Iqtisodiy ta'limotlar
T.R.Maltus va uning "Nufuz nazariyasi"
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
9.3. T.R.Maltus va uning "Nufuz nazariyasi"
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus demografiya muam-molari to`g`risida birinchilardan bo`lib fikr yuritgan bo`lmasada, "Nufuz nazariyasi"ni ilk bor u yaratdi. Bu muammo bo`yicha barcha munozaralar- da uning nomi birinchilardan tilga olinadi. Masalan, Aristotel (m.a. 384- 322) "Siyosat" asarida aholisi kam sonli mamlakatni ideal davlat deb hisoblagan, chunki shunda sotsial garmoniya bo`ladiki, aholi me'yordan ko`p bo`lsa sotsial ziddiyat kelib chiqadi. U nikoh to`g`risida qonun taklif etgan, unda erkaklarga 37, ayollarga 18 yoshgacha farzand ko`rish taqiqlangan, uningcha aholi ko`pligi yer yetishmasligiga olib keladi va u qashshoqlikka mahkum etiladi. F.Kenye (1694-1774) "Aholi" (1756y.) maqolasida insonlar "boy- lik" manbayi ekanligiga ancha yaqin fikrlarni ilgari surdi. "Mamlakatning buyukligi uning aholisi bilan", degan edi u. Aholi mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirib, odamlar mehnatidan foydalanish masalalari davlatning bosh iqtisodiy siyosati obyekti bo`lishi kerak. Bu fikr A.Smit tomonidan rivojlantirildi. 190 V.Petti ham aholini ayniqsa uning mehnat qiladigan qismini ulug`lagan, boylik yaratuvchi deb hisoblagan, birinchi bo`lib "insoniy kapital" tushunchasini kiritgan. T.R.Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug`ildi, 1788 yil Kem- bridj universitetini bitirgach, qishloq ruhoniysi sifatida ishlay boshladi, ilo- hiyot fanidan ilmiy darajaga ega bo`ldi. 1807 yildan boshlab "Ost-Ind" kompaniyasi kollejida siyosiy iqtisod professori lavozimida leksiyalar o`qidi. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Maltus ancha kech, 39 yoshida turmush qurdi, uch o`g`il va bir qiz otasi bo`lgan. Agar obrazli aytadigan bo`lsak, o`z ta'limoti va takliflariga amal qilgan. Taniqli iqtisodchi D.Yum va boshqalar bilan do`st bo`lgan. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling