Iqtisodiy ta'limotlar
Neoklassik sintez konsepsiyasining yangi versiyalari
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
20.2.Neoklassik sintez konsepsiyasining yangi versiyalari
Bu yangi g`oyaning paydo bo`lishi bilan iqtisodiy tahlilda aralash shakldagi qarashlar ustundir, iqtisodiyotni tartibga solishning turli shakllari taklif etiladi. Hozirgi davrda iqtisodiyotni makroiqtisodiy tarbibga solishda asosan uchta ta'limot qarashlari sitbiozm (qarishmasi) ishtirok etadi. Bular 1) turli modifikatsiyadagi keynschilik ta'limotlari, 2) taklif iqtisodiyoti nazariyalari va 3) monetarizm. Keynschilik qarashlarida asosan davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki keng targ`ib etiladi. Bunda konyunkturaning o`zgarishi bilan ishlab chiqarishning yuqori darajasini ta'minlash, ish bilan bandlik, siklik rivojlanishni yumshatish asos qilib olinadi. Bunda asosiy e'tibor davlat budjetiga qaratiladi, shu yo`l bilan to`lov imkoniyatlariga talab to`g`ridan- to`g`ri tartibga solinadi. Monetaristlar fikricha, iqtisodiy hayotga umuman aralashmaslik prinsipi qo`llab-quvvatlanadi. 350 Ayrim fikrlar bo`yicha neoklassik sintez faqat iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishnigina emas, balki umumiy iqtisodiy muvozanatni modellashtirishni ham o`z ichiga oladi. Ayrim olimlarning aytishicha (A.B.Anikin), Samuelsonning neoklassik sintezi avvalo klassik mikroiqtisodiyotni yangi makroiqtisodiyot bilan qo`shilishi deb qaraladi. Yuqorida keltirilgan qarashlarni uch qismga bo`lish mumkin: ularning birinchisi iqtisodiyotda to`la bandlikni ta'minlash va bu prinsipini erkin bozor iqtisodiyoti elementlari bilan birgalikda (iqtisodiy liberalizm) shuningdek, erkin bozor stixiyasini chegarolovchi Keynschilik konsepsiyasi elementlari ham qo`llanilishi mumkin. Ayniqsa, davlat siyosatida Fiskal va pul-kredit tizimlari hamda "ishsizlikning tabiiy normasi" (M.Fridmen) konsepsiyasidagi antiinflatsion imkoniyatlar, hamda Erxard-Ryopkelarning "Ijtimoiy bozor xo`jaligi" prinsiplari birgalikda harakat qiladi. Ikkinchi qarashlarda X1X asrning oxirida neoklassiklar tomonidan ilgari surilgan qiymat (qimmat) nazariyasida eski va yangi qiymat nazariyalari yotadi, yoki harajat nazariyasi va eng yuqori foydalilik nazariyasi yotadi. Bu yerda marjinalistlarning ikkinchi to`lqini vakili A. Marshall ilgari surgan yondashuv sistemasi to`g`risida gap bormoqda. Bu yerda V. Paretto va boshqalarning baho, talab va taklif hamda umumiy iqtisodiy muvozanat masalalari ko`zda tutiladi. Uchinchi qarash bo`yicha umumiy iqtisodiy muvozanatning hozirgi modeli bir vaqtning o`zida makro va mikro iqtisodiy tadqiqotlarga asoslanadi. Bu tadqiqotlarda avvalgi sof iqtisodiy nazariya va mukammal raqobat qarashlardan voz kechiladi, ishlab chiqarish va iste'mol sohalarini bir-biriga qarama- qarshi qo`yilmayd. Bu qarashlarda Keynsning "Psixologik qonuni" ya'ni, daromadlarning iste'molga nisbatan tezroq o`sishi, "Veblen effekti" va boshqa noiqtisodiy omilarning ta'siri ham hisobga olinadi. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling