Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
XULOSA T.Kampanella 46 Feodal yer egaligi davrida natural xo`jalik, ayniqsa qishloq xo`jaligi asosiy edi, ammo shu bilan birga bu paytda shaharlar soni o`sdi, tovar-pul munosabatlari ham ancha rivojlandi, nisbatan erkin va samarali ishlab chiqarish usuli bo`lgan krepostnoylikka o`tildi. Avvalgi davrdagi natural xo`jalik ishlab chiqarishi (T-T) asta-sekin T-P-T munosabatlari bilan almasha bordi (agrar yo`nalish hal qiluvchi), iste'mol qiymatlarini yaratish baribir asosiy maqsad bo`lgan va shu g`oya himoya etilgan, mehnat qurollari takomillashmagan davrda bu tabiiy bir hol edi. Feodal munosabatlar Sharqda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq davom etdi. Arab mamlakatlarining iqtisodiyotiga islom aqidalari faol ijobiy ta'sir etdi. Qur'oni Karim va hadislarda keltirilgan iqtisodiyotga aloqador qonun-qoidalar "Hidoya" va shu kabi boshqa fiqh kitoblarida keng o`rganilib, amalga oshirildi, natijada muhim iqtisodiy g`oyalar ilgari surildi. Mehnat, ayniqsa, qishloq xo`jaligi, hunarmandchilik va savdo qo`llab-quvvatlandi. Isrofgarchilik, mehnatsiz daromad, ayniqsa sudxo`rlik harom deb e'lon qilindi. Bu davr uchun Ibn Xaldunning iqtisodiy g`oyalari nihoyatda muhimdir, u o`z asarlarida ijtimoiy ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi, oddiy va murakkab mehnat, zaruriy va qo`shimcha mahsulot, tovarning iste'mol qiymati va umuman qiymatning farqini ta'riflab berdi, ayirboshlash tamoyilini (sarflangan mehnatning yarmi) to`g`ri talqin etdi, sarflangan mehnat bilan birga shu tovarning odamlarga zarurligi ham muhimligini ta'kidladi. Uning asarlarida mehnat taqsimoti, tovar-pul munosabatlari, savdoning boylik yaratishdagi roli, soliq tizimining xalq farovonligiga ta'siri asosan to`g`ri tahlil etib berilgan. G’arbiy Yevropadagi feodal munosabatlar nisbatan kech tarkib topgan bo`lsa ham, uning rivoji tezroq bo`ldi. Dehqonchilik, umuman, qishloq xo`jaligi ustun bo`lishiga qaramay, hunarmandchilikda sex tizimi, keyinroq manufaktura vujudga keldi, mehnat taqsimoti, unumdorlik va sifat masalalari (ayniqsa sexlarda), raqobat tamoyillari tarkib topdi. Bu davrda G`arbda natural xo`jalik (iste'mol qiymati ishlab chiqarish) qo`llangan, oltin va kumush, zeb-ziynat sun'iy boylik deb qaralgan, "adolatli baho" masalasi ko`tarilgan. Bu yerda ham din va din ahli tomonidan iqtisodiyotda muhim fikrlar ilgari surilgan. Masalan, F.Akvinskiy "adolatli baho" masalasini naf va manfaatlar tengligi asosida hal etadi. Protsent (foiz)ni oqlaydi, uni qo`llaydi va tavakkalchilik to`lovi deydi. U shuningdek rentani ham qo`llaydi, uning ekspluatatorlik mohiyatini inkor etadi. 47 Rossiyada shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarda ham dehqon mehnati boylikning asosi ekanligi ko`rsatiladi, natural renta miqdori 2 foiz belgilanadi, tovar-pul munosabatlariga, ayniqsa savdoga qarshi g`oyalar ko`p edi. XIV-XV asrlarda G’arbiy Yevropada feodalizmning yemirilishi va ilk kapitalistik munosabatlar shakllana boshladi. Bu jarayon kapitalning dastlabki jamg`arilishi jarayoni bilan bog`liq bo`ldi va ko`p hollarda og`ir shaklda amalga oshdi. Ayniqsa, dehqonlarni yerdan mahrum etish og`ir oqibatlarga, dehqonlarning katta qismining xonavayron bo`lishiga olib keldi. Yangi munosabatlar yangi sinfning - burjuaziyaning manfaatiga mos edi, ammo bu jarayon boshqalar hisobiga ro`y berdi. Ana shunday sharoitda xayoliy (utopik) sotsializm g`oyalari tarkib topdi. Aslida bu g`oyalarning elementlari ilgarigi davrda ham bo`lgan. Yangi yo`nalish tarafdorlari barcha ofat xususiy mulk va puldan kelib chiqadi, deb o`ylashgan. Ular boylik hammaning mehnati asosida, ijtimoiy mulkchilik sharoitida hosil qilinsa, xususiy mulk esa tekis taqsimot yo`li bilan (pulsiz) amalga oshirilsa, barchaning farovonligi ta'minlanadi degan fikrda edilar. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling