Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
XULOSA XVII-XVIII asrlarda qulay ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda dastlab Angliyada klassik iqtisodiy maktab kurtaklari paydo bo`la boshladi. Bu yangi iqtisodiy g`oyalar V.Petti nomi bilan bog`liq (burjua inqilobi, man- ufaktura va savdoning rivojlanganligi, agrar islohot, dehqonlarning chega- ralanishi, mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik hamda iqlimiy sharoitlar). Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi avvalgi g`oya mer- kantilizmdan prinsipial farq qiladi, agar merkantilizmda boylikning asosi muomala sohasi (javohir, oltin, kumush, pul, savdo saldosi)da vujudga ke- ladi deb qaralgan bo`lsa, endi boylik ishlab chiqarish sohasida vujudga ke- ladi deb isbotlab berildi. V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tad- birkorlikni, kapitalistlarni himoya qildi, xususiy mulkni "muqaddas" va "dahlsiz" deb bildi. U iqtisodiy tadqiqotda tabiiy fanlarni, ya'ni mavhum usullarni qo`llab har bir masalaning ichki bog`liqligiga asosiy e'tiborni qaratdi, matematik va statistik usullardan keng foydalandi. V.Petti "tabiiy baho" (qiymat), "siyosiy baho" tushunchalarini ki- ritdi, tovar qiymatining unga sarflangan mehnat miqdori bilan o`lchanishi g`oyasiga, ya'ni qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi. "Mehnat boy- likning otasi, yer esa uning onasidir" degan fikrni bildirdi. Qiymatni aynan almashuv qiymati (pul) shaklida tushundi. Ish haqi ishchilarga tirikchilik uchun zarur bo`lgan jismoniy mini- mum, ya'ni "yashash, mehnat qilish va ko`payish" uchun kerak darajada 130 to`lansa bas, degan g`oyani ilgari surdi. Kapitalistlarning foydasini imkoni boricha oshirishni, ishchilarning soliq to`lashlarini zarur deb bildi. Pulning roli va uning mamlakatdagi miqdori masalalarini asosan to`g`ri hal etdi, ya'ni pul miqdori ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga to`g`ri, pulning aylanish oborotiga esa teskari proporsionalligini aniqladi. Pulning me'yorda bo`lishini qo`llab-quvvatladi. Yer va renta masalalarini ancha puxta ishlab chiqdi. Ish haqi va rentaning bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi (yer bahosini to`g`ri hal etmadi). Petti "Siyosiy arifmetika" va boshqa asarlarida statistika, aniqrog`i demografik statistika faniga asos soldi. "Aholi - boylik asosi" masalasini to`g`ri qo`ydi. Milliy daromad masalasini qo`ydi va uni qisman hal etdi. Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vakili P.Buagilber ham muhim g`oyalarni ilgari surdi. Bu mamlakat ahvoli An- gliyanikidan ancha katta farq qilardi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda o`ziga xoslik seziladi. Agar Petti ko`proq sanoat va savdoni qo`llagan bo`lsa, Buagilber asosan qishloq xo`jaligi sohasini tadqiq etdi va o`zining muhim xulosalarini chiqardi. Qiymatni aynan iste'mol qiymati shaklida tushundi. "Proporsional baholar" tarafdori edi, erkin tadbirkorlik, raqobat va erkin baholarni qo`lladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini to`g`ri tushuntirib berdi, pulga salbiy munosabatda bo`ldi, oltin va kumushlarni yovuzlik sababi deb bildi. Noto`g`ri ravishda faqat qishloq xo`jaligini qo`llab-quvvatladi, sanoat va savdoga kam e'tibor qildi. Buagilberning iqti- sodiy islohotlari bo`yicha takliflari o`z davri uchun nihoyatda ahamiyat- lidir. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling