Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

J.B.Sey 


186 
Burbonlarning restavratsiya qilinishi Seyning obro`si oshishiga imkon 
yaratdi. Ishlab chiqarishning asosiy uch omili nazariyasi. 
U hayoti davomida siyosiy iqtisod masalalarini imkoni boricha 
sodda va aniq izohlashga intildi. Birinchilardan bo`lib ishlab chiqarish 
omillari: mehnat, kapital va yerning mahsulot qiymatini hosil qilishda teng 
ishtirokini aniq ifodaladi (bu fikr yuqorida eslab o`tilgan). Hozirgi davr 
olimlari kapitalizmning (bozor) tizimini shu uch omil bilan bog`laydilar. 
XIX asrning boshlarida shu uch omilga asoslangan g`oyalar rivoj 
topdi. Mehnat - ish haqi, kapital - foyda, yer - renta: shu uch o`zaro bog`liq 
(uch birlik) formula Sey ta'limotida muhim o`rinni egallaydi. Uning qiymat 
va daromadlar to`g`risidagi ta'limoti o`ziga xos ravishda hal etildi. Klassik 
maktabdan farqli ravishda tovar qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan 
mehnat bilan emas, uning foydaliligi bilan aniqlanadi, shunday qilib 
"Foydalilik nazariyasi"ga asos solindi. Bu nazariyaga ko`ra ishlab 
chiqarish foydalilikni yaratadi, foydalilik esa predmetlarga qimmat beradi, 
"qimmat foydalilik o`lchovidir" deydi u. A.Smitning qiymat nazariyasidan 
farqli, qiymat faqat sarflangan mehnat bilangina emas, balki mehnat 
mahsulotining naflik darajasi bilan ham o`lchanadi, bu katta yangilikdir. 
Shunday qilib Sey qiymatni iste'mol qiymati bilan aynan bir deb tushunadi. 
Demak qiymat va taqsimot muammosida taqsimot nazariyasi ajratib 
olinadi va alohida qaraladi. Shuni eslatib o`tish kerakki, A.Smitgacha 
almashuv qiymati foydalilik bilan albatta va bevosita bog`liq bo`lmasligi 
mumkin, masalan, nihoyatda foydali, hayotiy zarur bo`lgan narsalar ham 
past qiymatga ega bo`lishi mumkin, ayrim narsalarning esa umuman 
qiymati yo`q, bunga havo, buloq boshidagi suv va boshqalarni ko`rsatish 
mumkin. Bu masala bo`yicha turli fikrlar mavjud bo`lib, uni to`laroq 
keyingi boblarda ko`rib chiqamiz (marjinalizm g`oyasining asosi ham shu 
fikrdir). Iqtisodiyotning bu kategoriyasi davrdan, tarixdan tashqari qaraladi 
va abadiy deb hisoblanadi, ekspluatatsiya inkor etiladi. 
Qiymatni foydalilik bilan almashtirish oqibatida daromadlar 
masalasi ham shu asosda yechib beriladi. Ishlab chiqarishda uch omil 
ishtirok etadi (mehnat, kapital, yer) va ularning har biri qiymatni hosil 
qilishda ma'lum xizmatni amalga oshiradi. Uch omil uch hil daromadni 
yuzaga keltiradi. Bunday tushuntirish nihoyatda sodda va yuzaki 
hisoblanadi. Chunki unda ishlab chiqarish omillari to`la huquqli hamkorlik 
asosida uyg`un - garmonik harakat qiladi, hech qanday ekspluatatsiya tan 
olinmaydi. Seyning izchil izdoshi Frederik Bastianing bosh asari ham 
"Iqtisodiy garmoniyalar" deb atalishi bejiz emas. 


187 
Seyning daromadlar nazariyasida foydaning izohlanishi diqqatga 
sazovordir. "Mexnat" omili ishchilar uchun ish haqini "kapital" omili sohib 
uchun foydani "er" omili esa yer egasi uchun renta daromatlarini yuzaga 
keltiradi Biz bilamizki, foyda ssuda foizi va tadbirkorlik daromadidan 
iborat, uning birinchisi kapital egasi sifatida kapitalist tomonidan (kapital 
yaratadi), ikkinchisi korxona boshlig`i sifatida kapitalist tomonidan 
o`zlashtiriladi. 
Seyning 
fikricha 
tadbirkorlik 
foydasini 
yollanma 
boshqaruvchi ham olishi mumkin bo`lgan ish haqi turigina emas. Bu 
maxsus va muhim jamoat funksiyasini bajarganlik, ya'ni mohiyat - 
e'tiboriga ko`ra ishlab chiqarish omillarini ratsional birlashtirganligi uchun 
beriladigan mukofotdir. Shunday qilib, tadbirkor va ishchi o`rtasidagi farq 
ish haqi darajasida deb ko`rsatiladi. Tadbirkor, ishbilarmon maoshining 
yuqori bo`lishi esa ularning yuqori vazifalari, talanti, faoliyati, tartib va 
boshqarish ruhi tufaylidir. 
Sey ishchilarning ekspluatatsiyasini inkor etibgina qolmasdan, 
balki ularning kelajagi porloq degan g`oyani ilgari suradi. U kapital o`sishi 
bilan "quyi sinflar"ning ahvoli yaxshilanadi va ular "yuqori sinflar" safini 
to`ldirib boradi, deb o`ylagan. Sey sanoat to`ntarilishi bilan vujudga kelgan 
salbiy 
xodisalarni 
yumshatib 
ko`rsatishga 
urindi, 
o`zining 
"kompensatsiyalar nazariyasi"ni ilgari surdi. Uning tasdiqlashicha, 
mashinalar birinchi paytda ishchilarni ishdan siqib chiqaradi, keyinchalik 
ular ishchilarning ish bilan bandligini oshiradi va mahsulotlar ishlab 
chiqarishni arzonlashtirib, ishchilarga "eng yuqori foyda" keltiradi. 
Shunday qilib, Seyning fikricha, kapitalizm davrida sanoat to`ntarilishidan 
hammadan ko`proq ishchilar sinfi manfaatdordir. Oqibatda mehnat 
manfaatlari kapital bilan "garmoniya"da - uyg`unlikda bo`lishi 
"isbotlanadi" (uyg`unlik nazariyasi). 
Takror ishlab chiqarish nazariyasi Seyning eng muhim 
kashfiyotlaridan biri "Sey qonuni", "bozorlar qonuni" yoki "sotish 
nazariyasi" hisoblanadi. Fiziokratlar merkantilizmni tanqid qilganda shu 
g`oyadan foydalanganlar. Unda shunday fikr keltiriladi: "har bir odam bir 
vaqtning o`zida ham sotib oluvchi, ham sotuvchidir". Kenyening fikricha, 
hamma sotib olingan narsa sotilgan, barcha sotilgan narsa sotib olingan 
("Iqtisodiy jadval"ga e'tibor bering) bo`ladi. Seyga asoslanib J.M.Keyns 
esa "taklif shunga mos talabni yaratadi", degan fikrni ilgari suradi. Bu fikr 
Sey g`oyasini chillaka chiqarish uchun o`ylab topilgan, chunki u yoki bu 
tovar alohida-alohida ortiqcha ishlab chiqarishi mumkin, vaholanki barcha 
tovarlar oshiqcha ishlab chiqarishi mumkin emasdir. 


188 
Keyns fikricha, Sey qonunini tan oluvchi barcha mualliflar klassik 
deb atalishi mumkin ekan. Bundan kapitalistik jamiyatning takror ishlab 
chiqarishida "garmoniya" mavjudligi va oqibatda umumiy ortiqcha ishlab 
chiqarish inqirozlari "pritsipda bo`lmasligi" isbotlanadi, ya'ni taklif 
avtomatik ravishda talabni vujudga keltiradi. Bu qonun Maltusning "Nufuz 
qonuni"ni eslatadi (keyinroq ko`rib chiqiladi). Agar barter (mahsulotni 
mahsulotga almashuv - T-T) iqtisodiyoti ko`zda tutilsa, bunda pul faqat 
hisob birligi bo`ladi, unga umumiy talab barcha pulga almashtirilishi kerak 
bo`lgan tovarlar qiymmatiga teng bo`ladi, bunda esa haqiqatan ortiqcha 
ishlab chiqarish amalda mumkin bo`lmay qoladi. M.Blaugning fikricha, 
"Mahsulotlar mahsulot uchun to`lanadi" qoidasi ichki, xuddi shunin-gdek 
tashqi savdoda qo`llaniladi - bu Sey qonuning mohiyatidir. Shunday oddiy 
bir g`oya iqtisodiyot olamida katta shov-shuviga sabab bo`ldi. 
Har qanday ishlab chiqarishning o`zi daromadlarni yaratadi va shu 
qiymatga mos ravishda tovarlar sotib olinadi. Iqtisodiyotda umumiy talab 
taklifga teng bo`ladi, faqat ayrim disproporsiyalar vujudga keladi, ya'ni 
ayrim tovarlar ko`proq, boshqalari esa kamroq ishlab chiqariladi. Ammo 
bu holatdan umumiy inqirozlarsiz chiqib ketiladi. Barcha ishlab 
chiqaruvchilarning 
asosiy 
manfaati 
almashuv 
qimmatida 
bo`lsa, 
iste'molchilarda esa bir mahsulotning boshqasiga almashuvidir. Pul bu 
jarayonda vaqtincha faqat vositachilik rolini o`ynaydi. Oxir-oqibatda 
mahsulotlarga mahsulot bilan haq to`lanadi. Bundan yana bir xulosa 
chiqadiki, unda har bir ishlab chiqaruvchi barcha ishlab chiqaruvchilar 
yutug`idan manfaatdordir. 
Agar avvalgi holatda mehnat va kapital o`rtasidagi qarama-
qarshiliklar yechilgan bo`lsa, endi "manfaatlar garmoniyasi" barcha 
kapitalistlarga, shahar va qishloqlar va hatto butun mamlakatlar o`rtasidagi 
munosabatlarga ham tegishlidir. 
Seyning bu qonunida proteksionalizmga qarshi fikr bildiriladi, 
chunki bu siyosat chet el mahsulotlarini keltirish, ya'ni import va ichki 
tovarlarni sotishga to`siqdir. To`la savdo erkinligi hamda stixiyali tartibga 
solinuvchi kapitalistik ishlab chiqarish Seyning asosiy g`oyasidir. 
Seyning "bozorlar nazariyasi" ko`p munozaralarga sabab bo`ldi, 
haqiqatdan ham ibtidoiy davrda almashuv natural holda olib borilgan, ya'ni 
mahsulot boshqa mahsulotga ma'lum nisbatda almashtirilgan, unda xarid 
qilish va sotish jarayonlari albatta mos kelgan. Ammo eng oddiy tovar 
muomalasida yoki xarid qilish sotishga hamohang bo`lishi shart bo`lmay 
qoldi, tovarni sotgan odam darhol boshqa tovar xarid qilmasligi ham 
mumkin bo`lib qoldi. Sotish va xarid qilish vaqt va makon jihatdan ajralib 


189 
turadi, shu tufayli inqirozlarga abstrakt imkoniyat tug`iladi. Kapitalizm 
davrida bu imkoniyat haqiqatga aylanib qoldi. Dastlabki kuchli iqtisodiy 
krizis 1825 yilda ro`y berdi va doim ma'lum qonuniyatlar asosida 
takrorlanib turibdi. 
O`z davrida Sismondi, Maltus va J.Mill bu qonun to`g`risida o`z 
fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bunda kapitalistik xo`jalikda tovarlarning 
bahosi xo`jalik kon'yunkturasiga mos ravishda absolut moslashuv va 
darhol reaksiya qilish xususiyatiga ega deb hisoblanadi. 
Hozirgi davrda ham bu masala bo`yicha iqtisodchilar o`rtasida 
neoklassik yo`nalish bilan keynschilik tarafdorlari orasida munozara 
davom etmoqda (bu haqda quyida gapiriladi). 
"Sey qonuni"ning ijobiy tomoni shundaki, unga ko`ra kapita-lizm 
o`z rivoji davomida o`ziga o`zi bozor yaratadi, kelajagi bor jamiyat deb 
qaraladi va Sismondining kapitalizm rivojiga qarshi fikrini inkor etadi, 
realizatsiya muammosini hal etishda "Uchinchi shaxslar"ga ehtiyoj 
qolmaydi (bu haqda oldingi bobda fikr yuritilgan). Sey argumentlariga 
asoslanib, burjuaziya demokratik davlat apparatini qisqartirish, savdo va 
sohibkorlik erkinliklari to`g`risida progressiv g`oyalar ilgari surildi. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling