Iqtisodiy ta'limotlar
J.M.Keynsning iqtisodiy ta'limoti
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
18.1.J.M.Keynsning iqtisodiy ta'limoti
XX asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlarning dam-badam takrorlanishi tufayli ko`pgina "kapitalizmni tartibga solishga" oid iqtisodiy g`oyalar soni ko`paydi. Ana shunday yo`nalishning yorqin tarafdori bo`lib ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1884-1946) shuhrat qozondi. Iqtisodchi, davlat arbobi bo`lgan Keyns Iton va Kembridj universitetlarida iqtisodiyot va matematikadan ta'lim oldi, A.Marshall qo`lida o`qidi (1902- 1906, 1909-1915 yillarda o`qituvchilik qildi, 1920 yildan Kembridj universitetida professor, 1913-46 yillarda iqtisodiy jurnal muharriri bo`lib ishladi. 1909 yil "Indeks uslubi" iqtisodiy maqolasi, 1913 yilda uning birinchi asari - "Pul muomalasi va Hindiston moliyasi" kitobi chop etildi. 1919 yilda "Versal tinchlik shartnomasining iqtisodiy oqibatlari" nashr etilishi bilan u iqtisodchi sifatida ko`pchilikka tanildi. Bu asarida u shartnomaga nisbatan bir qancha tanqidiy fikrlar bildirgan edi. Keyns 20- 30 yillarda iqtisodiyotga oid bir nechta kitoblar yozdi ("Ehtimollik to`g`risidagi risola" (1921), "Pul islohoti to`g`risida risola" (1923), "Mister Cherchelning iqtisodiy oqibatlari" (1925), "Erkin tadbirkorlikning intihosi" (1926), "Pul to`g`risidagi risola" (1930) va boshqalar), ammo unga mashhurlik keltirgan bosh asari - "Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936) kitobidir. 1940 yilda "Urush xarajatlarini qanday qoplash mumkin" degan kitobi ham nashr etildi. Bu asarlardagi bosh masala kapitalizmni oqlash, uning inqirozlarsiz rivojini ta'minlashning abadiyligini isbotlashga urinishdir. Uning yaratgan nazariyasi iqtisodiyot ta'limotlari tarixida alohida o`rin egallaydi va bu o`ziga xos inqilob bo`lib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy asarining boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi. Keyns ta'limotining asosiy va yangi g`oya shuki, bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi mukammal va o`z-o`zini avtomatik ravishda tartibga sola olmaydi. Shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o`sishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta'minlay oladi. Bu ish davridagi amaliy iqtisodiyotdagi konkret ahvol bilan chambarchas bog`liq edi. Yetakchi olimlarning ta'kidlashicha (J.K. Gelbreyt, M.Blaug), firmalar, monopoliya va oligopoliyalar faoliyatidagi tengsizlik nisbatan kichik doiradagi odamlarning faoliyati bilan bog`liq, bu tengsizlik prinsipida davlatning aralashuvi bilan tuzatilishi mumkin edi. Aslida u iqtisodchi Alfred Marshallning - Kembridj maktabining davomchisidir, ammo yondoshuv boshqacha. Asosiy nazariy muammolar qiymat, kapital, ish haqi va boshqalar bo`yicha asoslanadi. Psixologik 329 omillarning ustunligiga ishonadi va qiymatning mehnat nazariyasini, qo`shimcha qiymatni inkor etadi, uni ishlab chiqarish omillari konsepsiyasi bilan almashtiradi. Keyns kapitalizm bozor iqtisodi illatlarini to`g`rilash uchun davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdori bo`lib chiqdi. Vaholanki, avvalgi olimlar (klassik maktab) buni inkor etganlar va inqirozni tasodifiy voqea deb hisoblaganlar. Avvalgi tadqiqotchilardan farqli ravishda "samarali talab"ni, ya'ni iste'mol va jamg`arishni birinchi o`ringa qo`yadi. Yuqorida qarab chiqilgan iqtisodiy ta'limotlardan biri - merkantilizimda davlatning iqtisodiyot (siyosat)ga aralashuvi talab etiladi, proteksionim iqtisodiy siyosati shuni talab etadi. J.M.Keyns u yaratgan konsepsiyaga mekantilistlarning ta'sirini imkor etmaydi. Ikkala ta'limotdagi umumiy g`oyalar quydagilardan iborat: Mamlakatda pul masalasini ko`paytirish uchun intilish (pulning qadrini biroz pasaytirish), va shunga muaofiq ssuda foizini kamaytirish va ishlab chiqarishga investitsiyalarni qo`yishni rag`batlantirish vositasi sifatida, baho (narx-navo)lar oshuvini qo`llash (savdo va ishlab chiqarishni rag`batlantirish usuli sifatida), pulning yetishmasligi ishsizlik sababi deb tan olinadi iqtisodiy siyosatning milliy (davlat) xarakteriga ega ekanligi tushuniladi. U tadqiqotning makroiqtisodiy uslubini, ya'ni makroiqtisodiy ko`rsatkichlar bo`lgan milliy daromad va jamg`armalar o`rtasidagi bog`lanish va nisbatlarni tadqiq qilish g`oyasini ilgari surdi. Bu tadqiqot usuli o`z davrida fiziokratlar (F.Kenye, A.Turgo) K.Marks tomonidan qo`llanilgan Keynsgacha mikroiqtisodiy yondashuv, ya'ni alohida xo`jalik obyektlari bo`lgan firmalar iqtisodiyotini tahlil etish rasm bo`lgan edi. Firmaning rivoji millat mamlakat ravnaqi bilan bir deb qaralar edi. Asosiy e'tibor umumiy iqtisodiyotga emas, balki firmaga qaratilgan edi. Keyns ta'limoti iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog`liqdir. Agar Marks kapitalistik tizimning yemirilishini ba1shorat qilgan bo`lsa, Keyns kapitalizm muhandisi sifatida uni ta'mirlash yo`lini aniqlab berdi. Davlat tomonidan rag`batlantiraladigan talab "samarali talab" konsepsiyasi ilgari suriladi. Kapitalizmning bosh illatlari bu ishsizlik va inqirozlardir, Keyns bularning sabablarini sohibkorlar psixologiyasidan topishga intiladi. Inqirozlar kapitalistning qayfiyatiga qarab ro`y beradi, ya'ni optimizmdan pessimizmga o`tganda bo`ladi. Asosiy e'tibor "iste'molga moyillik" va "jamg`arishga moyillik"ka qaratiladi. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling