Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
I. Fisher
I. Shumpeter 356 L. V. Kantorovich to`g`ri chiziq bo`ladi. Shunday tenglamalar yo`li bilan talab (narxlar, mahsulot hajmi, daromad, soliq va boshqalar), taklif, chiqimlar, import- eksport va boshqa funksiyalarni ifodalash mumkin. Ishlab chiqarish funksiyalari ham shu tipdagi tenglamalar guruhiga kiradi. Birinchi, eng oddiy ishlab chiqarish funksiyasi Ch.Kobb va P.Duglas (AQSH, 1928) tomonidan tuzildi, keyin R.Solou, K.Arrou (AQSH)lar tomonidan umumlashtirildi, unda ishlab chiqarish ko`lami, texnika taraqqiyoti va boshqa omillar ham hisobga olindi. Bunday regressiv modellar alohida mahsulotlar uchun, korxona va firma, tarmoq va umumxalq xo`jaligi uchun ham tuzilishi mumkin. 30-yillarda Ya.Tinbergen (Niderlandiya), 50-yillarda L.Klayn (AQSH), R.Stoun (Buyuk Britaniya) korrelatsion ko`p faktorli modellarni tuzdilar, unda alohida kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotidagi ishlab chiqarish, shaxsiy va davlat talabi, narx, soliq, tashqi savdo oboroti, kapitalning ishlatilishi va jamg`arilishi, ishchi kuchi taklifi va boshqa o`zgaruvchilar o`rtasidagi statistik aloqadorlik o`z aksini topgan. Xalq xo`jaligi tarkibini tahlil etish maqsadida tarmoqlararo balans tipidagi modellardan foydalaniladi. Dastlab bunday model 1925-26 yillarda sobiq SSSRda P.I.Popov (1872-1950) rahbarligida ishlab chiqildi. Keyinchalik bu uslub V.Leontyev (asli rossiyalik, AQSH) tomonidan rivojlantirildi va moliya oqimlari tarkibini o`rganish uchun R.Frish tomonidan tadbiq qilindi. Marksning qayta ishlab chiqarish sxemasi modeli sovet iqtisodchisi G.A.Feldman (1928) tomonidan tayyorlandi. Kapitalistik sikllarning iqtisodiy dinamika modellari Tinbergen, Frish, M.Kaletskiy , J.Xiks, R.Xarrot, P.Samuelson va boshqalar tomonidan ishlab chiqildi. Ekonometrika uslublari ko`pincha ekstrapolatsiya tendensiyalariga asoslangan. Sovet olimi L.V.Kantorovich chiziqli programmalash (1939) uslubining asoschisi hisoblanadi. U V.V.Novojilov, A.L.Lurye (SSSR), T.Kumpans, J.Dansig (AQSH) va boshqalar bilan birga resurslarni optimal taqsimlash va foydalanishga oid iqtisodiy masalalarni hal qilishga imkon berdi. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling