Iqtisodiy ta'limotlar


Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

3.2. Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom 
ta'limotidagi iqtisodiy g`oyalarning bayon etilishi 
Muqaddas kitob - Qur'oni Karimda kishilik jamiyatining faoliyat 
turlaridan biri iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar muhim o`rin tutadi. 
Chunki, iqtisodiy munosabatlarda insonlarning asosiy fe'l-atvorlari na-
moyon bo`ladi. Qur'oni Karim ahkomlari insonlarga ilohiy farmoyish sifa-
tida zamindagi barcha insonlarning bir ota-ona Odam alayhissalom va 
Momo Havo farzandlari, binobarin aka-uka, opa-singal ekanligiga asosla-
nadi. Jumladan, "Hujurot" surasining 13-oyatida "Ey insonlar, biz sizlarni 
bir ota (Odam alayhissalom) va bir ona (Momo Havo) dan yaratib yer yuzi 
bo`ylab har xil xalq qabila va elatlar tarzida taratib qo`ydik, toki sizlar bir-
birlaringiz bilan tanishib, mehr-muhabbat hosil qilgaysizlar. Albatta, sizla-
ning Olloh nazdida eng hurmatlitrog`ingiz taqvodorrog`ingizdir. Albatta, 
Olloh bilguvchi va hamma narsadan ogoh zotdir". Islomda" taqvo" degan-
da - solih, hayrli ishlarni ado etib, munkar, man qilingan, insoniyatni za-


51 
volga boshlaydigan ishlarni qilmaslik tushuniladi. Demak, taqvo insonlar-
ning bir-biridan afzalligini belgilashdagi asosiy o`lchovlardan biri hiso-
blanadi. Bu afzallik ma'naviy va ruhiy tarbiyalash bilan o`zgalarni yashash 
va turmush kechirish huquqlarini e'tirof etish bilan shakllanadi.
Qur'oni Karimdagi iqtisodiy g`oyalarni bir necha guruhga ajratish 
mumkin. Ulardan biri eng avvalo halol mehnat, xususan dehqon, chorva-
dor, hunarmandlar mehnati ulug`lanadi, peshona teri bilan halollik asosida 
hayot kechirishga da'vat etiladi, barcha boylikning asosida mehnat yotishi 
uqtiriladi.
Ikkinchi guruh g`oyalar - tijorat, ya'ni kengroq ma'noda esa bozor 
munosabatlariga alohida e'tibor qaratiladi. Masalan, Niso surasida (29-
oyat) "Mollaringizni o`rtalarinigizga nohaq (ya'ni o`g`rilik, qaroqchilik, 
sudxo`rlik, poraxo`rlik, qimor kabi) yo`llar bilan yemangiz! Balki o`zaro 
rizolik bilan bo`lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo qilingiz", deyiladi. Bi-
roq sudxo`rlik, poraxo`rlik kabi illatlar shar'iy jihatdan harom ekanligi 
qayta-qayta ta'kidlanadi. 
Uchinchi guruh iqtisodiy g`oyalar esa, mulk va meros masalalariga 
qaratilgan. Mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat (ayniqsa 
omonatga xiyonat) qoralanadi, hatto biron odamning mol-mulkiga hasad 
qilish ham katta gunoh deb hisoblanadi. 
Yerga mulkchilik munosabati to`g`risida ham alohida fikrlar lo`nda 
bayon etilgan. Masalan Moida surasining 40-oyatida yerdan unumli foyda-
lanib, olingan narsalargina insonga tegishli ekanligi ta'kidlangan. 
Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, 
ammo halollik va to`g`rilikka buyuriladi, yolg`on ishlatish, o`g`rilik, 
mehnatsiz daromad topish man etiladi. Bu xatoga yo`l qo`yganligi uchun 
qattiq jazo choralari belgilanadi (Moida surasi, 38-oyat), "ammo kim bun-
day jabru-zulmdan keyin tavba qilib, o`zini tuzatsa, albatta olloh tavbasini 
qabul qilar" (39-oyat). 
Alloh Taoloning Qur'oni Karimda qarz olish va berish, meros, uni 
taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish 
haqidagi oyat karimalaridan kelib chiqadigan g`oyalar hamda soliq turlari 
va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Yetim-yesirlar haqiga xiyonat 
qilish eng katta gunohlardan deb e'lon qilingan. Shuningdek, o`zaro 
yordam ham zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda emas, deyiladi. 
Islom ta'limotini chuqurroq tushunishda Qur'oni Karimdan keyingi 
hujjat payg`ambarimiz Muhammad Alayhissalomning Hadisi Shariflari 
hisoblanadi. Hadisi Shariflardan quyidagi namunalarni keltiramiz: 


52 
·Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg`on so`zlash, va'dasining ustidan 
chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish. 
·Amirning sovg`a olishi harom va qozining pora olishi dindan chi-
qishdir. 
·Boylarning uyiga kamroq kiringlar, aks holda Tangrining sizlarga 
bergan ne'matlarini pisand qilmagan bo`lasizlar.
·Tilanchilik quyidagi uch toifadan birigagina joizdir: 1. Xun 
to`lovchiga; 2.Og`ir qarzdorga; 3.Miskin qashshoq kishiga. 
·Ekmoq niyatida qo`lingizda ko`chat turgan paytda bexosdan qiy-
omat qoyim bo`lib qolishi aniq bo`lganda ham, ulgursangiz uni ekib 
qo`yavering. 
·Kimki hayotda tejamkor bo`lsa, zinhor qashshoqlikka tushmaydi. 
·Pora beruvchi ham uni oluvchi ham do`zahga mahkumdir. 
·Ilmga nisbatan go`yo go`pon kabi posbon bo`linglar, lekin ilmni 
faqat rivoyat qilguvchi bo`lmanglar. 
Shuni alohida ta'kidlab o`tish kerakki, Markaziy Osiyo donish-
mandlaridan at-Termiziy, al-Buxoriylarning to`plagan Hadisi Shariflari 
islom olamida eng ishonchli hisoblanadi. 
Iqtisodiy munosabatlarning huquqiy asoslari islom ta'limotidagi 
fikhning tarkibiy qismini tashkil etadi. Vatandoshimiz Marg`inoniyning 
"Hidoya" asari shular jumlasidandir. Buyuk olim Burhoniddin al-
Marg`inoniyning to`liq ismi Ali Ibn Bakr Ibn Abdul Jalil al-Farg`oniy ar-
Rishtoniy al-Marg`iloniy bo`lib, ul zot 1123 yil 23 sentabrda tug`ulgan. Ul 
zot Qur'onni, Hadis ilmlarini mukammal egallab fikh - islom 
huquqshunosligi borasida benihoya chuqur bilimga ega bo`lganligi va bu 
sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli, Burhoniddin valmilla 
(Islom dinining dalili) va Burhoniddin al-Marg`inoniy nomlari bilan mash-
hurdir. Olim dastlabki ta'limni Marg`ilonda olib keyinchalik Movaraun-
nahrning o`sha davrdagi diniy va ma'rifiy markazi bo`lgan Samarqandga 
ko`chib borgan va umrining ohirigacha o`sha yerda yashagan. O`z as-
arlarini yaratishda Islom dinidagi sun'iylarning to`rt mashabi asoschilarn-
ing asarlarini o`rgangan. Bizgacha uning o`nga yaqin asari yetib kelgan. 
"Al-Hidoya" asari esa 1178 yili Samarqandda yozilgan. Bu asar Xanafiya 
mashabining fikh masalalari bo`yicha asosiy qo`llanmaga aylangan. 
Keyinchalik esa butun musulmon olamiga mashhur bo`lib, musulmon 
huquqi fikh bo`yicha eng aniq izchil mukammal asar sifatida tan olingan. 
Asarda keltirilgan jumlalarning har biri puxta, sermazmun va qisqa so`zlar 
tarkibidan iborat. "Al-Hidoya"ning birinchi kitobi to`rt jildan iborat bo`lib, 


53 
har biri alohida muammolarni tahlil etadi. Bu kitob 1994 yildan professor 
A.X.Saidovning izohi bilan nashr etilgan. Kitobning tarkibi quyidagicha:
1-jild - tahorat, namoz, ro`za, zakot va haj kabi farz amallarning 
ibodat masalalariga bag`ishlangan. 
2-jild - oila huquqi, qullar muammolari, sherikchilik va vaqf mulki 
kabi masalalarni yoritgan.
3-jild - oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilarning vazifalari, 
guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da'vo, iqror bo`lish, sulh, 
bir ishda pul bilan sherik bo`lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, 
sovg`a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, 
valiylik, majbur qilish, homiyliy, bosqinchilik hususidagi masalalar yoritil-
gan;
4-jild - shafe'lik, meros taqsimlash, dehqonchilik va bog`dorchilik 
xususida shartnoma, qurbonlik qilish to`g`risida, shariatga zid yomon 
narsalar haqida, tashlandiq va qo`riq yerlarni o`zlashtirish xususida, 
ovchilik, garovga qo`yish, jinoyatlar xususida, xun haqi to`lash, vasiyat 
kabi masalalarga bag`ishlangan. 
Ushbu asarda yoritilgan masalalar tarkibidan ko`rinadiki, u juda 
boy tarixiy tajribani o`zida mujassamlashtirgan. Chunonchi kishilar 
o`rtasidagi munosabatlarda insonparvarlik, adolat barqaror bo`lishida katta 
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tijorat ishlarida adolat, to`g`rilik, halollik, 
insonparvarlik qoidalariga rioya qilish nihoyatda zarur ekanligi qayd qi-
linadi. Birovning haqiga xiyonat qilish, kishilarni aldash gunohi kabr sifat-
ida ta'riflanadi. Demak, "Al-Hidoya" sakkiz asrdan buyon Islom dunyosi 
mamlakatlari uchun eng ishonarli manbalardan biri sifatida mo`'tabar 
qo`llanma vazifasini o`tab kelmoqda.
Asarda keltirilgan shariat hukmlarini bajarish yuksak ma'naviy, in-
soniy fazilatlarni shakllanishida muhim omil bo`lib hisoblanadi. 
Islom ahkomlariga mos ravishda paydo bo`lgan taffakkur taraqqiy-
otining muhim yo`nalishlaridan biri tasavvuf, ya'ni so`fiylik ta'limoti 
hisoblanadi. Bu ta'limotlar VIII-IX asrlarda arab dunyosida vujudga kelib, 
X-XI asrlarda Movaraunnaxr tuprog`iga yetib keldi. Bu ta'limot insoniyatni 
ma'rifatga, insof va adolatga undashni, umuminsoniy qadriyatlarni e'zo-
zlashni targ`ib qiladi. Nafs, xirs, boylik barcha yomon xislatlarga qarshi 
kurash tasavvufning mag`zi hisoblanadi. Uning maqsadi esa komil insonni 
tarbiyalashdan iborat. So`'fiylik ta'limoti nafs deganda, inson fe'l-atvorida 
uning sha'nini bulg`aydigan illatlarni, jumladan, johillik, manmanlik, dun-
yoparstlik, poraxo`rlik, o`g`rilik, ta'magirlik, xasislik, baxillik kabilarni 
tushunadi. Nafsni yengish uchun inson imtihon qilinadi, buning uchun u 


54 
o`zlikni anglashi kerak bo`ladi. Insondagi o`zlik ruhiy va jismoniy 
o`zlikdan iborat bo`ladi. Ruhiy o`zlik ilohiy makonda yaratilgan bo`lib, bu 
dunyoga imtihon va poklanish uchun yuborilgan. Mana shu ruhiy o`zlik 
nafs orqali imtihon qilinadi va ishq orqali poklanadi. Mana shu ikkita 
qarama-qarshi kuch doimo o`zaro kurashadi. Inson o`z nafsiga tobe 
bo`lgan sari ezgulikdan uzoqlashadi, ruhiy ifloslanib, o`zi esa tubanlashadi. 
Bu ta'limot vakillari jumlasiga Ahmad Yassaviy, Sulaymon Baqirg`oniy, 
Najmiddin Kubro va Bahouddin Naqshbandlar kiradi. Ularning boy merosi 
bugungi kunda vatan, millat va komil inson tushunchalarini to`liq anglab 
yetishda katta xizmat qiladi. 
Burxoniddin Al-Marg`inoniy. Mustaqillik sharofati ila allomaning 
boy ma'naviy merosi xalqqa qaytarildi. O`zining o`lmas asarlari bilan 
islom qonunchiligiga asos solgan Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn 
Abdujamil Farg`ona viloyatining Rishton qishlog`ida tavallud topib, u 
hijriy 511-593 (milodiy 1115-1197) yillari yashab ijod etdi. Bo`lajak olim 
ilk ta'limni Rishton, Marg`ilonda olgan bo`lsa, keyinchalik Samarqand
Buxoro va Movarounnahrning yirik shaharlarida bilimini oshirdi. U fikhga 
oid "Bidoyat al-mubtait", "Nashr al-Mashad", "Kitob at-tajnis", "Al-
madad" kabi noyob asarlar yaratdi. Eng mashhur asari " Hidoya fi furi' al-
fiqh" ("Fiqh sohalari bo`yicha qo`llanma"). Bu asar islomda sunniylikning 
hanafiylar mashabida keng tarqalgan shariat qo`llanmasi, ya'ni kodeksi 
hisoblanadi. 
Fiqh sohasida kitob yozish harakati ilgari ham bo`lgan. 1048 
yilda vafot etgan Abul Hasan al-Quduriy islom qonunchiligi borasida ilk 
qo`llanmani yozgan, ammo Burxoniddin al- Marg`inoniy yaratgan 
"Hidoya" o`z davrida hanafiylar mazhabi tarqalgan mamlakatlarda, 
xususan, Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz va Volga bo`yi musulmonlari 
orasida asosiy qo`llanma sifatida shuhrat topgan. Bu asar 4 jild, 56 bobdan 
iborat. Unda Qur'oni Karim oyatlaridan kelib chiqib, shariat masalalarida 
muallifning fikr va xulosalari beriladi. Hanafiylar mazhabining barcha 
imom ismlari, shuningdek, boshqa mazhab vakillarining mulohazalari ham 
asarda keng talqin etilgan. Kitobda oila-nikoh masalalari bilan bog`liq 
nomalar (nikoh, ajralish) batafsil yoritiladi, ularni bajarish bilan bog`liq 
huquqiy qonun-qoida va jazo choralari belgilangan. 
Agarda islom nuqtayi nazaridan ijtimoiy-iqtisodiy, huququqiy 
masalalar: mulkiy va moliyaviy munosabatlar, ayniqsa meros, uni bo`lish 
yo`llari, jinoyat va jazo, fuqorolik huquqlari ham ko`rsatib berilgan. 
Shuningdek, faqat islomga xos bo`lgan bir qancha masalalar , xususan, 


55 
jihod, o`lja olish va uni taqsimlash, turmush faoliyatidagi ayrim ta'qiblar, 
ijozatlar qayd etilgan. 
Burxoniddin al-Marg`inoniy nihoyatda keng bilim egasi bo`lish 
bilan 
birga 
haqsevar, 
adolatli 
qonunshunos, 
hadis 
ilmining 
donishmandlaridan biri edi. U Qur'onni yoddan bilgan, uni izohlay olgan, 
shoir, adabiyotchi bo`lgan. Tarixiy qo`lyozmalarda qayd etilishicha, olim 
avlod-ajdodi ham musulmonlar qonunchiligini yaxshi bilgan insonlar 
bo`lishgan. 
"Hidoya" asari musulmon qonunchiligining barcha qirralarini o`z 
ichiga oladi va nihoyatda keng tadqiqot manbayi bo`lib hisoblanadi. 
Asarda, ayniqsa, zakot masalasiga katta e'tibor berilgan, unga maxsus bir 
bob ajratilgan. Chorva mollari, shaxsiy mulk shakllaridan olinadigan 
to`lovlar yuzasidan aytilgan fikrlar bag`oyat muhimdir. 
Asarning yozilish uslubi shundayki, unda hammaga yaxshi ma'lum 
masalalar bilan birga, kam uchraydigan holatlar, u yoki bu masalaning 
nozik tomonlari ikir-chikirigacha izohlab beriladi. Hozirgi davr tili bilan 
aytadigan bo`lsak, chiqarilgan asosiy qonunga to`la-to`kis sharhga 
o`xshaydi. Kitobda kimlar va qancha zakot to`lashi kerakligi haqida qiziq 
ma'lumotlar keltiriladi. Odatda daromadning qirqdan bir hissasi (2,5 foizi) 
hisobidan zakot to`lanishi kerak. Chorvachilikda 40 echkidan bittasi zakot 
hisobida beriladi, mol soni kam bo`lsa, olinmaydi. Zakot to`lashda bir 
yoshdan kichik qo`zilar hisobga kiritilmaydi. 
Otlarda esa boshqacha hisob-kitob qilinadi, ya'ni har otdan bir dinor 
yoki ot bahosining 9 foizi miqdorida zakot to`lanishi kerak. Ammo eshak, 
xachir va boshqa ishchi hayvonlar (ho`kiz, tuya) dan to`lov olinmaydi. 
Agar ular oldi-sotdi muomalasida bo`lsa, ahvol o`zgaradi va zakot beriladi. 
Bir yoshga to`lmagan echki, buzoq va bo`taloqlar ham umumiy hisobga 
kiritilmaydi, ammo 25 ta tuyadan bittasi, 66 tadan boshlab ikkita, 145 
tadan ortig`idan uchta tuya zakot hisobiga berilishi kerak. Shu yerda 
muhim bir fikr borki, agar mol egasi shu molning (natura) o`rniga uning 
bahosiga teng zakotni pul shaklida to`lashi ham mumkin, deyiladi. 
Yana muhim bir ko`rsatma diqqatga sazovorki, zakot yig`uvchi eng 
yaxshi (sara) molni emas, o`rtacha bahodagi molni olishi talab etiladi. 
Undan tashqari, zakotni oldindan ham to`lash mumkinligi ko`rsatiladi. 
Kumush narsalardan olinadigan zakotda o`rtacha nisob (soliq 
olinishi mumkin bo`lgan miqdori) 200 dirham deb belgilangan, bundan 2,5 
foiz (ya'ni 5 dirham) zakot olinadi. Agar kumush miqdori 200 dirhamdan 
ortiq bo`lsa, har qo`shimcha 40 dirhamdan yana zakot beriladi va hokazo. 


56 
Oltindan olinadigan zakot miqdori o`ziga xosdir. 20 misqolgacha 
zakot olinmaydi (bir misqol o`rtacha 4,5 gramm ), 20 misqoldan yarim 
misqol(2,5 foiz) zakot to`lanadi. 20 misqoldan ortiq har 4 misqoldan 2 
karat, (ya'ni 12 dan 1 unsiya) zakot berish kerak. 
Shaxsiy, xususiy mulk hisob-kitobi kumush yoki ekvivalentiga 
qarab belgilanadi. Hatto kumush va oltin ham umumiy baho asosida 
yagona qiymatga keltirilishi mumkin. 
Topilgan kon xazina uchun beshdan bir (20 foiz)zakot olinishi 
lozim. Masalan, biror yerdan yoki ekilayotgan joydan xazina topilsa, shu 
usuldan foydalaniladi. Qimmatbaho toshlardan zakot to`lanmaydi, chunki 
toshlar zakotdan mustasnodir. 
Tabiiy (yomg`ir, qor suvi bilan) sug`oriladigan yerlardagi hosilning 
o`ndan biri (10 foizi) ushr shaklida olinadi. Ammo o`rmon, yaylov, 
chalakalakzor zakotdan ozod etilgan. Sun'iy sug`oriladigan yerlar 
hisobidan ushrning yarmi (50 foizi) miqdorida soliq to`lanadi. 
Burhoniddin al-Marg`inoniy o`z asarida zakotni taqsimlash qonun-
qoidalarini ham bayon etadi. Aholining ayrim toifa vakillari: faqir, miskin, 
zakot yig`uvchilar, qarzdorlar yig`ilgan zakotdan foydalanish imkoniyatlari 
egaligi haqida ham qimmatli fikrlar bildirilgan. 
O`ylaymizki, bobokolonimizning bu asari nihoyatda boy va 
qimmatli manba sifatida oliy o`quv yurtlarida o`qitilishi zarur. Hozircha bu 
asarning ruscha tarjimasi mavjud. Asarning birinchi va qolgan jildlarini 
o`zbek tiliga o`girish kerak.Shunday qilinsa, ayni muddao bo`lur edi. 
Chunki u yoshlarimiz qalbida insof va diyonat, adolat va haqiqat 
tuyg`ularini uyg`otishda bebaho xazina bo`lib xizmat qilishi shubhasizdir. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling