Iqtisodiy ta'limotlar


  22.2. O`tish davri tavsifi va uning milliy xususiyatlari


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

 


388 
22.2. O`tish davri tavsifi va uning milliy xususiyatlari 
Ma'muriy markazlashgan iqtisodiyotning tarixiy oqibatlari, bozor 
munosabatlariga o`tish zaruriyatini anglashni va tub islohotlar boshlashni 
talab etdi. Natijada iqtisodiy munosabatlar tizimining bir shaklidan voz 
kechildi va ikkinchi shakliga yuz tutildi. Respublikadagi mavjud vaziyat 
iqtisodiy islohotlarni o`tkazishga tubdan yangicha yondashuvni sifat 
jihatidan yangi vazifalar va sharoitlarni hamda tajribalarni hisobga olishni 
eng muhim mamlakatlar salohiyatiga ko`proq tayanishni taqozo etdi. 
Bunday mas'uliyatli vazifani hal etish akademik Islom Karimov 
tadqiqotlarida nazariy-ilmiy yechimini topdi. Chunonchi, aslini olganda
gap bozor munosabatlariga o`tishda o`xshashi bo`lmagan betakror 
andozamizni ishlab chiqish, o`z yo`limizni tanlab olish haqida bormoqda. 
Bu yo`l - uch tarkibiy qismdan iborat: 
·ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi 
mohiyatining tavsifi; 
·qat'iy markazlashtirilgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan 
xo`jalik yuritishning bozor munosabatlariga o`tishning eng muhim 
prinsiplari; 
·iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib 
olishning barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni 
ta'minlashning aniq yo`nalishlari. 
Keltirilgan tarkibiy qismlar to`g`risida respublikamiz ziyolilari, 
xususan iqtisodchi olimlar chuqur tadqiqotlarni davom ettirib, bir qator 
asarlarini chop etishdi. O`tish davri iqtisodiyotining ko`pchilik 
mamlakatlarga xos bo`lgan umumiy qoidalari va holatlari jumlasiga 
quyidagilar kiradi: 
·mavjud iqtisodiy tizimda yangi tizimga o`tishdagi beqarorlik, 
nomutanosiblik va muvozanatsizliklar; 
·jamiyat 
iqtisodiy 
rivojlanish 
yo`llarining 
turli-tuman 
xarakterdaligi; 
·mulkchilik, boshqaruv, tovar-pul munosabatlari kabi sohalarda tub 
islohotlarning zarurligi; 
·umumiy o`tish qonuniyatlari mavjudligidan qat'iy nazar, har bir 
mamlakat shart-sharoitlarini hisobga olish zarurligi
·eski turmush tarzi mezonlari va yangi iqtisodiy qadriyatlarning 
nomuvofiqligi, ba'zi hollarda esa, qarama-qarshi ziddiyatli tusga ega 
bo`lishi; 


389 
·jamiyat a'zolari bir qismining eski mafkura iskanjasidan 
qutilishning qiyinchilik bilan ketishi, yangi iqtisodiy munosabatlarga 
ehtiyotkorlik bilan yondoshishiga qaramay, tashabbuskor, izlanuvchan, 
tadbirkor va taraqqiyparvar kishilarning tobora ortib borishi kabilar. 
Tarix tajribasiga ko`ra, madaniylashgan bozor munosabatlariga 
o`tish davrining dovomiyligi bozor iqtisodiga o`tishning qanday yo`li, 
andozasi tanlanishi kabi boshqa shart-sharoitlarga bog`liq bo`ladi. 
XX asr nihoyasiga kelib, shakllangan iqtisodiy taffakur va iqtisodiy 
taraqqiyot istiqbollari to`g`risidagi qarashlarda erkin itisodiy tartibga solish 
g`oyasi ham, markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish g`oyasi ham inqirozga 
uchraganligii bayon etilmoqda. Chunki, I.Karimov ta'kidlaganidek: Jahon 
sivilizatsiyasi ijtimoiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo`llarini ishlab 
chiqdi, tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti mana shu yo`lga asos qilib 
olingan. 
O`tish davri ko`hna Yevropa mamlakatlarida bir necha yuz yilni 
tashkil etgan bo`lsa, mustamlakachilikdan ozod bo`lgan Osiyo va boshqa 
qit'a mamlakatlarida bir necha o`n yildan iborat bo`ldi. Masalan, Buyuk 
Britaniya-200 yil, Fransiya -150 yil, Germaniya va AQSH-50-100 yil. 
Boshlang`ich shart-sharoitlarga ko`ra, yondoshilgan guruhlash 
mezoniga asosan tartiblashga solinadigan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari 
uchun 3 ta yondashuv va yana bir turdagi urinish mavjudligi I.Karimov 
tomonidan tahlil etilgan. Bular: 
1. Uzoq davom etgan evolyusion taraqqiyotni bosgan rivojlangan 
mamlakatlardagi aralash iqtisodiyot; 
2. An'anaviy (oddiy va bozor, patriarxal feodal munosabatlariga 
ega) 
iqtisodiyot 
asosida 
shakllanayotgan 
madaniylashgan 
bozor 
munosabatlari; 
3. 
Rejalashtirilgan 
buyruqbozlik 
iqtisodiyoti 
negizida 
shakllanayotgan bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat; 
4. Sotsializm g`oyalarini samarali bozor iqtisodi vujudga keltirish 
bilan qo`shib olib borishga urinayotgan sotsialistik iqtisodiyotning 
Xitoycha yo`li. 
Yuqoridagi yondoshuvlar asosidagi tahlillar ko`rsatishicha, bozor 
munosabatlarining rivojlanishi birorta ham mamlakatda benuqson va tekis 
kechmagan. 
Bozor mexanizmlarini ideallashtirish ham katta xato bo`ladi. 
Shuning uchun ham "O`zbekiston tanlab olgan yo`l respublika va 
uning xalqining manfaatiga nihoyatda mos keladigan ijtimoiy jihatdan 


390 
yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisoddir", - 
deb ta'kidlaydi I.Karimov. 
Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti iqtisodiy rivojlanish 
samaradorligini ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy adolat bilan bog`lash 
maqsadini ko`zlaydi. 
Mamlakatimizda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
batamom shakllanishi uchun zarur bo`lgan vazifalar nechog`lik tez hal 
etilishi o`tish davri davomiyligini belgilaydi: 
Birinchi galdagi asosiy vazifa-mulkdor singari masalasining tubdan 
hal etilishi, boshqacha aytganda xususiy mulkchilik yetakchiligidagi ko`p 
ukladli iqtisodiyotning barpo etilishi. 
2.Haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish. 
3.Keng tarmoqli bozor infratuzilmasini (fond va moliya 
muassasalari, tadbirkorlarga xizmat qiluvchi boshqa muassasalarni) 
rivojlantirish. 
4.Tashqi iqtisodiy faoliyatda ma'muriy cheklashlar orqali 
boshqarishdan iqtisodiy tariflar yo`li bilan boshqarishga, ya'ni jahonda 
qabul qilingan ma'rifiy shakllarga o`tish. 
5.Milliy valutani erkin muomaladagi valutaga almashtirish 
masalasini hal etish orqali valuta tizimi va bozorini erkinlashtirish. 
6.Xorijiy 
samaradorlarning 
O`zbekiston 
bozorida 
faoliyat 
ko`rsatishi uchun kafolat va imtiyozlar va rag`batlantirishni kuchaytirish. 
7.Korxonalarning xo`jalik favoliyatiga noo`rin aralashuvning 
cheklab qo`yilishi. 
8.Xo`jalik yurituvchi subektlarning o`z faoliyati uchun iqtisodiy va 
moliyaviy ma'suliyatning oshirilishi. Bankrotlik instituti ahamiyatini 
oshirish. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning milliy xususiyatlari akademiklar 
S.S.G’ulomov, M.Sharifxo`jayev, professorlar A.O`lmasov, N.To`xliyev, 
Yo.Abdullayev, Sh.Shodmonov, A.Razzoqov kabilarning tadqiqotlarida 
batafsil bayon etilgan. 
Biroq, bozor iqtisodiyotiga oid tushunchalarni bayon etishdagi 
yondoshuvlarda ayrim farqlar ham mavjud. Masalan, prof. Razzoqov A.A. 
bozor munosabatlarining 3 ta shakli mavjudligini qayd etadi. Bular: 
1.Yovvoyi bozor (dastlabki paytlarda); 
2.Ma'muriy-buyruqbozlik bozori (sobiq SSSR va sotsialistik deb 
atalgan mamlakatlarda); 
3.Boshqariladigan bozor (hozirgi deyarli barcha rivojlangan 
yetakchi mamlakatlarda). 


391 
Ayni paytda prof. A.O`lmasov ta'kidlashicha, "Tarixan bozor 
iqtisodiyotining 2 turi bo`lgan: yovvoyi va madaniylashgan bozor 
iqtisodiyoti". 
Umuman olganda, barcha tadqiqotlar I.Karimov asarlaridagi ilmiy-
nazariy qoidalarni chuqurroq va kengroq sharhlash vazifasini hal 
etganligini ta'kidlash lozim. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling