Iqtisodiy tarix faniga kirish
”Buyuk ipak yo‘li”ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu boyicha (1)
2.1.1. ”Buyuk ipak yo‘li”ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy
munosabatlar rivojlanishidagi o‘rni Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa davlatlarini bog‘lovchi qadimgi savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘lidir. Bu yo‘l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli “Ipak yo‘li” nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo‘l m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo‘llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O‘rta yer dengiz mam- lakatlari o‘rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol o‘ynagan. Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg‘oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo‘l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib, biri shi- moli-g‘arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo‘nalgan. Karvon yo‘lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo‘lgan. Nemis tarix- chisi K.Rixtgofen 1887 yil ushbu yo‘nalishga ilk bor “Buyuk ipak yo‘li” degan nisbat beradi va bu ibora muammolaga kiritiladi. 18 2-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIYOTINING RIVOJI Shimoliy yo‘l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan qashg‘ar, Dovon (Farg‘ona vodiysi)ga borgan. U yerdan So‘g‘dning markazi Samarqand va Marg‘iyona (Marv)ga yo‘nalgan. Ipak yo‘li Farg‘ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo‘lingan. Janubiy qismi O‘zgandan O‘sh, Quva, Marg‘ilon, Qo‘qon orqali Xo‘jand, Samar- qand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o‘tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga yetgan. De- mak, Qamchiq tarixiy yo‘lning uzviy bo‘lagi hisoblangan. Bu yo‘l mohiyat-e’tibori bilan Sharq va G‘arbni turli jabhalarda bog‘lovchi yo‘ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va boshqalar). Shu karvon yo‘l orqali Xitoydan ipak, Xitoyga esa har xil gaz- lamalar, gilam va poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg‘ona)dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI asrlardan bu yo‘lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo res- publikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli bu yo‘lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug‘ildi. Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Qora dengizga chiquvchi. undan Yevropa (Parij, Rotter- dam)ga yetkazuvchi savdo yo‘li amal qilib turibdi. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O‘zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma’lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo‘lgan. Tarixiy va hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, bu hudud yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o‘rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga mehr qo‘yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega. Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi va serobligi shu soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchidir. Ayniqsa oltin ajnabiylarni magnit kabi tortganligi aniq. Bu o‘lka eksport potensialida oltin, kumush va undan qilingan zebu-ziynatlar, zargarlik buyumlari, sifatli po‘lat olish va undan yasalgan asbob-uskunalar, ayniqsa, qilich, qalqon va boshqa har- biy asbob-anjomlar, ipakdan to‘qilgan xon atlas va boshqa nafis matolar, ajoyib ko‘rinishli qorako‘l terisi va undan tikilgan buyum- lar xaridorgir bo‘lgan. 19 Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar hammani qiziqtirgan. Kitob yozish (hattotlar) san’ati ham yuqori bo‘lgan. Miniatyura san’ati yuqori darajada edi. Shu sababli bilim, ilm makoni bo‘lgan kitob savdo-sotig‘i yetakchi o‘rinni egallagan. Hozirgi davrda ko‘plab taniqli muta- fakkirlarimizning asarlari xorij davlat va shaxsiy kutubxonalaridan topilmoqda va o‘z vatani, O‘zbekistonga qaytarilmoqda. Bu fakt shundan dalolat beradiki, o‘z davrida kitob savdosi Buyuk ipak yo‘lining asosiy faoliyatidan biri bo‘lgan, demak, bu yerdan chet- ga ko‘plab ilm va san’at asarlari chiqarilgan. Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo‘lganligi ma’lum, xalq dostonlarida uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi rivo- yatlar haqiqatga juda yaqin. Masalan, Xitoy elchisidan uni qanday tuhfa qiziqtirishini so‘ralganda, ot olishni afzal ko‘rgan. Otlar xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida, harbiy xizmatda, transport vo- sitasi sifatida, uloq chopish, chovgan o‘ynash, zeb-ziynat sifatida nihoyatda qadrlangan. Shu sababli, mazkur hudud otlar eksporti- da yetakchi o‘rinni egallagan. Qishloq xo‘jaligida paxta yetishtirish va paxtadan olinadigan mahsulot asosiy o‘rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog‘dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak yetishti- rish Xitoydan kirib kelgan bo‘lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda yetishtirishni o‘rganishgan. O‘zbekiston hududida qorako‘l teri beradigan qo‘ylar parvari- shi muhimdir. Ularning terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 taga- cha odam, ot, tuya, boshqa ulovlar, savdogarlar bilan birga dip- lomatlar, elchilar, xajga boruvchilar, harbiy qo‘riqchilar bo‘lgan. Butun yo‘l boshidan-oxirigacha 120-150 kun davomida bosib o‘tilgan. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling