Iqtisodiy ta'limotlar


Ekonometrikaning hozirgi zamon asosiy yo`nalishlari


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

20.4. Ekonometrikaning hozirgi zamon asosiy yo`nalishlari 
Yuqorida iqtisodiyotdagi matematik uslublar to`g`risida fikr yurit-
gan edik (Kurno, Tyunen). Unda iqtisodiyotni dastlab matematika, statisti-
kadan foydalanib tahlil etish usullari berilgan. XX asrda bu yo`nalish yana 


354 
yuqori bosqichga ko`tarildi. Bu yo`nalishning muhim xususiyati shuki, 
uning namoyandalari iqtisodiy ta'limotlar va iqtisodiy tahlillarda matema-
tika uslublarini keng qo`llaydilar, iqtisodiyotga liberal yondoshuv mavjud. 
Davr taqozosi tufayli iqtisodiyotdagi ekonometrika yo`nalishi ham 
tobora rivojlanib, takomillashib bormoqda. Evolutsiya davomida uning 
namoyandalari qo`llaydigan tushunchalar o`zgarmoqda, bugungi kunga ke-
lib miqdoriy tahlil usullari ham rivojlanmoqda, tahlil sohasi ham kengayib 
bormoqda. quyidagi omillar bu yo`nalishning rivojini zarur qilib qo`ydi: 
1. Tahlilning matematik va statistik uslublarining rivoji, ayniqsa 
matematik programmalash, turli o`yinlar nazariyasi, matematik statistikaga 
oid ishlarning ko`payishi; 
2. Ilmiy-texnika taraqqiyotining rivoji, fanning yangi tarmoqlari-
ning paydo bo`lishi, xususan kibernetika, elektron-hisoblash texnikasi
komp'yuterlar tizimi, iqtisodiyot sohasidagi informatsiyaning tobora 
ko`payishi, bu informatsiyani tayyorlash, uzatish, qabul qilish va qayta 
ishlash hajmlarining keskin ortib ketishi; 
Umuman hozirgi davrda hayotni, uning muhim qismi bo`lgan iqti-
sodiyotni bu yo`nalishsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Shu sababli ekonome-
trika ham ilmiy, ham amaliy jihatdan muhim bo`lib qoldi. 
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Lozanna universiteti professori 
L.Valras kapitalistik iqtisodiyotning "umumiy iqtisodiy muvozanati" mo-
delini qurdi. Bu yo`nalish Valras ishining davomchisi, italiyalik olim Vil-
fredo Pareto (1848-1923) tomonidan keng rivojlantirildi. U "eng yuqori 
naf" nazariyasini hal etish, iste'mol ne'matlarining nafi (foydaliligi)ni hiso-
blash uchun harakat qildi va matematik usullardan keng foydalandi. Pareto 
o`z tahlili asosiga daromad miqdori va tovarlar bahosini qo`ydi. 
Iste'mol ne'matlari to`plami turlicha bo`lishi tabiiy. Shu sababli 
Pareto "ideal muvozanat" sxemasini oladi, bunda avtomatik ravishda paydo 
bo`ladigan "xususiy muvozanat" har bir iste'molchining optimal tanlovidan 
vujudga keladi. Bu usul bilan Pareto "eng yuqori naf" nazariyasini boshi 
berk ko`chadan olib chiqa olmadi, lekin uning "afzal ko`rish" va "loqaydlik 
egri chiziqlari" nazariyasidan ekonometrik tadqiqotlarda foydalanib 
kelinmoqda. U Valrasning umumiy iqtisodiy muvozanat nazariyasini 
takomillashtirishga harakat qildi. U ustozidan farqli ravishda ishlab 
chiqarish 
funksiyasining 
mahsulot 
chiqarish 
hajmiga 
bog`liqligi 
koeffitsientining o`zgarishi mumkinligini tan olgan. "Pareto qonuni"da 
kapitalistik 
mamlakatlarda 
aholi 
daromadlarining 
taqsimlanish 
giperbolasining tenglamasi beriladi (1897). 


355 
Foydalilik (naf) funksiyasini topish uchun ne'matlar to`plami 
afzalligi konsepsiyasi Jon fon Neyman tomonidan yanada rivojlantirildi. U 
o`yin nazariyasiga asoslanib, individuumning maksimum yutuqqa intilishi 
sharoitidan kelib chiqib, iste'molchining o`zini tutish modelini ishlab 
chiqdi. Bunda ne'matlar foydaliligi konsepsiyasi psixologik talabni 
qondirish mezonlari bilan bog`lab o`rganiladi. 
R.Xuker 
(Buyuk 
Britaniya) 
tomonidan 
korrelatsion tahlil o`tkazilgan, bunga rus statisti 
A.A.Chuprov 
ham 
ancha 
hissa 
qo`shgan. 
Ekonometrika 
alohida 
ilmiy 
yo`nalish 
sifatida 
iqtisodiy nazariya, matematika va statistikadan 20-30 
yillarda ajralib chiqdi, bu xususan G.Mur va G.Shuls 
(AQSH) asarlari tufayli ro`y berdi. "Ekonometriya" 
matni birinchi bor pol'shalik iqtisodchi P.Chompa 
(1910) 
tomonidan 
ishlatildi 
(ekonometrika 
va 
ekonometriya iboralari teng kuchli hisoblanadi), ilmiy qo`llanuvga esa 
norvegiyalik iqtisodchi R.Frisk (1926) kiritdi. U I.Fisher, I.Shumpeter, 
Ch.Rouz va boshqa amerikalik olimlar bilan birga "Xalqaro ekonometriya 
jamiyati"ning tashkilotchisi hamdir (1930). Bu jamiyat 1933 yildan 
"Ekonometrika" jurnalini nashr etadi. 
U.Mitchell va u boshqargan "iqtisodiy barometrlar"ning Garvard 
maktabi vakillari ham bu yo`nalishga katta hissa qo`shmoqdalar. Keyingi 
davrda italiyalik iqtisodchilar E.Barone va M.Pantaleoni, amerikalik 
I.Fisher, G.L.Mur, E.Chemberlin, shvetsiyalik K.Viksell, G.Kassel va 
boshqalar bu sohada muhim yutuqlarni qo`lga kiritdilar. 
30-yillardagi tadqiqotlar asosan iqtisodiy sikl 
muammolari bilan bog`liq bo`lib, ular bu sikl 
sabablari va iqtisodiy kon'yunktura xarakterini 
aniqlashga 
bag`ishlangan. 
I.Fisher, 
R.Frish, 
M.Kaletskiy va ayniqsa Ya.Tinbergen bu sohada qator 
tadqiqotlarni o`tkazdilar. Niderlandlik olim Tinbergen 
ba'zi sikllar konsepsiyalarini iqtisodiy modellar 
yordamida tekshirishga urinib ko`rdi. U bunday 
sikllardan 1919-1932 yillardagi AQSH, 1870-1913 
yillardagi 
Angliya 
va 
1923-1937 
yillardagi 
Niderlandiya iqtisodiy modellarini tuzib chiqdi: ular ahamiyatga ega 
bo`lmasa-da, matematik-statistik uslublarning rivojiga katta turtki bo`ldi. 
Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, odatda o`zgaruvchilar yoki ularning 
logarifmlari orasidagi bog`lanish chiziqli bo`ladi, ya'ni ularning grafigi 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling