Iqtisodiy tarix faniga kirish


Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan edilar


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan edilar: 
● “Amr qildimki, sadri a’zam sayyidlar (sadr, vaqf yerlar va vaqf 
etilgan boshqa mulkning hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor 
- muallif) va boshqa arboblarga suyurg‘ol tariqasida berilgan yer-
lar hamda vaqflarning ahvolini, ular vazifalarini qay darajada ado 
etayotganini, ularga ajratilgan jamg‘armalarning taqsimlanishini 
menga arz qilib tursin... Saltanatning har bir idorasida bo‘ladigan 
kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir 
kotib tayinlansin”. 
Sohibqiron davrida yerga egalikning beshta asosiy ko‘rinishi 
bo‘lgan: 
1. Suyurg‘ol yerlar. 
2. Tarxon yerlar. 
3. Ushr yerlar. 
4. Vaqf yerlar. 
5. Askarlar, askarlarning rahbarlariga beriladigan yerlar. 
22


2-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIYOTINING RIVOJI 
Suyurg‘ol yerlar 
1. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, 
bir avloddan ikkinchisiga o‘tgan. Suyurg‘ol egasi markaziy xazina-
ga to‘lanadigan soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari deh-
qonlarni ishlatib, yer solig‘i - xiroj olganlar. 
Tarxon yerlar 
2. Bu yerlar xususiy mulk bo‘lib, ular odamlarga biror-bir xiz-
mati uchun berilgan. 
Vaqf yerlar 
3. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga 
doir yerlar. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-
mulki bilan in’om etilardi. Masalan, Amir Temurning Axmad Yas-
saviy uchun qurdirgan vaqfnomasi katta ahamiyatga ega. Ahmad 
Yassaviy va boshqa avliyolar, din peshvolarining maqbaralari uchun 
vaqfdan mablag‘ ajratilgan. 
4. Kimda-kim biror sahroni obod qilsa yoki qoriz (yerosti suv-
larini tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biror bog‘ 
ko‘kartirsa yohud xarob bo‘lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi 
yili undan hech qanday soliq olinmagan. Ikkinchi yili raiyat o‘z 
roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yildagina soliq qonun-
qoidasiga muvofiq xiroj yig‘ilgan. 
5. Amir Temur kattayu-kichik har bir shahar va qishloqda 
masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilish, faqiru-miskinlarga 
langarxona (yo‘lovchilar qo‘nib o‘tadigan, kambag‘al yetim-ye-
sirlarga ovqat beriladigan joy), g‘aribxona qurish, kasallar uchun 
shifoxona bunyod etish va ularda ishlash uchun tabiblar tayin-
lashni buyurgan edi. 
Amir Temur Angliya va Farangiston qirollariga murojaat qi-
lib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirdi. Markaziy Osiyo orqali 
o‘tadigan Buyuk ipak yo‘lida karvonlarning xavfsizligini ta’minladi. 
Mashriqdan Mag‘ribgacha bo‘lgan savdo-sotiq ishlarini kuchay-
tirib, turli ravotlar, karvonsaroylar, savdo rastalari qurdirdi. 
Sohibqiron 1365-1366 yilning qishida Qarshi shahrining atro-fini, 
1370 yili Samarqandni devor bilan o‘rab, qo‘rg‘on bunyod et-
tirgan. 1380 yilda Shahrisabzda Oqsaroyni qurishga kirishib, sha-
har atrofini devor bilan o‘ragan. Bu misollar aytib turibdiki, devor 
va qo‘rg‘onlar bekorga barpo bo‘lmagan. Ular chegara vazifasini 
23



o‘tab, shahar aholisini do‘st-dushman, bordi-keldidan muhofaza 
qilgan. Qarshi so‘zi ichkari va tashqari degan ma’nolarga egadir. 
Ma’lumki, Amir Temur saltanatining chegarasi harbiy yurishlar 
vaqtida beqaror edi, lekin shunday bo‘lishiga qaramay, uning 
yurtidan biron-bir narsa tashqariga so‘roqsiz olib chiqib ketil-
magan. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling