Iqtisodiy ta'limotlar


Jahonshumul iqtisodiy muammolar. Rivojlanayotgan


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

 
21.4. Jahonshumul iqtisodiy muammolar. Rivojlanayotgan 
mamlakatlar iqtisodiyoti to`g`risidagi g`oyalar 
Hozirgi davrda jahonda 200 dan ortiq davlat mavjud, ularning soni 
sobiq SSSRning parchalanishi, Yugoslaviyaning bo`linishi va boshqalar 
tufayli keskin oshdi. Shundan 188 davlat BMT a'zosidir. Bu tashkilot tuzil-
ganidan buyon (1945 yil 24 oktabr) o`ziga xos yakun yasaldi va quyida-
gilar e'tirof etildi: BMT a'zolari soni 51 tadan 188 ga o`sdi, dunyo aholisi 
esa shu davr mobaynida 2.5 milliarddan 6,1 milliardga yetdi (o`sish 3,5 
milliard), yalpi milliy mahsulot (yoki xalq boyligi) 7 trillion AQSH dolla-
ridan deyarli 30 trillion dollarga yetdi, ya'ni 4 martadan ko`proq o`sdi. 
1995 yilning martida Kopengagenda BMT tashabbusi bilan ijtimoiy ri-


372 
vojlanish masalalari bo`yicha xalqaro konferensiya bo`ldi, unda 150 dan 
ortiq davlat (oliy maqom) rahbarlari ishtirok edilar. BMT Bosh kotibi B. 
Butros G’oliy (1997 yildan BMT Bosh kotibi tinchlik bo`yicha Nobel mu-
kofoti laureati Kofi Annan) o`z nutqida so`nggi yillarda kambag`allar va 
boylar o`rtasidagi tafovut kuchayib, 1960 yildagi nisbat 13:1 dan hozirgi 
o`n yillikda 60:1 ga yetdi, deb aytdi. Hozirgi davrda bu nisbiy 75:1 Sayyo-
ramizning 1.5 milliard aholisi (27.3 foiz) og`ir iqtisodiy ahvolda kun 
kechirmoqda, ochig`ini aytganda esa och-yalang`ochdir. Bunday differen-
siatsiya xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, dunyoda 
ekologik muammo kuchayib bormoqda. Sog`liqni saqlash (SPID va boshqa 
yuqumli kasalliklar), narkobiznes masalalari tobora avj olmoqda. 
O`zaro iqtisodiy va ayniqsa savdo munosabatlarining nafi hamma-
ga ayon bo`lishiga qaramay, davlatlar o`rtasidagi munosabatlar odatda 
garmoniya asosida emas, balki qarama-qarshiliklar asosida rivojlanmoqda. 
Boy va kambag`al mamlakatlar o`rtasida savdodan tushadigan daroma-
dlarni taqsimlashda kelishmovchiliklar kuchayib bormoqda. 4-jadvalda ja-
hondagi mamlakatlarda daromadlar taqsimoti keltirilgan (Jahon banki 
ma'lumotlari). 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling