hisobladilar, bundan ko`ra iqtisodiyotni rejalashtirish taklif etildi. Bunda 
davlat yo`li bilan tartibga solishni monopolistik kapitalning xususiy 
manfaatlariga moslashtirish kerak deyiladi. Fransuz olimlari imperativ va 
indikativ rejalashtirishni ajratishadi. Imperativ rejalar direktiv xarakterga 
ega (sotsialistik rejalashtirish). Indikativ rejalashtirishda reja markazi 
asosiy maqsadlarni belgilaydi va turli uslublar bilan tadbirkorlarni ma'lum 
xatti-harakatlarga yo`naltiradi. Ular faqat davlat sektoridagi korxonalar 
uchun zaruriy hisoblanadi (Hindiston, Malayziya va boshqa bir qancha 
kapitalistik mamlakatlarda shu usul qo`llaniladi). Uzoq muddatli 
prognozlar va rejalar tuzish keng qo`llanilmoqda (bu haqda to`laroq 
ma'lumot quyida beriladi). 
Keyns uslubi kapitalizmdagi iqtisodiy inqirozlarning oldini olishga 
qaratilgan edi, ammo II Jahon urushidan keyin AQSH va boshqa 
mamlakatlarda bu inqirozlar davom etmoqda. 1948-49, 1953-54, 1957-58, 
1960-61, 1967, 1969-71, 1974-75 va 1981-82 yillardagi hamda boshqa 
inqirozlar bu fikrimizning dalilidir. 
Bular Keyns ta'limotini tanqid qilish uchun asos bo`ldi. Masalan, 
S.Xarrisning fikricha, Keyns barcha qiyinchiliklarni hisobga ola olmagan, 


336 
masalan, to`la bandlikka erishish haqida gap boradi-yu, qanday qilib uni 
doimo ta'minlash haqida taklif yo`q, inflatsiyaning eng katta darajasi 
noaniq, davlat qarzlarining chegarasi ham berilmagan. 
Keyinchalik yangi keynschilik o`rniga postkeynschilik vujudga 
keldi. Ingliz iqtisodchilari J.Robinson, N.Kaldor, P.Sraffa, amerikalik 
olimlar A.Eyxner, S.Vayntraub mana shu postkeynschilar guruhiga 
kiradilar. Ular kapitalistik tizimning ichki turg`unligi konsepsiyasini tanqid 
qiladilar, Keyns bo`yicha go`yoki asosiy g`oya kapitalistik iqtisodiyotning 
nostabilligi bo`lgan. Yangi keynschilik g`oyalari ham tanqid ostiga olinar 
ekan, agar boshqa olimlar Keyns g`oyalarini statik, ya'ni turg`un deb 
qarasalar, ular bu ta'limotni dinamik, ya'ni harakatchan nazariya deb 
qaraydilar. 
Postkeynschilarning avvalgi davrda paydo bo`lgan "yuqori naf", 
"ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumi" nazariyalarini tanqid 
qilishi xarakterlidir. Ular o`z g`oyalarini D.Rikardoning qiymat qonuniga 
asoslanib ilgari suradilar. Ularga polshalik iqtisodchi M.Kalesskiyning 
taqsimot konsepsiyasi qo`l keldi. Investitsiyalar o`sishi bilan ayrim sinflar 
iste'molining hissalari o`rtasidagi bog`lanish qonuniyati qarab chiqiladi. 
Postkeynschilar o`z tadqiqotlariga ijtimoiy-iqtisodiy institutlar, masalan 
kasaba uyushmalari rolini ham kiritadilar. Bu ta'limotda o`sish va taqsimot 
muammolari markaziy o`rinni egallaydi. Ishlab chiqarishda o`sish sur'atlari 
milliy daromadning taqsimotiga bog`liq, daromad va uning o`sishi esa 
jamg`armaga, umumiy jamg`arma esa ish haqi va foydadan jamg`arilgan 
jami summaga bog`liq. "Jamg`arishga moyillik" har kimda har xil bo`lgani 
sababli, taqsimotdagi o`zgarishlar jamg`armaning umumiy summasiga 
ta'sir etadi. Demak, milliy daromadni taqsimlash uning o`sishiga ta'sir 
qiladi. Undan tashqari, milliy daromadni taqsimlash kapital jamg`arilishi 
funksiyasi hisoblanadi. Kapitalning jamg`arilish sur'ati foyda normasini 
belgilaydi va demak, milliy daromaddagi foyda normasini aniqlaydi. Ish 
haqi hissasi qoldiq miqdor sifatida qaraladi, ammo ishchilar kurashi bu 
nisbatga 
ma'lum 
o`zgartirish 
kiritishi 
mumkin. 
Bu 
yo`nalish 
tarafdorlarining fikri real haqiqatga ancha yaqin g`oyalar hisoblanadi. 
Postkeynschilar iqtisodiy siyosatlarda kapitalistik iqtisodiyotni 
tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish tarafdorlari edilar. 
Ko`pchilik "daromadlar siyosati"ni oqlaydi, chunki bu yo`l bilan 
inflatsiyaga qarshi kurashish mumkin. 
Keyns g`oyalarini neoklassik yo`nalish bilan yaqinlashtirishga 
intiluvchilar ko`p bo`lgan. Ular orasida A.Piguning xizmatlari katta. Uning 
fikricha, inqirozlarning asosiy sababi - bu ish haqining kam 


337 
egiluvchanligidir. Bandlik to`la bo`lmagan holda makroitisodiy muvozanat 
faqat ish haqi va baholarning elastik (qayishqoq) bo`lmagan holatida 
mumkin deb qaraladi. 
Hozirgi davr keynschiligida ikkita tendensiya xukmron blib 
hisoblanadi: 1) AqShning bir qator iqtisodchilari nomi bilan bog`liq 
amerika keynschilari va 2) avvalo Fransuz tadqiqotchilari nomi bilan 
bog`liq Yevropa keynschilari. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling