Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

 
 
Fermerlar 
(unumli sinf) 
5 mlrd 
Mulkdorlar 
(yer egalari) 
2 mlrd 
Sanoatchilar 
(unumsiz sinf) 
2 mlrd 
Pul 
Pul 


141 
1 mlrd 
Qishloq xo`jalik
mahsulotlari 
Sanoat mollari 
1 mlrd 
Qishloq xo`jalik
mahsulotlari 
 
1 mlrd 
Ishlab chiqarish 
vositalari 
1 mlrd 
1 mlrd 
Qishloq xo`jalik
mahsulotlari 
 
 
7.2-chizma. F.Kenyening iqtisodiy jadvali (2-variant) 
Umumiy ijtimoiy mahsulotning aylanish natijalariga ko`ra sinflar 
o`rtasida 3 mlrd livrlik qishloq xo`jalik mahsuloti va 2 mlrd livrlik sanoat 
buyumlari realizatsiya qilindi. "Unumli sinf" ixtiyorida qolgan 2 mlrd li-
vrlik mahsulot barcha sinflar o`rtasidagi muomalaga kirmaydi, u faqat shu 
sinf doirasida aylanadi (jadvalda bunday aylanish berilmagan). Bu 
mahsulot qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi jarayonida sarflangan urug` va 
oziq-ovqat mahsulotlari o`rnini qoplaydi. "Unumli sinf" tomonidan sotib 
olingan sanoat tovarlaridan asosiy kapitalning sarflangan qismini qoplash 
uchun foydalaniladi. Naqd pul 2 mlrd livrlik muomala (aylanish) natijasida 
"unumli sinf" qo`liga qaytishi mumkin, ammo bu pul yana keyingi muddat 
uchun ijara haqi sifatida yer egalari qo`liga kelib tushadi. Shunday qilib
yangi ishlab chiqarish siklini boshlash, ishlab chiqarishni joriy etish uchun 
zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Ammo, u ilgarigi hajmda, ya'ni oddiy tak-
ror ishlab chiqarish uchun mos keladi. 
Jadvalda keltirilgan raqamlar haqiqatga yaqin, ularni F.Kenye qirol 
mahkamasidan olgan bo`lishi aniq. 
"Iqtisodiy jadval"da takroriy ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida 
olingan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda ayrim-ayrim oldi-sotdi aktlari 
qarab chiqilmasdan, ko`plab individual aktlar sinflar o`rtasidagi muomala-
ga birlashtirilgan. Ana shu sinflar o`rtasidagi muomala F.Kenye tadqiqotin-
Pul 
Pul 
Pul 


142 
ing predmeti edi. Olim aylanish (muomala)ni takror ishlab chiqarish ja-
rayonining shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning aylanish mo-
menti sifatidagina qarab chiqishga uringan. 
F. Kenye iqtisodiyot tarixida birinchi bo`lib makroekonomik 
modellashtirishni amalga oshirgan edi. 
F.Kenyening ijodi nihoyatda yuqori baholangan edi. 
Fransuz iqtisodchisi Mirabo V.R. (1715-1789) fikricha, dunyo pay-
do bo`lganidan buyon asosan uchta kashfiyot siyosiy jamiyatlar mus-
tahkamlanishiga ko`mak bergan: 1) yozuv; 2) tanga; 3) "Iqtisodiy jadval". 
F.Kenye ta'limotida bir qancha kamchiliklar mavjud, sinflar 
to`g`risidagi g`oyada izchillik va ilmiylik yo`q. Sanoatchilar ("unumsiz 
sinf") ishlab chiqarish vositalaridan mahrum etilgan (chunki mahsulotning 
hammasi sotib yuboriladi) va ularda ishlab chiqarishni qaytadan boshlash 
imkoniyati yo`q (vaholanki, hunarmandlar asosiy kapitalga ega). Ammo 
F.Kenyening jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta natural, ya'ni tovar 
va pul holidagi moddiy ne'matlarning makroekonomik zanjiridir. Undagi 
g`oyalar bo`lajak iqtisodiy modellarning kurtagi bo`lib qoldi. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling