Iqtisodiy ta'limotlar
Neoliberalizmning boshqa oqimlari
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fridrix fon Xayek
19.4. Neoliberalizmning boshqa oqimlari
F. Fon Xayek Iqtisodiy liberalizm oqimining XX asrdagi asosiy namoyan-dasi asli Avstriyadan chiqqan amerikalik Ludvig fon Mizes (1881-1973) va uning eng sodiq shogirdi Fridrix Xayek (1899-1992)lardir. Ularning maktabi Avstriya maktabi deb ham ataladi. Mizesning fikricha, markazlashgan boshqaruvga asoslangan sotsialistik xo`jalik va hukumat tomonidan tartibga solinadigan bozor uzoq vaqt yashashi mum- kin emas, chunki narx-navo talab va taklifni aks et- tirmaydi. Uningcha, sotsializmning "tartibga solinadi- gan iqtisodiyot"i rejalarni o`zboshimchalik bilan tuzadigan tashkilotchi- larning quliga aylanadi, rejalangan tartibsizlik ro`y beradi. Yagona oqil siyosat - bu liberalizmdir. Mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin al- mashuv tsivilizatsiyaning mutlaq asoslari hisoblanadi. Mizesning asosiy asarlari quyidagilar: "Liberalizm", "Insoniy harakat: iqtisodiyot Fridrix fon Xayek 346 to`g`risidagi traktat", "Iqtisodiy fan asoslari: metodologiya ocherklari" va boshqalar. Ingliz iqtisodchisi asli nemis bo`lib, asosiy faoliyatini Angliyada ko`rsatgan. U 1974 yilda iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofoti laureati bo`lgan. U o`zining "Qullik sari yo`l" asarida har qanday iqtisodiy erkinlikdan va bozor baholaridan voz kechish diktaturaga, ya'ni yakkaho- kimlikka, iqtisodiy qullikka olib borishini isbotlaydi, xo`jalikda bozor tiz- imining "aralash" va "buyruqbozlik" iqtisodiyotidan ustunligini ko`rsatib beradi, kapitalni abadiy kategoriya deb e'lon qiladi, kapitalizm davrida ek- spluatatsiya mavjudligini inkor etadi, davlat iqtisodiyotining sotsialistik g`oyalari to`la tushkunlikka mahkumligi va o`z tabiatiga ko`ra halokatli ekanligini ta'kidlaydi. Bu ta'limotga asoslanib, bir qancha mamlakatlarda hozirgi yaxshi tanish bo`lgan iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqildi. Shular ichida neoliberal- izmga asoslangan nemis nazariyotchisi, GFRning siyosiy va davlat arbobi Ludvig Erxard (1897-1877) yaratgan nazariya "ijtimoiy yo`naltirilgan bo- zor xo`jaligi"ning asosini tashkil etadi. U o`z nazariyasini yaratdi va uni GFRda kansler Adenauer davrida amalga oshirdi ham. Bu nazariyaning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: erkin baholarning zarurligi, erkin raqobat, talab va taklifning muvozanati, iqtisodiyotning muvozanati; davlat bozor xo`jaligida shu shartlarni kafolatlashi va uning ijtimoiy yo`naltirilgan rivojlanishini ta'minlashi kerak. Bu g`oyalar L.Erxardning 1956 yilda chop etilgan "Barcha uchun farovonlik" kitobida ifodalab beril- gan. Nemis olimlari A.Ryustov, Vol'ter Oyken (1891-1950), shveysariyalik V.Rebke (1899-1966)lar ordeliberalizm, ya'ni "o`rta yo`l" ta'limotiga asos solgan bo`lib, ijtimoiy bozor uning bir varianti hisoblanadi. Ular "inson- parvar jamiyat", "xo`jaliklarning ideal tiplari" haqida fikr yuritadilar. Bu model "asoschilari"dan biri siyosiy iqtisodchi Vilgelm Rebke kapitalizm va sotsializm orasidagi "uchinchi yo`l" borligini ko`rsatib berdi. Dunyoda rivojlangan mamlakatlar bo`lmish GFR, Shvetsiya va boshqalar shu yo`lni tanladilar (Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti. T., "Sharq" NMK, 1996, 5-bet). Dastlab 1961 yilda paydo bo`lgan "ratsional kutilmalar" nazariyasi hozirgi davrda keng targ`ib etilmoqda. J.F.Mut tovarlar va qimmatli qog`ozlar bozoriga bag`ishlangan maqolasida "nima uchun biron bir qoida yoki formula hech qachon narxlarning o`zgarishini to`g`ri prognoz qila olmaydi?" degan savolga javob berishga harakat qildi. Uning fikricha, amalda barcha mavjud informatsiya savdogarlar tomonidan darhol qayta 347 ishlanadi va ularning ko`ra bilishi, demak "kutilmalar" ratsional bo`lib chiqadi. 70-yillarda keynschilik siyosati AQSH iqtisodiyotida makro- ekonomik masalalarni hal etishda samarasiz bo`lib qoldi, shunda R.I.Lukas, T.J.Sardjent, N.Uolleslar Mutning maqolasida aytilgan g`oyalarni takomillashtirib, moliya aktividagi narxlar harakatini "ratsional kutilmalar" asosida tushuntirib berdilar. Ularning fikricha, iqtisodiy agentlar ham o`z kutilmalarini siyosatchilar (davlat xodimlari) qo`lidagi in- formatsiya asosida shakllantiradilar va o`z-o`zidan tushunarliki, iqti- sodiyotga siyosatchilarning imkon boricha kamroq aralashuvi uchun hara- kat qiladilar. Amalda iqtisodiy agentlar narxlar prognozini shakllantirishda, ya'ni narxlar o`zgarishini kutganda, bozordagi haqiqiy baholarni aniqlash kabi usullardan foydalanar ekanlar. Bu kutilmalar har doim ham bexato bo`ladi, degani emas va ko`ra bilish mukammal emas, chunki iqtisodiyot tasodifiy, oldindan aytib bo`lmaydigan shok o`zgarishlariga uchrab turadi, bu esa narxlarning subektiv kutilmalarining o`rtacha miqdoriga yoki "ma- tematik kutilma"ga teng bo`ladi, bu aslida obyektiv taqsimotdir. Ratsional prognoz yoki kutilma shunday xususiyatga egaki, kutilayotgan xato har doim nolga teng bo`ladi. R.I.Lukas "ratsional kutilmalar" nazariyasi uchun 1995 yilda Nobel mukofoti laureati bo`ldi. XULOSA Neoliberalizm keynschilik ta'limoti davrida yuzaga keldi, ammo davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha boshqacha talqin etiladi. Davlat "sport sudyasi" vazifasini bajarishi, ya'ni erkin iqtisodiyot qonun- qoidalarini tartibga solishi kerak, xolos. Bu yo`nalishning yirik uch marka- zi Germaniya, AQSH va Angliya paydo bo`ldi. Germaniya ijtimoiy bozor xo`jaligi konsepsiyasi ilgari surildi va amalda yaxshi natijalar berdi, davlat iqtisodiy siyosati darajasiga ko`tarildi. Ijtimoiy va boshqa mamlakatlarda, xususan, mustaqil O`zbekistonda ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Chikagoda paydo bo`lgan monetarizm maktabi M.Fridman nomi bilan mashhur bo`ldi, uning konsepsiyasidagi asosiy masala davlatning qattiqqo`l pul siyosatidir, har yili kon'yukturaga bog`lanmagan holda pul massasini 3-4% oshirish taklif etiladi, bu yo`l AQSHda yaxshi natija berdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling