Iqtisodiy ta'limotlar


J.M.Keynsning iqtisodiy ta'limoti


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

18.1.J.M.Keynsning iqtisodiy ta'limoti 
XX asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlarning dam-badam 
takrorlanishi tufayli ko`pgina "kapitalizmni tartibga solishga" oid iqtisodiy 
g`oyalar soni ko`paydi. Ana shunday yo`nalishning yorqin tarafdori bo`lib 
ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1884-1946) shuhrat qozondi. 
Iqtisodchi, davlat arbobi bo`lgan Keyns Iton va Kembridj universitetlarida 
iqtisodiyot va matematikadan ta'lim oldi, A.Marshall qo`lida o`qidi (1902-
1906, 1909-1915 yillarda o`qituvchilik qildi, 1920 yildan Kembridj 
universitetida professor, 1913-46 yillarda iqtisodiy jurnal muharriri bo`lib 
ishladi. 1909 yil "Indeks uslubi" iqtisodiy maqolasi, 1913 yilda uning 
birinchi asari - "Pul muomalasi va Hindiston moliyasi" kitobi chop etildi. 
1919 yilda "Versal tinchlik shartnomasining iqtisodiy oqibatlari" nashr 
etilishi bilan u iqtisodchi sifatida ko`pchilikka tanildi. Bu asarida u 
shartnomaga nisbatan bir qancha tanqidiy fikrlar bildirgan edi. Keyns 20-
30 yillarda iqtisodiyotga oid bir nechta kitoblar yozdi ("Ehtimollik 
to`g`risidagi risola" (1921), "Pul islohoti to`g`risida risola" (1923), "Mister 
Cherchelning iqtisodiy oqibatlari" (1925), "Erkin tadbirkorlikning intihosi" 
(1926), "Pul to`g`risidagi risola" (1930) va boshqalar), ammo unga 
mashhurlik keltirgan bosh asari - "Ish bilan bandlik, foiz va pulning 
umumiy nazariyasi" (1936) kitobidir. 1940 yilda "Urush xarajatlarini 
qanday qoplash mumkin" degan kitobi ham nashr etildi. Bu asarlardagi 
bosh 
masala 
kapitalizmni 
oqlash, 
uning 
inqirozlarsiz 
rivojini 
ta'minlashning abadiyligini isbotlashga urinishdir. Uning yaratgan 
nazariyasi iqtisodiyot ta'limotlari tarixida alohida o`rin egallaydi va bu 
o`ziga xos inqilob bo`lib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy 
asarining boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi. 
Keyns ta'limotining asosiy va yangi g`oya shuki, bozor iqtisodiy 
munosabatlari tizimi mukammal va o`z-o`zini avtomatik ravishda tartibga 
sola olmaydi. Shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy 
o`sishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta'minlay oladi. Bu 
ish davridagi amaliy iqtisodiyotdagi konkret ahvol bilan chambarchas 
bog`liq edi. Yetakchi olimlarning ta'kidlashicha (J.K. Gelbreyt, M.Blaug), 
firmalar, monopoliya va oligopoliyalar faoliyatidagi tengsizlik nisbatan 
kichik doiradagi odamlarning faoliyati bilan bog`liq, bu tengsizlik 
prinsipida davlatning aralashuvi bilan tuzatilishi mumkin edi.
Aslida u iqtisodchi Alfred Marshallning - Kembridj maktabining 
davomchisidir, ammo yondoshuv boshqacha. Asosiy nazariy muammolar 
qiymat, kapital, ish haqi va boshqalar bo`yicha asoslanadi. Psixologik 


329 
omillarning ustunligiga ishonadi va qiymatning mehnat nazariyasini, 
qo`shimcha qiymatni inkor etadi, uni ishlab chiqarish omillari konsepsiyasi 
bilan almashtiradi. Keyns kapitalizm bozor iqtisodi illatlarini to`g`rilash 
uchun davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdori bo`lib chiqdi. 
Vaholanki, avvalgi olimlar (klassik maktab) buni inkor etganlar va 
inqirozni tasodifiy voqea deb hisoblaganlar. Avvalgi tadqiqotchilardan 
farqli ravishda "samarali talab"ni, ya'ni iste'mol va jamg`arishni birinchi 
o`ringa qo`yadi. Yuqorida qarab chiqilgan iqtisodiy ta'limotlardan biri - 
merkantilizimda davlatning iqtisodiyot (siyosat)ga aralashuvi talab etiladi, 
proteksionim iqtisodiy siyosati shuni talab etadi. J.M.Keyns u yaratgan 
konsepsiyaga mekantilistlarning ta'sirini imkor etmaydi. Ikkala ta'limotdagi 
umumiy g`oyalar quydagilardan iborat:
Mamlakatda pul masalasini ko`paytirish uchun intilish (pulning 
qadrini biroz pasaytirish), va shunga muaofiq ssuda foizini kamaytirish va 
ishlab chiqarishga investitsiyalarni qo`yishni rag`batlantirish vositasi 
sifatida, baho (narx-navo)lar oshuvini qo`llash (savdo va ishlab chiqarishni 
rag`batlantirish usuli sifatida), pulning yetishmasligi ishsizlik sababi deb 
tan olinadi iqtisodiy siyosatning milliy (davlat) xarakteriga ega ekanligi 
tushuniladi. U tadqiqotning makroiqtisodiy uslubini, ya'ni makroiqtisodiy 
ko`rsatkichlar bo`lgan milliy daromad va jamg`armalar o`rtasidagi 
bog`lanish va nisbatlarni tadqiq qilish g`oyasini ilgari surdi. Bu tadqiqot 
usuli o`z davrida fiziokratlar (F.Kenye, A.Turgo) K.Marks tomonidan 
qo`llanilgan Keynsgacha mikroiqtisodiy yondashuv, ya'ni alohida xo`jalik 
obyektlari bo`lgan firmalar iqtisodiyotini tahlil etish rasm bo`lgan edi. 
Firmaning rivoji millat mamlakat ravnaqi bilan bir deb qaralar edi. Asosiy 
e'tibor umumiy iqtisodiyotga emas, balki firmaga qaratilgan edi. Keyns 
ta'limoti iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog`liqdir. Agar Marks 
kapitalistik tizimning yemirilishini ba1shorat qilgan bo`lsa, Keyns 
kapitalizm muhandisi sifatida uni ta'mirlash yo`lini 
aniqlab 
berdi. 
Davlat 
tomonidan 
rag`batlantiraladigan 
talab 
"samarali 
talab" 
konsepsiyasi ilgari suriladi. 
Kapitalizmning bosh illatlari bu ishsizlik va 
inqirozlardir, 
Keyns 
bularning 
sabablarini 
sohibkorlar psixologiyasidan topishga intiladi. 
Inqirozlar kapitalistning qayfiyatiga qarab ro`y 
beradi, ya'ni optimizmdan pessimizmga o`tganda 
bo`ladi. Asosiy e'tibor "iste'molga moyillik" va 
"jamg`arishga moyillik"ka qaratiladi.  

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling