Iqtisodiy ta'limotlar


Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

12.4. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari 
XIX asrning o`rtalarida iqtisodiy ta'limotlar tarixida yangi bir 
yo`nalish - marksizm vujudga keldi. K.Marksning nomi ko`pchilikda inqi-
loblar bilan bir deb qaraladi. Haqiqatdan ham bu fikrda jon bor, chunki u 
F.Engel's bilan birgalikda proletariatning kapitalizmga qarshi kurashi za-
rurligini isbotlovchi nazariyaga asos soldi, buni tasodifiy hol deyish qiyin, 
chunki shu davrda kapitalistik xo`jalik rivoji, sanoat to`ntarilishining ayrim 
(Angliya va G’arbiy Yevropa) mamlakatlarda nihoyasiga yetganligi, sano-
atning iqtisodiyotda yetakchi rolni egallashi, ishchilar sinfining jamiyat-
dagi mavqeining keskin oshganligi, kapitalistik jamiyatning feodalizmdan 
ustunligi namoyon bo`lishi bilan birga uning bir qancha illatlari ham 
mavjudligi (ishsizlik, ish vaqtining uzunligi, maoshning kamligi, iqtisodiy 
inqirozlar, mulkiy va sinfiy tabaqalashuvning tobora kuchayishi, mustam-
lakachilik va boshqalar) prinsipial yangi ta'limot paydo bo`lishiga asos 
bo`ldi. O`z davrida burjua olimlari deb atalgan tadqiqotchilar (Sismondi, 
Prudon, qisman Smit, Rikardo), xayoliy sotsialistlar va boshqalar kapitalis-
tik tizimning bir qancha negativ tomonlarini ochib bergan edilar. Ana shu 
illatlar bu davrda keskin kuchaydi, mehnat va kapital, ishchilar va 
sohibkorlar o`rtasidagi qarama-qarshilik tobora ortib bordi. 1831-34 yillar 
Fransiyada Lion to`quvchilari, 30-40 yillarda Angliyadagi vuddistlar va 
chartistlar harakati ishchilar sinfining mustaqil sinf sifatidagi chiqishlari 
edi. 1844 yilda Sileziya to`quvchilarining qo`zg`oloni Germaniyadagi inqi-
lobiy harakat darakchisi bo`ldi. 1848 yilda burjua inqilobi tufayli marksiz-
mning vujudga kelish jarayoni yanada kuchaydi. Avvalgi davrdagi iqti-
sodiy talablar asta-sekin siyosiy tus ola boshladi. 
Vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoit va avvalgi 
davrdagi bir qancha iqtisodiy g`oyalar asosida, birinchi navbatda klassik 
iqtisodiy maktab, utopik sotsializm ta'limotlari tufayli marksizm shakllan-
di. Kapitalistik tuzum, hozirgi davr tili bilan aytganda bozor iqtisodining 
bekamu ko`st emasligi, uning ijobiy tomonlari bilan birga hal etilishi shart 
bo`lgan muammolarining ham mavjudligi yangi iqtisodiy ta'limot paydo 
bo`lishiga turtki bo`ldi. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling