Iqtisodiy ta'limotlar
A.Turgo va uning iqtisodiy ta'limoti
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
7.3. A.Turgo va uning iqtisodiy ta'limoti
F.Kenyening g`oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781 yy.) tomonidan davom ettirildi va chuqurlashtirildi. Ammo u o`zini F.Kenye shogirdi yoki davomchisi deb hisoblamagan. U Parijda normand dvoryan- lar oilasida tug`ildi, Sarbonnaning Teologiya (diniy) fakultetini tugatdi, ammo bu sohada ishlamadi. 1751 yildan Parij parlamentining chinovnigi, 1761-1774 yillarda Limojda intendant (harbiy qismda xo`jalik mudiri), 1774-1776 yillarda moliya bosh nazoratchisi, qirol Ludovik XVI davrida moliya vaziri sifatida bir qancha antifeodal islohotlar o`tkazdi (don savdo- sidagi cheklashni yo`q qildi, savdo gildiyalarini tugatdi...), ammo bu o`zgarishlar Turgo iste'foga chiqqach, bekor qilindi. U ham F.Kenye singa- ri Didro, D`Alamber va ularning yordamchilari tomonidan chiqarilayotgan "qomus"ga bir nechta falsafiy va iqtisodiy maqolalar yozdi. A.Turgo hayoti va ijodida progressiv chinovnik Vensan Gurne kat- ta rol o`ynadi. U fiziokratlardan ancha farqli ravishda sanoat va savdoning mamlakat ravnaqidagi rolini to`g`ri tushundi. Sof bozor iqtisodiyotidagi mashhur laissez faire, laissez passer (bu tamoyilga ko`ra, iqtisodiyot davlat aralashuvisiz rivojlanishi kerak) tamoyili birinchi bor shu tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan degan fikr bor. U boshqalar qatori hunarmand- 143 chilikdagi sex cheklashlariga qarshi chiqdi, erkin raqobatni qo`llab- quvvatladi. A.Turgo V.Gurne (u 1759 yilda vafot etdi) bilan F.Kenye xuzurida ko`p bo`lgan, u ular bilan asosiy masalalarda maslakdosh bo`lsa ham, ko`p sohalarda boshqacha fikr yuritar edi. A.Turgo Parijda A.Smit bilan ham uchrashgan. A.Turgoning iqtisodiy qarashlari uning 1766 yilda yozilgan (1769-1770 yillarda chop etil- gan) "Boylikning paydo bo`lishi va taqsimlanishi to`g`risidagi mulohazalar" asarida nisbatan to`la yoritilgan. U Kenye fikrlarini faqat targ`ibot qilish bilan cheklanmadi, uni rivojlantirdi. U kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini ancha chuqur tushundi, feodalizmni islohotlar o`tkazish yo`li bi- lan yaxshilash mumkin degan fikrga ishonmadi (Kenye ishongan), kapitalizm feodalizm kobig`ida vujudga keladi va g`alaba qiladi degan g`oyani il- gari surdi. Bu kitob aslida Parijga o`qishga kelgan ikki xitoylik uchun darslik sifatida yozilgan va 100 ta aniq tezisdan iborat (V.Petti uslubi), ammo ba'zi qoidalar aksioma (isbot talab etmaydigan qoida)dan iborat. Bu iqtisodiy te- oremalar aniq uch qismga bo`linadi. 31 ta tezis (teorema) fiziokratik g`oyalar majmuidan iborat (ustoz F.Kenyening ta'siri). Ammo "sof mahsulot" nazariyasi F.Kenyedan boshqacharoq talqin etiladi, aslini ol- ganda bu yerda qo`shimcha qiymat haqida gap boradi va bu mahsulot tabi- atning sof in'omidan dehqon mehnati bilan yuzaga keladigan ortiqcha mahsulot sifatida qaraladi hamda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo`lgan yer egasi tomonidan o`zlashtiriladi. Keyingi 17 ta teorema qiymat, baho va pulga bag`ishlangan. A.Turgoning bu sohadagi fikrlari o`ziga xos xarakterga ega va qiymatning mehnat nazariyasidan ancha yiroq. Uningcha almashuv qiymati va tovarn- ing bahosi tovarlar nisbati, almashuvda ishtirok etayotgan shaxslar, sotu- vchi va oluvchi istagining intensivligi bilan aniqlanadi (marjinalistik talqin). Ammo, A.Turgoning bu g`oyasi uning ta'limotiga hech ham mos kelmas edi. Oxirgi 52 ta teoremada A.Turgoning tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan asosiy iqtisodiy g`oyalari keltiriladi. Yuqorida aytilganidek, fizi- okratlar jamiyatni uch sinfga bo`ladilar. A.Turgo esa jamiyatni sinflarga boshqacharoq ajratadi, "unumsiz" sanoatchilar sinfini u ikki qismga Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling