Iqtisodiy ta'limotlar
Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
6.3. Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga
kelishi. P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari Agar Angliyada klassik iqtisodiy g`oyalarning boshlanishi V.Petti nomi bilan bog`liq bo`lsa, Fransiyada P.Buagilber bilan boshlanadi, bu g`oyalar Angliyada Rikardo bilan intihosiga yetgan bo`lsa, Fransiyada Sismondi bilan yakunlanadi. Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq qilar edi. Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo`lib, qirollar ("qirol - quyosh - Ludovik XIV") va uning atrofidagilar tomonidan qattiq himoya qilingan. Kolber tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat iqtisodiyotining umumiy rivojiga olib kelmadi. U sanoatni, moliyani taraqqiy ettirish tarafdori edi, ammo bu ish qishloq xo`jaligining ziyoniga o`tkazildi, feodal munosabatlar to`la saqlab turildi (eslang, Angliya burjua inqilobi XVII asrda bo`lib o`tdi, vaholanki Fransiyada bu inqilob XVIII asr oxirida ro`y berdi), bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga to`siq edi. Manufakturalar paydo bo`ldi, ammo rivoj topmadi. Sex tizimi saqlangan bo`lib, rivojga to`siq edi. Yer masalasi to`la hal etilmadi, "Senyorsiz yer yo`q" tamoyili saqlandi, mayda yer egaligi, dehqonlarning turli soliq va yig`imlarga mahkum etilganligi ularni bu tizimda yerni yaxshilash va ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag`batlantirmas edi, vaholanki, aholining 3/4 qismi dehqonlar bo`lib, ular bu sohada tushkunlikda edi. Shu sababli, bu sohada islohotlar o`tkazish zarur bo`lgan, ammo unga shu davrdagi tizim halaqit berardi. Ichki bozor tor bo`lib, kapitalistik tadbirkorlikning o`sishiga yo`l bermasdi. Bu sinf asosiy soliq to`lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar umuman soliq to`lamagan, shahar burjuaziyasi hali nisbatan kam sonli, soliqlardan ustalik bilan bosh tortar edi. Yana bir muhim to`siq - bu urushlar edi. Fransiya olib borgan uru- shlar tufayli mablag`larning asosiy qismi shu urushlarga sarflanardi. qirol saroyidagi bazmi jamshidlar ham davlat xazinasiga katta ziyon keltirar edi. Demak, Fransiyada XVII asrning ikkinchi yarmida feodal muno- sabatlar o`zining cho`qqisiga chiqqan edi (Angliya bilan solishtiring), va- holanki Angliyada burjua inqilobi bo`lib, kapitalistik munosabatlar tez shakllana boshladi. Fransiyada yuqori tabaqa barcha yerning egasiga aylandi, dehqonlar shaxsan ozod bo`lsalar ham, feodal majburiyatlar ni- 124 hoyatda ko`p edi. Xo`jalikdagi kapitalistik uklad nihoyatda sekin rivojlan- di, ichki bozor hiyla tor edi, xalq xo`jaligida natural xo`jalik asosiy bo`lib, sanoat rivoji past bo`lgan. Faqat zeb-ziynat buyumlari va parfumeriya mahsulotlari tayyorlash bo`yichagina Fransiya Yevropada yuqori o`rinda edi. Ana shunday sharoit Fransiyaning XVII asr oxiri - XVIII asr boshidagi sotsial-iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Fransiyadagi asoschilaridan biri bo`lgan Pyer Buagilber (1646-1714) ning iqtisodiy qa- rashlariga katta ta'sir ko`rsatdi. Pyer Lepezan - iqtisodchining asl familiyasi bo`lib, de Buagilber - bu oila yer pomest'esining nomi edi. Lekin tarixda Pyer Buagilber nomi saqlanib qoldi. Pyer Lepezan de Buagilber dvoryan normand oilasidan chiqqan, u yaxshi ma'lumot olgach, adabiyot bilan shug`ullandi, keyinchalik Ruan okrugida oilaviy kasb-hunar sudya (hakam) lavozimini egalladi; dehqonlar ishini olib bordi; o`z ko`zi bilan ularning nochor ahvoliga guvoh bo`ldi; u bu lavozimni umri oxirigacha saqlab qoldi va katta o`g`liga topshirdi; o`zini "qishloq xo`jaligining advokati - himo- yachisi" deb atadi. Olimning tadqiqot predmetini qisqacha qilib jamoat boyligi kon- sepsiyasidan iborat deyish mumkin. Bu boylik pulning fizik massasi bilan emas, balki turli-tuman foydali boylik va buyumlardan, masalan, non, vino, go`sht, kiyim-kechak va boshqalardan iboratdir. Hatto yerga va pulga egalikning o`zi boylikni ta'minlaydi. Agar yer ishlanmasa, pul esa hayot uchun zarur ashyolar (masalan, oziq-ovqat va kiyim-kechak) aralashtiril- masa bunday "boylik" egasi qashshoqlikka mahkum etiladi. Shu sababli jamiyatda pulni ko`paytirish emas, balki ishlab chiqarishni o`stirish masalasi iqtisodiy fanning asosiy vazifasi hisoblanishi kerak. Olimning tadqiqot uslubiga quyidagilar xos: ·erkin raqobat sharoitida iqtisodiyotda avtomatik mo`'tadillik mavjud bo`ladi; ·tovarlar va xizmatlar qiymati (qimmati) ni belgilashda xarajatlar qoidasiga amal qilinadi; ·milliy iqtisodiyot manfaatlari uchun shaxsiy manfaatning jamoat manfaatlaridan ustunligi tan olinadi; ·xo`jalik hayotida pulning mustaqil va ahamiyatli roliga yetarli baho berilmaydi va boshqalar. Buagilber sanoat va savdoni kamsitish yo`li bilan qishloq xo`jaligining roli ataylab mutlaqlashtirgan. 125 Adam Smitdan ancha oldin shaxsiy manfaat (egoizm)ning jamiyat uchun ahamiyatini ko`ra bildi. 1691 yilda u Fransiyani og`ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini taklif etdi. Dastlabki fikrlari bo`yicha turli islohotlar o`tkazib (ular burjua- demokratik xarakterga ega bo`lishi kerak edi), 1707 yilda esa uning g`oyalari yetilib, quyidagi uch qismdan tarkib topdi: 1. Soliq tizimini o`tkazish. Soliq tizimining dehqonlar mehnatidan manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi, undan tashqari soliq barchaga tegish- li bo`lishi kerak edi. 2. Ichki savdoni har xil cheklashlardan ozod qilish (ichki savdo erkinligi); bu chora ichki bozorni kengaytirish, mehnat taqsimotining o`sishini ta'minlash, tovar-pul muomalasini kuchaytirishi kerak edi; 3. Donning erkin sotilishiga yo`l berish, donga tabiiy baho ta'sirini cheklamaslik. Gap shundaki, mamlakatda donga sun'iy ravishda baho bel- gilangan bo`lib, ishlab chiqarish harajatlari qoplanmas edi, don yetishtirish o`smay qo`ygan edi. Buagilberning fikricha, iqtisodiyot erkin raqobat sha- roitida rivojlanishi va tovarlar bozorida "haqiqiy qiymat"ga ega bo`lishi kerak edi. U davlat bu sohada dehqonlarga homiylik qilishi zarur, deb hisobladi. Bu islohotlar mamlakat va xalq farovonligini oshirish va xo`jalikni rivojlantirishning boshlang`ich shartlari bo`lishi kerak edi. Buagilber o`z g`oyasini reklama qilish maqsadida bu islohot bu oyda qirolga kerak bo`lgan summani yetkazib beradi, degan fikrni tarqatdi. Vazirlar esa ikki soat davomida kerakli qator qonunlarni tayyorlashi mumkin va xo`jalik "xuddi hamirturushdagi kabi" tez o`sadi, deydi u. U o`z takliflari bilan bir necha bor murojaat qildi. Ammo, uning bu harakatlari zoye ketdi. U o`z g`oyalarini kitoblarda bayon etdi va bu kitoblarni nashr ettirdi. Uning aso- siy iqtisodiy asarlari "Fransiyaning to`la tavsifi", "Fransiya to`g`risida varaka", "Boyliklar tabiati to`g`risida traktat" va boshqalardir. Uning ayrim asarlari, masalan, 1707 y. 2 jildda chiqarilgan "Fransiya ayblari" kitobi ta'qiqlangan. Ularda Fransiyaning shu davrdagi og`ir iqtisodiy ahvoli to`la yoritib berilgan, ayniqsa qishloq xo`jaligining orqada qolish sabablari to`g`ri berilgan. Xalq xo`jaligi orqada qolishining bosh sababi - olib bori- layotgan iqtisodiy siyosatning, Kolber (moliya boshlig`i) va boshqalarning merkantilistik qarashlari fosh etilgan. U faqat sanoat rivojini bir tomonla- ma qo`llab-quvvatlashga qarshi chiqdi. qishloq xo`jaligi manfaatlarini himoya qildi, don eksportini cheklashga qarshi chiqdi, soliq tizimini isloh qilish tarafdori bo`ldi, u ezilgan xalq ommasining ahvolini yaxshilash tarafdori edi (V.Petti bilan solishtiring). Olib borilayotgan iqtisodiy siyosat 126 xo`jalik hayotining tabiiy rivojiga teskari edi. Buagilber aytadiki, avvalgi davrdagi to`kin-sochinlikni qaytarish uchun mo’jiza qilish shart emas, ta- biat ustidan bo`layotgan doimiy zo`ravonlikka chek qo`yish yetarlidir. Olimning fikricha, shunday soliq va iqtisodiy siyosat tadbirlari kerakki, ular tabiatga qarama-qarshi bo`lmasligi kerak. Bu g`oya shundan iboratki, unga ko`ra iqtisodiyotda shunday qonunlar borki, ularni bemalol, jazosiz buzish mumkin emas (ekologiyada ham shunday). Shunga mos ravishda u tabiatning talablari nimadan iborat ekan- ligini ochib berishga uringan, obyektiv qonuniyatlarni o`rganishga kirishib, ilmiy tahlil qilish yo`li sari yirik qadam tashlagan. Ammo shu bilan bir vaqtda u xo`jalikdagi xodisalarni tabiiy va tabiiy bo`lmaganlarga ajratib, avvalgisini himoya qildi va keyingisini qoraladi. Buagilyber o`zi taklif etgan siyosatni amalda isbotlovchi nazariyani yaratishga intildi. Uning iqti- sodiy qarashlari ko`p jihatdan V.Pettiga o`xshab, mamlakatning iqtisodiy o`sishi nima bilan bog`liq degan savolga javob topish edi. Buagil-berni ko`proq va asosan Fransiya iqtisodining turg`unlik holati va uning orqaga ketishi sabablari qiziqtirardi. Bundan u umuman nazariy masalalar, masa- lan, xalq xo`jaligida qanday qonuniyatlar harakat qiladi va uning rivojini ta'minlaydi, degan masalaga o`tdi. Buagilber bu muammoga javob berishda bosh e'tiborni "optimal baho paydo bo`lishi" masalasiga qaratdi. Uningcha iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyotning eng muhim sharti proporsional va normal baholar hisobla- nadi. Xo`sh, bu baholar nimadan iborat? Avvalo, bu baholar o`rtacha har bir sohadagi ishlab chiqarish harajatlarini qoplashga yordam berishi va ma'lum kirim, sof foyda keltirishi kerak. Aks holda ishlab chiqarish bo`lmaydi, undan so`ng, bu shunday baholarki, unda tovarlarni realizatsiya qilish jarayoni bekamu ko`st davom etishi va barqaror iste'mol talabi qondirilishi kerak. Va nihoyat, bu shunday baholarki, pullarning "o`z o`rni bo`lib", ular to`lov oborotini bajarishi va odamlar ustidan hukmronlik, zo`ravonlik qila olmasligi zarur. Xalq xo`jaligi proporsionalligi ifodalangan baholar qonunini, aslida esa qiymat qonunini tushunish yangi va ilg`or g`oya edi. Olimning asosiy asarlari shu g`oyalar bilan bog`liq. Iqtisodiyotda "optimal baholar"ni qanday ta'minlash mumkin? Buagilberning fikricha, baholarning bunday strukturasi raqobat erkinligi sharoitida stixiyali ravishda tarkib topadi. Erkin raqobat sharoitining buzilishi Fransiyada donga maksimal baholarning qo`yilganligidir, deydi u. Uningcha, donga erkin baholar bel- gilansa, baholar birmuncha oshadi, bu dehqonlarning da-romadini oshiradi va ularning sanoat tovarlariga talabini ko`taradi, oqibatda bu mahsulotlarni 127 ishlab chiqarish ortadi va hokazo. Bunday zanjirli reaksiyalar bir vaqtning o`zida "proporsional baholar" o`rnatilishiga va xo`jalikning ravnaqiga olib keladi. Demak, Buagilber iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va talabga qarshi chiqmaslikni taklif etadi. Shu bilan birga, u davlatning iqtisodiy funksiyasini inkor etmadi: bu o`sha davr uchun, real hayotni tushungan amaliyotchi olim uchun tabiiy edi. Uningcha, davlat to`g`ri soliq tizimi or- qali mamlakatda iste'mol va talabni yuqori darajada ta'minlashi mumkin. Agar iste'mol sarflari oqimi pasaysa, tovarlarni sotish va ishlab chiqarish keskin kamayadi. Agar kambag`allar ko`proq ishlab topsalar, soliqlarga kam sarf qilsalar, ular o`z daromadlarini tez sarflashga moyildirlar. Boylar esa, aksincha, o`z daromadlarini saqlashda va demak, mahsulotni sotishda qiyinchilik tug`dirishiga olib keladi. Buagilberning bu mulohazalari iqtisodiy ta'limotlarning keyingi yuz yillikdagi rivojiga katta ta'sir etdi. Jamiyat boyligi va iqtisodiy o`sish bo`yicha prinsipial jihatdan ikki xil qarash mavjud. Birinchisi bo`yicha ishlab chiqarishning o`sishi jamg`arish hajmi (ya'ni jamg`arma va kapital qo`yilmalar)ga bog`liq. Bunda to`lovlarga talab avtomatik ravishda (stixiyali) amalga oshadi. Bu konsepsiyaga ko`ra, ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari bo`lishi inkor etiladi. Ikkinchi pozitsiya bo`yicha iste'mol talabi ishlab chiqarishning yuqori sur'atlarda o`sishini qo`llaydigan omil sifatida qaraladi. Buagilber ma'lum ma'noda mana shu pozitsiya tarafdori edi va u qonuniy ravishda iqtisodiy inqirozlar muammosini keltirib chiqargan. Buagilber inqiroz xodisasini xo`jalikning ichki qonuniyatlari bilan emas, balki yomon davlat siyosati bilan bog`laydi. Uningcha, yaxshi siyosat olib borish yo`li bilan talab kamomadini hal etish va inqirozlarni chetlab o`tish mumkin. Bu masala juda murakkab bo`lib, Seyga tegishli (buni keyin qarab chiqamiz) "bozorlar qonuni"ga asos bo`lgan deyish mumkin, ya'ni erkin mahsulotlar almashuvi tizimida mahsulotlarning or- tiqcha ishlab chiqarilishi mumkin emas (inqirozlar bo`lmaydi). Aksincha, Shumpeterning fikricha, Buagilber iste'mol talabining yetarli emasligi va jamg`arma ortiqchaligi sababli, o`sha davrdagi tizim uchun inqiroz xavfi bo`lib, tizim barqarorligiga shubha bildirgan, ya'ni Sey qonunini oldindan tanqid qilgan. Buagilber o`zining "Boylik, pul va o`lponlarning tabiati to`g`risida mulohaza" asarida iqtisodiy inqiroz davrida nima ro`y berishini yorqin va obrazli ifodalab beradi, uningcha, odamlar faqat yetishmovchilikdangina emas, ortiqcha boylikdan ham o`lishi mumkin ekan. Tasavvur qilingki, 128 deydi u, 10-12 odam bir-biridan ajratilib, zanjirband qilingan. Birida oziq- ovqat ko`p, ammo boshqa hech narsa yo`q; ikkinchisida esa kiyim-kechak serob, uchinchisida ichimliklar ko`p va hokazo, ammo ular bu mahsulotlarni almasha olmaydilar. Zanjirlar bu oddiy insonlarga tushunar- siz inqirozlarni keltirib chiqaruvchi iqtisodiy kuchlardir. Buagilber insoni- yat tarixida XX asrda bir necha bor ro`y bergan yirik iqtisodiy inqirozlarni oldindan ko`ra bilgandek (ma'lumki, ishsizlik va qashshoqlik sharoitida sutlar dengizga to`kilgan, ekin maydonlariga o`t qo`yilganligi aniq). Merkantilistlardan farqli ravishda u boylikning manbayi almashuv sohasi emas, balki ishlab chiqarish degan edi. Almashuvni esa ishlab chiqarish rivojining sharti sifatidagina qaraydi. Buagilber V.Pettidan holi, mustaqil ravishda qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi, u bozor bahosi va "haqiqiy baho"ni farqlagan, "haqiqiy baho mehnat sarfi bilan belgilanadi", degan. U haqiqiy baho de- ganda, ishlab chiqarishning turli tarmoqlari o`rtasida mehnat taqsimotining to`g`ri proporsiyasini tushungan. Shunday proporsional taqsimotning za- ruriy shart-sharoiti sifatida ishlab chiqaruvchilar orasidagi erkin raqobat yotadi. V.Pettidan farqli ravishda (qiymatni pul shaklida ifodalashni taklif etgan) Buagilber qiymatning pul shaklini qat'iy ravishda inkor etgan, shun- day zaruratga ehtiyoj yo`q degan. Agar V.Pettining diqqat markazida pul- lar v boshqa tovarlar o`rtasidagi almashuv munosabatlari turgan bo`lsa, Buagilberning e'tibori tovarlarning tovarga bevosita munosabati, ya'ni to- varlarning to`g`ridan-to`g`ri almashuviga qaratilgan edi. Buagilber uchun shu narsa xarakterli ediki, u pulga keskin qarshi bo`lgan, pulda barcha yovuzlik va ofatlarning manbayi mujassamlangan, tovarlarning "haqiqiy baho" asosida almashuvi buzilishining sababi ham shunda deydi u. U oltin va kumushni buyuk yovuzlik deb baholaydi, pulga qarshi mutaassiblik (fanatizm) bilan kurashadi. Pulning yagona yaxshi tomoni shundaki, u al- mashuvni osonlashtiradi. Oltin va kumush o`rnini qog`oz pul bemalol qoplaydi. Ko`rinib turibdiki, olim pulning barcha funksiyalarini tushunib yetmaydi. Pul umumiy ekvivalent bo`lib, uning rolida qiymatga ega bo`lgan tovarlargina xizmat qilishi mumkin. Shu sababli uningcha, tovar ishlab chiqarilishini saqlagan holda, pulni yo`q qilish kerak. Shu yerda u iqtisodiy munosabatlarning ikki shakli o`rtasidagi chambarchas aloqani tushunmadi, uning bir shaklini (tovar) saqlab, ikkinchi (pul) shaklini yo`q qilmoqchi edi. Olim tovar ishlab chiqarishning asl maqsadi faqat iste'molni qondirishda deb xato o`ylagan (iste'mol va almashuv uchun). 129 Demak, Buagilberning eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatni sar- flangan ish vaqtiga tenglashtirdi. Lekin u tovar ishlab chiqarishning qulay tomonini saqlagan holda uning salbiy tomonlarini tugatishni orzu qiladi. Agar Pettining iqtisodiy ta'limotida almashuv qiymati asosiy bo`lsa, Bu- agilberda iste'mol qiymati bosh rolni o`ynadi. Aslida ularni bir-biridan ajratib bo`lmaydi. Buagilber qarashlaridagi cheklanganlik (faqat dehqonlarni himoya qilishi, sanoat va savdoni yetarlicha baholamasligi), bizningcha tarixan bo`lib, Fransiya kapitalizmi rivojining xususiyatlaridan kelib chiqadi, naz- ariy jihatdan orqaga qarash bor. Agar Angliyada sanoat, savdo va hatto qishloq xo`jaligida kapitalistik munosabatlar to`la g`alaba qozongan bo`lsa, uning iqtisodiyoti mehnat taqsimoti, raqobat, kapital va ishchi kuchlarining faolligi bilan xarakterlanar edi; Fransiyada esa bu munosabatlar endi shakllana boshlagan edi, xolos. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling