Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
Fransua Kenye
134 F.Kenye "tabiiy tartib" konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning uslubiy platformasi edi ("tabiiy huquq" konsepsiyasini eslang), bunda u paydo bo`layotgan va tobora mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy mulkni tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor bahosining stixiyali o`zgarishi, ya'ni davlatning aralashuvini inkor etadigan jarayonni qo`llab-quvvatladi, boylikning adolatli taqsimlanishini istar edi. Iqtisodiy rivojlanish odamlarning istak xohishiga bog`liq bo`lmagan tabiiy jarayon bo`lib, uning ma'lum qonuniyatlarga bo`ysunishini tan olish fiziokratlarn- ing so`zsiz yutug`i edi. Bu qonunlar ularning fikricha tarixiy bo`lmay, ab- adiy qonunlar deb qaralgan edi. Shu sababli ishlab chiqarishning kapitalis- tik (bozor) shakli tabiiy va abadiy ishlab chiqarish shakli deb hisoblangan (hozirgi rivojlanish buni ko`p jihatdan isbotlamoqda). F.Kenye almashuvning ekvivalentligi ta'limotini ilgari surdi. U al- mashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, demak, almashuv jarayoni hech narsa ishlab chiqarmaydi, deb hisoblagan. Erkin raqobat sha-roitida al- mashuv sohasida teng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro`y beradi. Bu qiymat tovarlarda ular bozorlarga kirmasdan oldin ham mavjud bo`ladi (V.Pettining tovar qiymati faqat almashuv paytida paydo bo`ladi, degan fikri noto`g`ridir). Bundan kelib chiqadiki, almashuv jarayonida boylik yaratilmaydi va foyda paydo bo`lmaydi. Almashuvning ekvivalentligi to`g`risidagi ta'limot mekantilistlarning qarashlarini inkor etish uchun naz- ariy asos bo`ldi. Bu holat shu bilan birga fiziokratlardan boylik manbayini muomala sohasidan tashqarida izlashni taqozo etdi. Ammo, F.Kenye mi- qdorli qiymatlarning almashuvi sababini to`g`ri tushuntirib bera olmadi, chunki qiymat nazariyasi hali to`la ishlab chiqilmagan edi va u qiymatni ishlab chiqarish harajatlari bilan aynan bir deb hisobladi. Fiziokratlarning iqtisodiy tizimida "sof mahsulot" to`g`risidagi ta'limot markaziy o`rinni egallaydi. F.Kenye yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish harajatlari o`rtasidagi farqni sof mahsulot deb bilgan, boshqacha qilib aytganda bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshiqcha mahsulotdir. F.Kenye "sof mahsulot" faqat qishloq xo`jaligida, dehqonchilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta'sirida iste'mol qiymatlari miqdori ko`payadi, deb ta'kidlaydi. Sanoatda esa iste'mol qiymatlari faqat turli kombinatsiyalarga uchraydi, mehnat jarayonida dehqonchilikda yaratilgan mahsulotning shakli o`zgaradi, lekin uning mi- qdori ko`paymaydi, shuning uchun "sof mahsulot" paydo bo`lmaydi va boylik yaratilmaydi (kuchli, ammo noto`g`ri mantiq bor). A.Smitning fikricha, shu asosda hunarmandlar (sanoatchilar) un- umsiz, foyda bermaydigan sinf deb qaralgan. Aslida esa fiziokratlar bu 135 sinfning borligini tan oladilar, uni unumsiz emas, balki foydaga sof qo`shimcha daromad keltirmaydigan sinf deb qaraganlar. A.Turgo esa bu sinfga yuqori baho berib, "haq to`lanadigan sinf" deb qaraydi. Fiziokratlar qiymatni iste'mol qiymatiga, hatto tabiat mahsulotiga tenglashtirganlar (almashuv qiymati ham bor). Ularni faqat miqdoriy soha, ya'ni ishlab chiqarish jarayonida olingan iste'mol qiymatlarining ortiqcha qiymati (iste'mol qilingandan ortig`i) qiziqtirgan. Bu narsa asosan dehqonchilikda aniq namoyon bo`ladi. Ammo F.Kenye ta'limotining boshqa tomoni ham bor, uning fikricha "sof mahsulot" miqdori ishlab chiqarish chiqimlarining miqdoriga bog`liqdir, bu chiqimlarga xom ashyo sarflari, materiallar va ish haqi kiradi. Materiallarning qiymati belgilangan- ligi tufayli, ish haqi tirikchilikning minimum harajatlariga keltirilgan ekan, "sof mahsulot" (qo`shimcha qiymat) qo`shimcha mehnatning samarasi si- fatida yuzaga keladi. Shunday qilib, fiziokratlarda qo`shimcha qiymat tushunchasi qarama-qarshi xarakterga ega. Ular uni tabiatning sof hadyasi hamdir, ya'ni dehqonlarning qo`shimcha mehnati natijasidir, deb qaragan- lar (qo`shimcha qiymat yaratishda tabiat ham ishtirok etadi). Fiziokratlarn- ing bunday fikrlashi qiymatning ijtimoiy tabiatini tushunmaslikdan va qiymat tushunchasini iste'mol qiymati bilan qorishtirib yuborish oqibatida yuzaga keldi. Foyda tushunchasi mustaqil kategoriyaga ajratilmagan, hatto inkor etilgan. Renta qo`shimcha qiymatning yagona shakli sifatida qabul qilingan ekan, foyda ishlab chiqarish chiqimlarining faqat ajralmas qismi bo`lishi mumkin edi. Ular foydani ish haqining shakli sifatida qaraganlar, foyda go`yoki odatdagi ish haqidan o`zining kattaroq miqdori bilan farq qilgan va u kapitalistlar tomonidan foyda sifatida to`la iste'mol qilingan. Fiziokratlarning "unumli" va "unumsiz" mehnat to`g`risidagi ta'limoti "sof mahsulot" to`g`risidagi ta'limot bilan chambarchas bog`liq bo`lib, uning mantiqiy davomi deb hisoblanadi. Merkantilistlardan farqli ravishda ular "sof mahsulot" yaratuvchi mehnat unumli bo`ladi, ya'ni qo`shimcha qiymatni yaratadi, degan edilar. Bu unumli mehnatning tabiati to`g`risidagi masalaga prinsipial to`g`ri yondashish yo`li edi. Ammo renta qo`shimcha qiymatning yakkayuyagona aniq shakli sifatida tan olinganligi sababli dehqon mehnati birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanadi, ishlab chiqarishning boshqa sohalaridagi (sanoatda ham) mehnat "unumsiz", ya'ni samarasiz deyiladi. Bundan dehqonchilik mehnatini boshqa mehnat turlari- ga qarshi qo`yish asossizdir, chunki yollanma mehnat ishlab chiqarishning qaysi sohasida qo`llanmasin, qo`shimcha qiymat yaratadi, demak bu ham mehnat, bu soha ham unumli mehnatdir. 136 F.Kenye "sof mahsulot" to`g`risidagi o`z qarashlari asosida ja- miyatni uch sinfga bo`ladi: unumli sinf (fermerlar), yer egalari sinfi va un- umsiz sinf (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). Unumli sinfga dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo`jalik ishchilari ham, fermer- lar ham, ya'ni uningcha "sof mahsulot" yaratuvchilarning hammasi kiradi. Yer egalari "sof mahsulot" yarat-maganligiga qaramasdan, shu bilan birga bu mahsulotning iste'molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to`lovi sifatida oladilar. Samarasiz, "unumsiz" sinf vakillari esa dehqonchilikdan boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat sohasi). Ular "sof mahsulot" yaratmaydilar. Jamiyatning sinfiy tuzilishi to`g`risidagi bu ta'limotning asosiy kamchiligi shuki, F.Kenye yangi jamiyatning asosiy sinflarini ko`ra bil- maydi, to`g`rirog`i bunga tarixiy sharoit halaqit beradi. Bu tizimda yollanma ishchilar bilan kapitalistlar birlashtirilgan. Fransiyada o`sha davrda kam bo`lsa ham, proletariat sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik munosabatlar rivojlanmaganidan burjua jamiyatining boshqa sinflarga qarshi tura oladigan mustaqil sinfiga ajralmagan edi. Sinflar to`g`risidagi ta'limotning bu kamchiliklaridan qat'i nazar, jamiyatni sinflarga bo`lishning iqtisodiy belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini ko`rsatishga urinish ijobiy voqea hisoblanadi. Fiziokratlarning muhim xizmatlaridan biri shuki, ular birinchilar- dan bo`lib, kapital tushunchasini tahlil qilishgan. Asarlarida bevosita "kapital" so`zi qo`llanilmagan, ammo yerlarning zaxini qochirish, ya'ni yer sifatini yaxshilash, qurilish, ot, plug, borona uchun ma'lum tipdagi dastlab- ki avans (bo`nak) hamda urug`lik va ishchibatraklarga beriladigan avans boshqacha ekanligi aniq belgilanadi. Chunki birinchisiga qilingan harajat bir necha yilda bir marta bo`lib, o`z-o`zini asta-sekin qoplaydi (asosiy kapital), ikkinchisi esa yiliga yoki doim bo`lib, har bir hosil tufayli qoplangan. Shu sababli F.Kenye ularni dastlabki avans (hozirgi zamon nuqtayi nazaridan asosiy kapital) va yillik avans (aylanma kapital) deb ata- di. Bu g`oya A.Smit tomonidan rivojlantirildi. Bu o`sha davr uchun buyuk kashfiyot edi. Shunisi muhimki, aylanma kapital bilan birga asosiy kapital ham doim harakatda deb qaraladi. Dehqonchilikda qo`llaniladigan kapitalning moddiy elementlariga qishloq xo`jaligi qurollari va inventar, mol, urug`lik, odamlarning tirikchilik vositalari va boshqalar kiritilgan. F.Kenye merkantilistlardan farqli ravishda (ular kapitalni pul bilan aynan bir deb hisoblaganlar), pullarning o`zi emas, balki pulga olinadigan ishlab chiqarish vositalari kapital hisoblanadi, deydi. Ammo kapitalning bu moddiy elementlari umumiy mehnat jarayonining oddiy elementlari sifati- 137 da, kapitalistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ijtimoiy shaklidan ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, ya'ni tarixiy bo`lmagan kategoriya deb ko`rsatiladi. Ishlab chiqarish chiqimlari (xarajatlari)ni tadqiq qilish orqali kapitalning tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo`ldi, bunda kapitalning (oborot) aylanish xarakteri hisobga olindi. Kapitalning bir qismi boshlang`ich avans (bo`nak) hisoblanib, unga qishloq xo`jalik inven- tari, qurilish, mol va boshqalarga ketgan sarflar kiradi, shulardan 10 foizi yillik amortizatsiya hisoblangan, yillik avans deb atalgan kapitalning boshqa qismiga urug`lik olish, asosiy qishloq xo`jalik ishlari, ishchi kuchi uchun harajatlar kiradi. Boshlang`ich avans bilan bog`liq kapital sarfi ishlab chiqarish sikli bir qancha (qator yillar) ichida to`la aylansa, yillik avansga sarflangan kapital esa bir ishlab chiqarish sikli (bir yil) davomida to`la aylanadi. Bu yerda amalda doimiy va aylanma kapital to`g`risidagi g`oya berilgan, am- mo bu tushunchalar boshqa so`zlarda ifoda etilgan, xolos. Shunisi diqqatga sazovorki, F.Kenye kapitalni asosiy va aylanma kapitalga bo`lganda faqat ishlab chiqarish kapitali bilan bog`lagan holda bergan, uni muomala kapitali (savdo kapitali) bilan qo`shib yubormagan. Shu sababli u pul va tovarni ishlab chiqarish kapitalining biror tarkibiy qismiga kiritmasdan, to`g`ri fikr yuritgan. Shunday qilib, fiziokratlar asosiy va aylanma kapital- ga oid muammoni nazariy jihatdan yechishga asos soldilar. F.Kenye iqtisodiyot tarixida takror ishlab chiqarish jarayonini va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko`rsatish uchun bi- rinchilardan bo`lib urinib ko`rdi. U o`sha davr jamiyati fuqarolarini uch sinfga bo`ladi: birinchisi - unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi - mulkdorlar sinfi (pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi - unumsiz sinf (hunarmand, ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon sxematik ravishda "Iqtisodiy jadval"da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi ko`rsatilgan, buning oqibatida ishlab chiqarishning avvalgi hajmida qayta boshlash uchun shart- sharoitlar yaratiladi. "Iqtisodiy jadval"ning bir necha variantlari mavjud, biri Versalda 1758-1759 yillarda chop etilgan. 1894 yilda bu jadvalning boshqa varianti topildi. Birinchi variant bo`yicha (2-chizmaga qarang) kapital aylanishi quyidagicha ro`y beradi. qishloq xo`jaligida yaratilgan jami qimmat 5 mingga teng bo`lib, shundan 3 mingi yerni ishlashga ketgan xarajatdir. Fermerlar yetishtirilgan mahsulotning 2/5 qismidan aylanma kapital uchun foydalanadilar, 1/5 qismi unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy kapitalni 138 (asbob-anjomni) ta'mirlash uchun kerakli asbob-uskuna olinadi. Bu yerda fermerlar faqat "boshqarish uchun haq olganliklari" sababli unumdor narsa fermer mehnati emas, balki yerdir. qoldiq esa yer egasiga renta sifatida to`lanadi. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling