Iqtisodiy ta'limotlar


Asosiy tushuncha va iboralar


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

Asosiy tushuncha va iboralar 
Neoklassik sintez ; Samuelson; inqirozsiz iqtisodiy sikl; Nobel 
mukofoti laureatlari; "Ekonomiks"; cheklangan resurs; o`sib boruvchi 
iste'mol; 
Ekonometrika 
evolutsiyasi; 
ekonometrika 
sohasidagi 
respublikamiz olimlari. 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.Neoklassik sintezning mohiyati. 
2.P.Samuelsonning "Ekonomiks" asaridagi asosiy g`oyalar. 
3."Ekonomiks" asarida qaysi olimlarning fikrlari tanqid qilinadi? 
4. Yangi yo`nalishning o`ziga xos xususiyatlari. 


361 
5.Iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofotlari qachondan beri 
topshiriladi? Bir necha mashhur laureatlarga xarakteristika bering. 
6.Ekonometrikaning hozirgi davrdagi asosiy yo`nalishlari qanday 
muammolarni hal etadi? 
7.Respublikamiz olimlarining ekonometrika sohasidagi ishlarini 
izohlab bering. 
Dunyo savdo bilan obod bo`lur.
Amir Temur. 
21-BOB. JAHON XO`JALIGI TO`G`RISIDAGI 
IQTISODIY TA'LIMOTLAR 
Hozirgacha biz asosan ayrim mamlakatlardagi milliy iqtisodiyot
iqtisodiy jarayonlar to`g`risida fikr yuritdik. Ammo iqtisodiyotga xos 
bo`lgan muhim bir xususiyat shuki, u chegara bilmaydi, baynalmilal 
xarakterga ega. Agar bu masalaga tarixan yondashilsa, iqtisodiyotning, 
xo`jaliklarning yaqinlashuv jarayoni ilgaridan ma'lum. Masalan, eramizdan 
avvalgi II asrdayoq Buyuk ipak yo`li bilan Xitoy, Yaponiya, Koreya 
mollari Hindiston, Eron, O`rta Osiyo orqali Vizantiya va Italiyaga olib 
kelingan, u yerdan sotib olingan mollar boshqa mamlakatlarga olib 
borilgan. Tarixiy faktlarga murojaat etilsa, har bir karvonda ko`p sonli 
odamlar, yuk ortilgan ot, tuya, xachir va boshqalar bo`lgan, yo`l bir necha 
oylab davom etgan. Bu xalqaro savdo yo`li XIV-XV asrlarda Amir 
Temurning olib borgan iqtisodiy siyosati tufayli keng rivojlandi (kam boj 
olingan, karvon yo`llari qaroqchilardan himoya qilingan, bir kunlik yo`l 
oxirida karvonsaroy bo`lgan, u yerda suv uchun quduqlar, sardobalar 
qurilgan, ot-ulov, yem-xashak va oziq-ovqatlari saqlangan). 
Amir Temur "Dunyo savdo bilan obod bo`lur", degan fikr 
bildirgan, bu fikrning hozirgi davrda qanchalik dolzarbligi hammaga ayon. 
Bobur Hindistonda podsholik qilgan davrda ham bu sohada muhim ishlar 
qilingan. Agradan Qobulgacha bo`lgan yo`l bo`ylab har 15 mil (1 mil q 1.6 
km) masofaga 6 tadan ot va unga qaraydigan xizmatchilar qo`yilib, ular 
xalqqa xizmat qilgan (U.Erskin Bobur Hindistonda T., "Cho`lpon", 111-
bet.) 
Jahon bozorining vujudga kelishi ko`pincha XV asr oxiri va XVI 
asr boshi bilan belgilanadi. Bu fikrda ham jon bor albatta, chunki buyuk 
geografik kashfiyotlar tufayli Amerika qit'asi, ko`plab yangi orol va 


362 
mamlakatlar ochildi. Ular bilan dengiz orqali iqtisodiy aloqa kuchaydi
mustamlakachilik tizimi vujudga keldi. Iqtisodiyotning baynalmilallashuv 
jarayoni doim rivojlanishda bo`ldi va ayniqsa ikkinchi jahon urushidan 
keyin bu jarayon mazmun jihatdan tobora chuqurlashib, hududi kengayib 
bormoqda. Jahon xo`jaligi, uning paydo bo`lishi, rivojlanishi va 
takomillashuv qonuniyatlari, tamoyillari doim olim va mutaxassislarning 
diqqat markazida bo`lgan. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling